Istiqloldan nurafşon göşalar
Mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi oldidan
Qiliçboy ovuli:
Xuşxabar yölga çorladi
Jurnalist – sayyor xalq. Şu bilan birga yaxşilik, ezgulik ildiz otgan joydan heç bölmasa, bir çimdim olib, bu noyob tuyğulardan mudroq dillarning ogoh bölmoği uçun umrining har lahzasini beorom ötkazuvçi köngil. Yangiliklardan dilimiz yayrab, özgarişlardan yaşnab-yaşarib ketişimiz ham balki, şundan!
Haftaning birinçi iş kunidan tahririyatimizga azim Qiliçboydan xuşxabar keldi: "Eng namunali fuqarolarning özini-özi boşqariş organi” tanlovida qiliçboyliklar ğolib bölişibdi!
Quvondik, xuddi özimiz ğolib bölganday, yutuqlar özimiznikiday, tezroq barçaga suyunçilagani, qiliçboyliklarning quvonçlariga şerik bölgali ijodiy safarga otlandik.
Tuproği zar, eli zargar Qiliçboy
Qiliçboy. Bu zaminda hamişa hayot qaynaydi. Odamlari öta fidoyi, mehnatkaş, kaftday yerida ming xil ziroat yetiştirib, boğlarining naqş mevalaridan dillarni hayratga solib, poliz va sabzavotlari totidan tillarni lol etib, donği çiqqan el bu. Çunki bu zaminning tuproği bölakça – uning har bir zarrasida şu el dehqonining mehr tafti bor. Yana, Qiliçboy osmonida Quyoş ham özgaça - uning issiq nurlari şu zamin ila mangu qovuşganday...
Şuning uçun ham qiliçboyliklar Yerni, Yer qiliçboyliklarni siylaydi. Şu bois, bu zaminda yaşovçi 5115 nafar "men qiliçboylikman”, degan har bir fuqaro 1464 gektar maydonni egallagan Qiliçboy ovulining har bir qariç yerini obod qilib yaşaşga odatlangan. Buyuk Özbekiston davlatimiz içra kiçik bir nuqta – Qiliçboy ovuli hududining kun sayin qiyofasi özgarib, har bir ovul, mahallalar çiroyini oçib, gözallaşib borayotgan 49 ta köça, biri-biridan şinam 837 ta xonadonga birlaşib, töq va farovon hayot keçirayotgan 1107 ta oilaning barçasida özaro ahillik, mehr-oqibat hokim.
Aholisining, tinç-farovon hayot keçirişi uçun OFYda ijtimoiy-maʼnaviy hamda zarur iqtisodiy imkoniyatlar yaratilgan. Avvalo şuni alohida qayd etiş kerakki, tomorqa xöjaligi uçun ajratilgan 6,7 gektar yer ovul aholisining moddiy farovonligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan ana şu tomorqa yerini öz oilalari uçun möl-köl daromad manbaiga aylantirgan, özlaridan ortgan ziroatçilik mahsulotlari bilan içki bozorimizni töldirişga juda katta hissa qöşayotgan oila sohiblari köpçilikni taşkil etadi. Bugungi kunda tomorqani daromad manbaiga aylantirgan 300ga yaqin oila yengil avtomaşina egasi bölişgan.
Obodlikdan köngil çaroğon
- Bizning Qiliçboyda bekorçilik-uyat sanaladi, - deydi yiğin oqsoqoli Bahrom Qodirov. – Har bir oilaning özlari şuğullanadigan faoliyat turi bor. Birov tadbirkorlik bilan, birov tomorqa xöjaligi, yana birovlari uy mehnati - kasanaçilik faoliyati bilan şuğullanişadi.
Oqsoqol aytganiday, qişloq köçalarida bekorçilikdan kun sanab, gap-gaştak qilib ötirgan bironta odamni uçratmaysiz. Qiliçboy tadbirkorlarining saʼy-harakatlari bilan aniq meʼmoriy reja asosida bunyod etilgan 21 ta xususiy dökonlar peştaxtalari kundalik ehtiyoj mollari, sarhil oziq-ovqat, Qiliçboy zaminida yetilgan ziroatçilik mahsulotlari bilan töla. 16 ta maişiy xizmat şoxobçalari, xalq farovonligiga xizmat qilişga yönaltirilgan 5 ta xususiy korxona esa hamişa mijozlar bilan gavjum. Eng muhimi, bu yerda ovul yoşlari mehnat qilişadi. 28 nafar yakka tadbirkor esa öz mehnatlari ortidan oilalari iqtisodi yuksalayotganidan mamnun.
