Özbekistonning gözal göşalari: sizni kutayotgan 20 ta maskan
1. Borsa kelmas köli (Orol dengizidagi orol bilan adaşatirmang!)

Foto: Stampsy.com
Ustyurt platosida joylaşgan Borsa kelmas köli çökmasi taxminan 30 million yil oldin tarixdan avvalgi Tetis dengizining bir qismi bölgan. Hozirda dengiz örnida Qoraqum, Qizilqum sahrolari, Ustyurt platosi va mana şu, şör suvli köl qolgan. “Ismi jismiga mos” deganlaridek, Borsa kelmas köliga boriş juda maşaqqatli – jarliklar va suv ustini qoplagan yupqa tuz qatlamlari har qadamda uçraydi. Nobop qadam bosilsa bas, qançalik çuqurga qulaşni heç kim bilmaydi. Biroq, mahalliy aholining sözlariga köra, rezina etik kiyib, qirğoqböyi botqoqlik kesib ötilsa, köl yuzasiga çiqiş mumkin. Ha, tom maʼnoda çiqiş mumkin – kölning usti şunçalik qattiqki, bemalol çiqib, suv ustida yursa böladi. Öta şör suv bölsa-da, baribir suv ustida yuriş, işonavering, özgaça huzur baxş qiladi.
2. Paltov daryosi vodiysi

Foto: Jeka SnoOff, Pixland.uz
Paltov – “temir toğ” deganidir. Qadimda bu vodiyda temir qazib çiqarganlar. Paltov daryosi vodiysi Toşkentdan 100 km uzoqlikda, Böstonliq tumanida joylaşgan bölib, diqqatga sazovor bir qança joylarni öz içiga oladi. Odatda, sayyohlik marşruti 38 metrli Paltov şarşarasidan boşlanadi. Undan yuqoriroqda qayinzor yastanib yotadi, bu yerda Qizil kitobga kiritilgan jonivorlarni uçratiş mumkin. Paltov vodiysi özining xuşmanzara releflari bilan eʼtiborni tortmay qolmaydi – ularda tabiat va vaqt uluğvorligi tajalli etadi. Paltov daryosi böylab sayohatning qiziqarli jihatlaridan biri, şubhasiz, Obi Pahmat ğoridagi paleolit davri qadimiy odamlarining manzilgohlaridir. Yilning iliq paytlarida bu yerda arxeologlarni iş ustida uçratiş mumkin. Darvoqe, Obi Pahmatdan yuqoriroqda kattagina ğor bor, uni ham “ziyorat” qilişni unutmaslik lozim.
Bu maskanga, yaxşisi, aprel oyida, lolalar gullaganda kelgan maʼqul – Kaufman lolasi, Greyg lolasi va yana bir qança turdagi lolalar butun vodiy böylab bamisoli osmonni qoplagan yorqin yulduzlardek barq urib oçilgan böladi.
3. Varaxşa

Foto: Doncronerblog.com
Buxoroga borganingizda, albatta Varaxşani – arablar kelguniga qadar Buxoroda hukmronlik qilgan Buxorxudotlarning qarorgohi joylaşgan qadimiy şaharni ziyorat qiling. Varaxşa Buxoro ğarbida, bir soatça yöl narida joylaşgan, umumiy maydoni 100 ga. Varaxşa saroyining koşinlari örganilganda, şahar eramizdan avvalgi V asrdan to davlat tanazzulga uçraguniça – XI asragaça mavjud bölganligi aniqlangan. Olimlarning taxminlariga köra, Varaxşada hayotning sönişiga mintaqada suv yetişmasligi sabab bölgan. Holbuki, öz vaqtida bu şahar uluğvorlikda Buxorodan qolişmagan. Bugungi kunda Varaxşa – eski şahar qoldiqlari, ular içra kezar ekansiz, xayolotingiz qadim tarixni qayta tiklaşga tinimsiz urinadi.
4. Sitorai Mohi xosa – yulduzlar va oyga mengzalgan saroy

