30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:12
Sport 👁 421

“BADIIY GIMNASTIKA – GOʻZALLIK VA BARKAMOLLIK SPORTI” OChIQ BIRINChILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

“BADIIY GIMNASTIKA – GOʻZALLIK VA BARKAMOLLIK SPORTI” OChIQ BIRINChILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va ragʻbat tufayli turli yosh toifasidagi bolalar va oʻsmirlar, ayniqsa, oʻsmir qizlar oʻrtasida sportning olimpiya turlari boʻyicha shugʻullanuvchilar, hatto jahon sport arenalarida Oʻzbekiston sharafini muvaffaqiyatli himoya qilishga qodir umidli sportchilar yetishib chiqmoqda.

Ayniqsa, goʻzallik va nafosat, barkamollik ramzi boʻlgan badiiy gimnastika sporti bilan shugʻullanuvchi qizaloqlar safi oshib bormoqda. Mazkur sport turi eng chekka hududlardagi qishloqlarda istiqomat qiluvchi ota-onalar oʻrtasida ham katta qiziqish uygʻotib, oʻz qizlarining badiiy gimnastika toʻgaraklarida shugʻullanishlari uchun sharoit yaratib berishayotgani eʼtiborga munosib.

Bu borada Amudaryo tumani sport maktabi huzuridagi badiiy gimnastika toʻgaragi faoliyati tahsinga munosib. Ushbu toʻgarakda ayni paytda turli yosh toifasidagi 80 nafardan ziyod oʻsmir yoshdagi qizlar shugʻullanishadi. Ularga Shahodat Rajabova, Oydin Matrizayeva hamda Diyora Yodgorovalar badiiy gimnastika sporti sir-asrorlarini oʻrgatiladi. Tumanning eng chekka qishloqlarida istiqomat qiluvchi sportsevar qizaloqlar orasida turli darajadagi gimnastika sporti musobaqalari gʻoliblari, Oʻzbekiston chempionatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionatlari gʻolib va sovrindorlari bor.

Joriy yilning 27-fevral sanasida Amudaryo tumani sport maktabi sport zalida sport maktabining ochiq birinchiligi musobaqalarida ham badiiy gimnastika sporti toʻgaragi aʼzolaridan iborat sportchi qizlar gʻoliblik uchun kurash olib bordilar. “Badiiy gimnastika – goʻzallik va barkamollik sporti” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqada Xorazm viloyatining Urganch shahri, Yangibozor tumanlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa va Amudaryo tumani badiiy gimnastika sporti jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar.

Musobaqa shartlariga koʻra, sportchilarning qoʻyilgan talablarni bajarishlarida sportchi madaniyati, shartlarni chaqqonlik va uddaburonlik bilan amalga oshirishdagi oʻziga xos uslubi, sport liboslarini tanlash mahoratlariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Qizgʻin va qiziqarli bahslarga boy oʻtgan musobaqada eng kuchli, epchil va oʻziga xos uslubiga ega sportchilar jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Shunisi eʼtiborliki, amudaryolik gimnastikachi qizlar garchi yosh toifalariga koʻra, ancha yosh boʻlsalar-da oʻzlarining irodali, ahil va jips jamoa ekanliklarini amalda namoyon etdilar. Oʻz mahoratlari bilan mehmon jamoa aʼzolarini ortda qoldirgan Amudaryo tumani sport maktabining badiiy gimnastika toʻgaragi aʼzolari mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Musobaqa yakunida 1-oʻrinni Amudaryo tumani sport maktabining badiiy gimnastika toʻgaragi jamoasi, 2-oʻrinni esa Urganch shahar sport maktabi huzuridagi badiiy gimnastika toʻgaragi aʼzolari egallashdi. Uchinchi oʻrin uchun boʻlgan qizgʻin bellashuvlarning badiiy gimnastika esa Ellikqalʼa tumani sport maktabining badiiy gimnastika toʻgaragi qizlariga nasib etdi.

“Badiiy gimnastika – goʻzallik va barkamollik sporti” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqa yakunida gʻolib jamoalar Amudaryo tumani hokimi va Amudaryo sport maktabi maʼmuriyati tomonidan medallar, Diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026