Biz esa ötgan qisqa vaqt içida, mustaqillik yillarida nainki qiyofasi, balki aholisining dunyoqaraşi, mehnatga, mulkka munosabati tubdan özgargan, qişloqda yaşab turib turmuşi tobora farovonlaşib borayotgan mulkdorlar safi ança kengaygan qiliçboyliklarga nisbatan dilimizda havas uyğonganini yaşira olmadik. Qişloq qiyofasiga körk bağişlab turgan zamonaviy meʼmoriy yeçimga ega kollej, maktab va qişloq vraçlik punkti, 3 ta fermer xöjaligi dalalarida möl hosildan darak berib, quyoşga böy çözib ösayotgan durkun ğözalarning avjini körib:
- Alloh bu el odamlarining mehnatiga yaraşa rizqini yanada ziyoda qilibdi, köz tegmasin! – dedik havaslanib.
Hikmatlardagi haqiqatlar
"Qöşni-qöşniga, el-elga qayişsa, köngilda ğubor bölmaydi,” – degan hikmatni köp bora tilga olamiz. Ovulda har sohada, har bir işda bu hikmatning qadri baland. Yiğin oqsoqoli Bahrom Qodirov rahbarligidagi işçi guruh ovulda yaşovçi har bir kişining, oilaning ahvoli, yaşaş tarzidan hamişa voqif bölib turganligi bois, hududda yaşovçi kam taʼminlangan va boquvçisini yöqotgan oilalarga OFY maʼmuriyati qaroriga muvofiq öz vaqtida moddiy yordam körsatib boriladi. Xususan, 2013-yilning ötgan 6 oyi davomida 117 million sömdan ortiq mablağ aynan şunday oilalarning ijtimoiy muhofazasi uçun ajratildi. 14 yoşgaça bolasi bor oilalar uçun 47 million 772 ming söm, 2 yoşgaça bolasi bor işlamaydigan yoş onalar uçun 65 million 32 ming söm, kam taʼminlangan 6 ta oila uçun esa salkam 5 million sömlik mablağ moddiy yordam uçun ajratilgani bu boradagi ijtimoiy muammolarning izçil ravişda hal etib borilayotganidan dalolatdir.
- Qiliçboyliklar azal-azaldan birining taşvişiga biri yelka tutib yaşaşga odatlanişgan, - deydi OFY diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi Raʼno Jumaniyozova. - Şu bois, ovulimizda kam taʼminlangan oilalarga yordam qölini çözib, ularning muşkulini oson qilişga intiluvçi tadbirkor-homiylarimiz ançagina. Aynan şunday homiylik yordami bilan yaqinda bitta oilaga qoramol berildi.
Biri-birini qöllab, qöşni-qöşnisiga qayişib, dillardagi ğuborni aritib yaşayotgan, köngli ham, eli ham obod Qiliçboy zaminiga Allohning nazari tuşgan, - deganlari rost. Mehnatni, Yerni qadrlagan el qadr topadi, - degan hikmatning haqiqatlarini ham biz şu yerda – Qiliçboyda kördik-ov! Tumanimizning qardoş Turkmaniston davlati bilan çegara hududida joylaşgan, rus, özbek, tatar, qozoq, turkman, boşqird millatlari xuddi bir oila farzandlariday ahil yaşab, ildiz otgan bu zaminda har kuni bir ezgulik, yaxşilik tuğilişiga guvoh böldik. Farzand kutayotgan yoş onalar soğligiga, farzandlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor baland. Jinoyatçilikning oldini oliş, aholi osoyiştaligini taʼminlaş, töy-marosimlarni risoladagiday ötkazişni taʼminlaşga OFY oqsoqoli Bahrom Qodirovdan tortib kotiba Robiya Jafaqova, Ozod Rahimov, maslahatçi Raʼno Jumaniyozova, iş yurituvçi Şavkat Xudoyberganov, mutaxassis Davronbek Nuraddinov, harbiy hisob bölimi mudiri Komiljon Oltiyev, militsiya tayanç punkti profilaktika nozirlari va OFY posbonigaça – barça birday masʼul.