Foto: www.buxstat.uz
Buxoroning sönggi amiri – Sayid Olimxonning şahar taşqarisidagi qarorgohi. Bino amir saroyida xizmatda bölgan ikki nafar rus muhandisi tomonidan loyihalaştirilgan, binoni bezaşda esa, öz davrining eng yaxşi ustalari iştirok etganlar. Meʼmoriy uslublarning bu yerdagiçalik ğayrioddiy uyğunligi boşqa heç yerda kuzatilmaydi. Hozirda qarorgoh hududida amaliy sanʼat muzeyi joylaşgan, unda Buxoro amaldorlari va XIX–XX asrlardagi şahar aholisining maişiy buyumlari namunalari namoyiş etiladi. Biroq, eng asosiy eksponat, albatta, saroyning özi sanaladi.
5. Fozilmon (Sarbast) köli

Foto: «Tainstvenniy Uzbekistan»
Dengiz sathidan 1650 metr balandlikda (bu Eyfel minorasidan beş yarim barobar baland degani), Nurota toğlarning qoq örtasida ğayrioddiy toğ köli – Fozilmon joylaşgan. Unga bittagina buloq suvi kelib quyiladi, şunday esa-da, u ayniqsa bahor oxirlariga kelib, suvga boy, çiroyga töliq böladi. Afsuski, kölda suziş tavsiya etilmaydi, lekin Sarbast (bu uning ikkinçi nomi) kölidagi osmonning aksi (ayniqsa yulduzli tunda) makonning çeksizligini his etiş imkonini beradi.
6. Çilpiq qalʼa – “Sukunat minorasi”

Foto: mr-shor.livejournal.com
Nukusdan janubga qarab (Xiva, Samarqand, Toşkentga tomonga) 43 çaqirim yöl bosilsa, 35–40 metrli tepalik çöqqisida Çilpiq qalʼa böy çözib turgani körinadi. Zarduştiylarning diniy marosimlar ado etuvçi maskani bölgan bu osori atiqa qadimgi rimliklar, yunonlar, hindlar, şumerlarning ibodatxonalariga öxşab ketadi. Tarixi eramizning II–IV va IX–XI asrlariga borib taqaladi. Dastlab Sukunat minorasi dahma – otaşparastlar vafot etganlarning jasadlarini qöyadigan joy sifatida barpo etilgan. Zarduştiylikda, suv, olov va yerni bulğamaslik uçun, jasadlarni oçiq yerga qöyiş odati bölardi. Bu yerda yovvoyi hayvonlar, quşlar va quyoş tufayli faqat suyaklargina qolardi. Suyaklar esa, ossuariy atalmiş idişlarga töplanib, yerga kömilgan. Çilpiq qalʼaning 15 metrli devorlari haligaça mana şunday “dafina”larni öz içida saqlaydi.
7. Zomin qöriqxonasi

Foto: Safari.uz
Zomin – Özbekiston hududidagi eng birinçi tuzilgan davlat qöriqxonasi. Uning ilk ilmiy tavsifi 1916-yilda yozilgan. Şundan töqqiz yil ötib, keng kölamda daraxtzorlaştiriş amalga oşirilgan va 1929-yilda Guralaş qöriqxonasi (8,5 ming ga) taşkil etilgan, u 1951-yilgaça mavjud bölgan. Bugungi kunda Zomin milliy parkining umumiy maydoni 24 ming gektardan oşadi. Park Jizzax viloyatida, Pomir-Oltoy toğlarining Turkiston toğ tizmasining ğarbiy qismi şimoliy yonbağrida joylaşgan. Qöriqxona ajoyib toğ çöqqilari va yam-yaşil tekisliklarning gözal manzaralariga boy. Bu örmonning florasi benihoya turfa xil, faunasi esa yuzlab turdagi jonivorlarni öz içiga oladi, ular içida Özbekiston Qizil kitobiga kiritilganlari ham bor. Qöriqxona hududida sayyohlar uçun rekreatsiya hududi mavjud – u tabiatga singib ketiş, ruhiy özlikni anglaş va, albatta, hammaning havasini keltiruvçi selfi qiliş uçun eng zör joy sanaladi.
8. Tuzkon köli

Foto: www.nat-geo.ru
Tuzkon köli Jizzax viloyatida, Jizzax şahridan 56 km şimoli-şarqda – Qizilqum çölining şimoliy çekkasida joylaşgan. Köl, Arnasoy tizimidagi boşqa köllar (masalan, Aydarköl)dan farqli ölaroq, qadimiy tabiiy kelib çiqişga ega. Taxminlarga köra, Tuzkon Orol-Kaspiy suv havzasidan qolgan yodgorlikdir. U turğun köl sanaladi, biroz şör, şimoli-ğarbda Aydarköl bilan birlaşadi. Bu köllarning umumiy maydoni – 3750 km2. Bu köllar tizimida baliqçilik rivojlangan, asosan sazan, sudak, laqqa baliq, ilonbaliq uçraydi.
9. Pişton kulolçilik ustaxonalari

Foto: Meros.uz
Farğona vodiysidagi qadimiy Piştonga taxminan eramizdan avvalgi II yilda asos solingan. U azaldan kulollari va ajoyib sopol buyumlari bilan şuhrat qozongan. Piştonda kulolçilik buyumlarini yaratiş, pişiriş va işlov berişning betakror öziga xos texnologiyasi işlab çiqilgan. Pişton kulolçiligining yana bir afzalligi şundaki, vaqt ötgan sari köplab mintaqalarda kulolçilik sanʼati anʼanalari unut bölgan esa-da, Piştonda bu soha öz texnikasi va uslubiga sodiq qolgan holda rivojlanavergan. Hozirda Piştonda mingdan ziyod kulollar mehnat qiladilar, ularning yuzdan ortiği kulolçilik sanʼatining barça sir-asrorlarini egallagan ustolardir. Piştonlik ustalar yaratigan sanʼat asarlari dunyodagi turli muzeylar kollektsiyalariga kirgan.
10. Qanqa qadimiy şahri

Foto: nasimov.pro
Toşkentdan 60 km janubi-ğarbda, tekislik uzra yakkaş tepalik qad çözgan. Bu tepalik Toşkent vohasidagi qadimiy şahar qoldiqlari ekanligi birovning xayoliga ham kelmaydi. Arxeologlar bu şahar eramizdan avvalgi III asrdan to eramizning XII asrigaça mavjud bölganligini aytadilar. Uning eng sönggi nomi Qanqa bölgan. Undan oldin esa Xaraşket (Xaraşkent) deb ham atalgan. Olimlarning taxminlariga köra, Qanqa – bu yunonlar harbiy qömondoni Demodam tomonidan, Iskandar Zulqarnayn vafotidan söng, qirol Antiox şarafiga bunyod etilgan Yaksartorti Antioxiyasi şahridir. Hozirda Yaksart daryosi Sirdaryo deb ataladi, şaharning özi esa bir uyum tuproqqa – öt bosgan tepalikka aylangan. Şunday bölsa-da, bu yerdan taralayotgan ijobiy energiyani his etiş vaqtingiz va yoqilğingizni açinmay sarflaşingizga arziydi.
11. Zangi ota maqbarasi

Foto: www.nat-geo.ru
Toşkent yaqinidagi şu nomdagi şaharçada joylaşgan bu maqbara Amir Temur farmoniga binoan bunyod etilgan. Unda islom tarizida öz örniga ega bölgan tabarruk zot – Zangi ota va u kişining rafiqasi Ambar bibi qabrlari joylaşgan. Maqbara majmui bir neça hududlardan iborat: keng daraxtzor hudud, XIV–XIX asrlarga tegişli turli inşootlar majmui – uning içiga masjid, madrasa, minora va Ambar bibi maqbarasi kiradi. 1014–1915-yillarda masjid oldida öziga xos minora qurilgan. 2013-yilda esa, ziyoratçilar va sayyohlar oqimi ortgani sababli, boğni va Nomozgoh masjidini kengaytiriş işlari olib borildi.
12. Omonqöton ğori