OFYda rejalaştirilgan işlarni amalga oşiriş uçun esa yetarli şaroitlar muhayyo: ikki qavatli maʼmuriy binoda faoliyat olib boruvçi OFY ofisida fuqarolar uçun kutiş xonasi, körgazmali vositalar, kompyuter jamlanmasi, meʼyoriy hujjatlar taxlamlarining mavjudligi zarur iş yuzasidan murojaat qiluvçilar uçun umuman qiyinçilik tuğdirmaydi.
Qiliçboy OFYning tumanda ötkazilgan "Eng namunali fuqarolarning özini-özi boşqariş organi” tanlovida 1-öringa loyiq körilişi ham bejiz emas, albatta. Biz esa har işda, har sohada ilğor qiliçboyliklar erişayotgan yutuqlar, bu eldagi ezguliklardan bir çimdimini siz azizlar bilan baham kördik. Havas va hayratlarimizni, hikmatlarga monand ovul hayotidagi haqiqatlarni qoğozga tuşirdik.
"Qangli” ovuli:
Qişloqdagi mulkdor
"Qangli” ovulidagi fermer xöjaliklarining ekişlik maydonlari asosan örta şörlangan, şörhok yerlardan iborat. Dehqonçilik madaniyati haqida gap ketganida soha mutaxassislari bu hududdagi yerlarni köp mehnat va agrotexnik işlov talab qiladigan yer sifatida taʼriflaşadi. Lekin yerning tilini biladigan haqiqiy dehqon uçun bunday ilmiy taʼrif-tavsiflar aslo muammo tuğdirmaydi. Biz "Qangli” ovulida bölganimizda yer, suv şaroiti ançagina murakkab deb hisoblangan bu hududda dehqonçilikni sanʼat darajasiga kötara olgan yer egalari – fermerlar borligiga guvoh böldik. Va bildikki, qişloq mulkdorlari – fermerlar uçun ularning yeriga sirtdan turib qiyoslangan nazariya emas, şu zaminda yaşab, yerga qay faslda va qaçon, qanday işlov beriş muhimroq.
"Qangli” ovuli hududini qoq ikkiga bölib, loyqalanib oqib yotgan "Xon jiğali” kanalining öng sohili böylab yastanib yotgan paxtazorlar dengizday çayqaladi. Birinçi suvdan keyin qator oralari yumşatilib, çekanka qilinayotgan ğözalar allaqaçon 4-5 tadan kösak tugib ulgurgan. Baland ösgan qoratollar saf tortgan dalaning top-tozaligi-çi!
-Bu Yaraşboy Pirmanovning fermer xöjaligiga qaraşli yerlar, - deydi hamrohimiz, "Qangli” OFY posboni Şerzod Törayev. – Rahmatli Madiyor oğa Pirmanovning öğlida. Yerning tabiatini yaxşi biladi. Dehqonçilikda heç xato qilmaydi.
Yaraş oğa zarur yumuş bilan Nukusga ketganligi uçun u kişini uçrata olmadik. Yaraş oğaning dalalari bilan yeri, suvi tutaş Yalğaşboy oğa Yeşmurodov rahbarligidagi "Yalğaş Yeşmurodov” fermer xöjaligiga ötdik. Şiğil kösak tugib, baravj rivojlanayotgan ğöza paykallarini oralab yurib bildikki, Yalğaşboy oğaning dehqonçilikda ilmi çakki emas.
- Yerning yomoni bölmaydi, - deydi fermer hosil nişonalarini ohista silarkan. – Vaqtida işlov berilib, oziği-öğitini taşlab tursangiz, yer har kuni bir tölişadi. Şunçaki nomiga işlab qöysangiz, quruq qolasiz.
Yalğaşboy oğaning fermer xöjaligida heç kim şunçaki işlamaydi. Traktorçilar Akmal Olloniyozov, Allambergan Eşimov, iş yurituvçi Oybek Haydarov va xöjalikning 40 nafar işçisi yil – ön ikki oy bir ezgu niyat bilan dalaga çiqişadi: "şu zamin özimizniki, rizq-nasibamiz xazinasi”, - degan tuyğularga yöldoş yaşaşadi ular.