Foto: veter-s.ru
Omonqöton ğori Zarafşon toğlarining şimoliy yonbağri (Samarqand viloyati)da joylaşgan. Ğorni 1947-yilda arxeolog David Lev aniqlagan. Ğor içida qadimiy öçoqlar, hayvonlar suyaklari va toş buyumlar qoldiqlari aniqlangan. Lekin, bu yerdagi eng muhim topilma qadimiy odam son suyagi bölgan – u zamonaviy Özbekiston hududida qadimiy odamlar yaşaganligiga dalolat qiluvçi eng qadimiy topilma sanaladi. Ğor uzunligi 80 metr, u bir-biri bilan tor yölaklar orqali boğlangan bir neça zallardan iborat. Ixçamroq dahlizdan keyin kenggina zal mavjud, u qadimiy odamlarning manzilgohi bölgan. Omonqöton ğoriga yozning ikkinçi yarmida borgan maʼqul – iyun oyi örtalarigaça u suvga töla böladi.
13. Qonbeşbuloq meteorit köli

Foto: «Tainstvenniy Uzbekistan»
Nisbatan kiçik (köndalangiga 800 metrlar çamasi) Qonbeşbuloq köli Surxondaryo ğarbidagi Xomkon manzilida joylaşgan. Köplab belgilariga köra, u meteorit qulaşi oqibati – tabiatning haqiqiy kosmogonik yodgorligi sanaladi. Tuproqda, köl qirğoqlaridagi qumda tektitlar köp miqdorda topildi, ular esa meteoritlarning yerga urilişi natijasida, öta yuqori harorat ostida yuzaga keladigan oynasifat mayda zarralardir. Qolaversa, Qaşqadaryo vohasini Şarqdan örab turuvçi toğlarda oyna körinişidagi meteorit parçalari va kosmogonik xarakterga ega boşqa toşlar aniqlangan. Markaziy Osiyo meteoritlarining Yerga tuşişi undan yuz minglab, baʼzi maʼlumotlarga köra – millionlab yillar oldin röy bergan. Krater-kölga albatta taşrif buyuring va koinotga tegining – zero meteoritlar koinotdan kelgan “mehmon”lardir.
14. “Yodgorlik” fabrikasi

Buyuk Ipak Yölining qoq markazida – Marğilonda 1972-yilda keyinçalik Farğonadagi eng yirik işlab çiqarişga aylangan fabrikaga asos solindi. 2000-yilda bu fabrika “Yodgorlik” xususiy korxonasiga aylandi. Qadimda şoyi ortilgan karvonlar Buyuk Ipak Yöli orqali Marğilonga, undan Qaşqarga, Bağdodga va, hatto, Yunonistonga yöl olardi. Marğilon şoyisi gözallik va sifat borasida xitoynikidan kam emasdi, axir farğonalik ustalar tört ming yil oldinoq pilladan ip yigiriş va tolalarni böyaşning öziga xos noyob texnologiyasini işlab çiqqandilar. Hozirgi kunga qadar Marğilon şoyisi öz yönalişida yagona sanaladi. “Yodgorlik” fabrikasi butun dunyodan sayyohlarni qabul qiladi – bu yerda ipak matolarni qölda işlab çiqarişning butun jarayoni namoyiş etiladi va ekskursiyalar ötkaziladi.
15. Oq Ostona bobo maqbarasi (Turkmanistondagi Ostona bobo maqbarasi bilan adaştirmang)

Surxondaryo viloyatidagi Telpak Çinor qişloği yonida, qadimiy qabriston hududida joylaşgan. Maqbara X–XI asrlarda qurilgan deb taxmin etiladi, unda, baʼzi olimlarning fikrlariga köra, Muhammad alayhissalom sahobalaridan Abu Hurayra dafn etilgan. Bu meʼmoriy obida taşqi yuzasidagi örta asrlar musulmon meʼmorçiligiga yot bölgan ğayrioddiy naqş-belgilar mavjudligi bilan hanuzgaça mutaxassislarni öylantirib keladi.
16. Teşiktoş

Foto: mr-shor.livejournal.com
Samarqanddan janubda, Boysun toğ tizmasida Şiroboddaryo darasi bor. Teşiktoş – bir qança ğorlar majmui mana şu yerda joylaşgan. 1938-yilda aynan şu yerda neandertal bola qoldiqlari topilgandi. Jami bu yerda 2858 ta buyum qoldiqlari topilgan, ularning asosini kesuvçi-çopuvçi qurollar taşkil etgan. Bu esa, topilmalarning neandertallarga taalluqli ekanligini şubha ostiga qöygan. Uzoq davom etgan tadqiqotlardan keyin Teşiktoş manzilgohi qadimiy odamlar tomonidan kamida beş marta özlaştirilgan, bir neça bor butunlay suv ostida qolgan degan xulosaga kelingan. Nima bölganda ham, Teşiktoş topilmalari haligaça arxeologlarning bahs-munozaralariga sabab bölmoqda.
17. Krasnogorsk. Ötmişga sayohat

Foto: avivas.ru
Krasnogorsk şaxtyorlar şaharçasi 1953-yilda Toşkent viloyatida taşkil etilgan. Bir yil ötgaç, bu yerda Çovli konidan uran qazib çiqarişga ixtisoslaşgan “2- radioboşqarma” korxonasi işga tuşgan. Öz paytida öta zamonaviy şahar tipidagi posyolka bölgan. Qimmatbaho ruda evaziga şaxtyorlar sobiq ittifoqning unçu-munça şaharlarida tanqis bölgan kolbasa, pişloq, baliq va göşt konservalari kabi oziq-ovqat mahsulotlari, poyabzal, kiyim va mebelga ega bölganlar. 90- yillarda odamlar şaharni yoppasiga tark eta boşladilar, uy-joylari şundoq qolib ketdi. Krasnogorsk köçalarini sayr etsangiz, özingizni XX asrning 80- yillariga tuşib qolgandek his qilasiz – eski peştoqlar, metall ventilyatorlar, xira oynali peştaxtalar va hakozolar ötgan kunlarni yodga soladi.
18. Zarautsoy

Foto: Meros.uz
Hisor toğ tizmasi janubi-ğarbiy tarmoqlaridagi toğ darasi (Surxondaryo viloyati). Bu yerda Markaziy Osiyodagi eng qadimiy qoyaga işlangan rasmlar topilgan, ular mezolit, neolit va yanada qadimroq davrlarga taalluqli bölgan. Ularda uzun oyoqli uç burçak figuralar va ov jarayoni tasvirlangan. Zaraut kamar ğoridagi qoya rasmlari mineral böyoq yordamida tuşirilgan va juda yaxşi saqlangan, vaholanki, ularga kamida yetti ming yil bölgan!
19. Qöy qirilgan qalʼa

Foto: smileplanet.ru
Qoraqalpoğistonning Törtköl şahridan biroz naridagi qadimiy qalʼa. Qadimiy Xorazm davlatçiligining noyob, juda tarixiy yodgorligi va zarduştiylik ibodatxonasi. Şuningdek, qadimiy şoh yoki malikaning dafinasi vazifasini ham bajargan.
Qalʼaning qurilişi Markaziy Osiyodagi boşqa qalʼalarnikidan tubdan farq qiladi – muhofaza qalʼasi odatdagidek töğri törtburçak şaklda emas, balki aylana körinişida barpo etilgan. Pişitilgan loydan qurilgan bu inşoot juda baquvvat bölgan – markaziy bino diametri 42 m, nisbatan yaxşiroq saqlanib qolgan qismi balandligi taxminan 8 m, butun inşoot diametri 90 m atrofida bölgan.
20. Qirq qiz qalʼasi

Foto: dostoyanieplaneti.ru
Qirq qiz qalʼasi Xorazm hududidagi arxeologik qazilma işlari davomida, 1938-yilda aniqlangan. U Beruniy şahridan 30 km şimolda joylaşgan. Olimlarning yakdil xulosalariga köra, qalʼa qadimiy Xorazmning şimoli-şarqiy tomonlarini himoya qiliş uçun qurilgan muhofaza inşootlari silsilasiga kirgan bölib, eramizning I–VI asrlariga oiddir. Afsonalarga köra, bu qalʼada qiroliça Guloyim qirqta kanizagi bilan istiqomat qilgan va çegarani duşmanlardan qahramonona himoya qilgan. Qalʼaning şinaklar öyilgan taşqi devori va baʼzi içki devorlari 1500 qiş-u yozni boşidan keçirib, bugungi kungaça saqlanib qolgan.
Manba: http://kommersant.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