- Şu qora közlarning halol mehnati bilan fermer bölib yuribman-da, - deydi Yalğaşboy oğa Yeşmurodov samimiyat bilan. – Xudoga şukur, 7 gektar maydondagi buğdoyimiz yomon bölmadi. Davlat şartnomasini oşirib bajardik.

Davlat omboriga 18,4 tonna qirmizi don tökkan fermer xöjaligi aʼzolarining kayfiyati aʼlo. Ayni kunlarda bor kuç-ğayratini ğöza parvarişiga safarbar etgan xöjalik dehqonlarining 2013-yilgi rejalari yanada yuksak. Yon atrofdagi fermer xöjaliklari har yili gektaridan 18-19 tsentnerdan hosil olişayotgan bir paytda "Yalğaş Yeşmurodov” fermer xöjaligida bu körsatkiç 22-23 tsentnerni taşkil etadi. Bu yilgi reja esa 82 gektar yerning har gektaridan hosildorlikni kamida 24,5 tsentnerga yetkaziş, davlatga 192 tonna yuqori sifatli paxta yetkazib beriş. Buning uçun fermerning ham, xöjalik dehqonlarning ham imkoniyatlari yetarli. Xöjalik ixtiyoridagi VT-150 va ikkita çopiq traktori, bitta "Belorus” rusumli transport traktorlari doim işga şay. Fermer xöjaligi dalalarida esa kutilgandan ham ziyoda hosil nişonalari közni quvontiradi. Yer egasidan roziday har kuni tölişib boraveradi, mulkdor esa yeridan köngli töq, ezgu niyatlar bilan yaşayveradi.
Mahalla - ijtimoiy himoya markazi
Qangli ovulining "Qumyop” mahallasidagi Dilmurod Ötamurodovning oilasiga "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi tomonidan bir boş qoramol sovğa qilindi.Bu xayrli iş yoş oila iqtisodini kötarişga yordam beradi.

Qumyoplik tadbirkor
"Qangli” ovuli tuman markazidan olisda joylaşganligi bois, aholining kundalik ehtiyoj mollari, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilişlari uçun tuman markaziga yoki Qipçoq dehqon bozori majmuasiga borib-kelişlari ançagina qiyinçilik tuğdiradi. Yarim kunlik vaqtini yölga sarflab, tomorqasidagi yoki ijara yeridagi ançagina işini bir çetga yiğiştirib, oddiygina xarajatni deb yöl azobini tortib kelgan odamning ahvoli barçaga ayon.
- Tadbirkorlarimizga rahmat, - deydi "Qangli” OFY tarkibidagi "Qumyop” MFY maslahatçisi Guljamila Sultonova. – Ovuldoşlarimizning oğirini yengil, muşkulini oson qilişyapti.
Sababi, mahallada yaşovçi yakka tadbirkor Raʼnoxon Jumanova mahalla guzarida oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi kiçik dökon, dökon yonida gazli suv va muzqaymoq sotadigan dökonça taşkil etdi. Endilikda ovul ahli qimmatli vaqtini sarflab, kundalik ehtiyoj mollari uçun tuman markaziga qatnab yurmaydigan bölişdi.
- Faqat dökondan keladigan daromadga köz tikib ötirsak, özimizning kun körişimiz amal-taqal bölib qolardi, - deydi Raʼno Jumanovaning umr yöldoşi Yalğaş Şeraxov. – 16 sotix tomorqamizdan ham unumli foydalanamiz. Kuzda omborimiz don-dunga tölib ketadi. Uç nafar farzandlarimiz, kelinimiz bizga eng yaqin kömakçi.
"Ahillik bor joyda baraka böladi”, - deydilar. Yalğaş Şeraxov va Raʼno Jumanovalar oilasidagi ahillik, özaro hurmat va eʼtibor oilaga qut-baraka, fayz olib keldi. Raʼnoxon opaning yelib-yugurişlari, farzandlariga boş bölib Yalğaş oğaning qilgan fidoyi mehnatlari bois, yengil avtomaşina sotib olişdi. Oiladagi bu ösiş qumyopliklar uçun yangi qulayliklar yaratdi. Endilikda "Qum yop” mahallasi aholisi Raʼno Jumanovaning dökonidan issiqqina obi non, eng sifatli va toza qandolatçilik mahsulotlarini sotib oliş imkoniga ega böldilar.
Raʼno Jumanova kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirişni, dökonni savdo terminali bilan jihozlaşni rejalaştirgan.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