28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:31
Jamiyat 👁 2,039

Obod turmush yili yangiliklari

Obod turmush yili yangiliklari

Samarali faoliyat

Ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha huquqiy, maʼnaviy-axloqiy psixologik-pedagogik va fiziologik bilimlarini oshirishga qaratilgan  tadbirlarni amalga oshirish, oilalarning mustahkamligi va barqarorligiga erishish, oilada sogʻlom muhitni taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida tashkil etilgan ota onalar universitetlari samarali faoliyat yuritmoqda. Jumladan "Olmazor” mahallasi "Ota-onalar instituti” yilning oʻtgan yarmida shu maqsadda qator tadbirlar, davra suhbatlari oʻtkazdi.

Yaqin kunlar ichida "Otam, onam va men sportchilar oilasimiz” mavzuida oilaviy sport musobaqasini oʻtkazishga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda. 

Jamoatchilik taʼsiri kuchaymoqda

Mangʻit shahridagi Oybek nomli mahallada aholining tinch-totuv yashashiga erishish, oʻzaro mehr-oqibat va ogʻzibirchiligini taʼminlashda jamoatchilik asosida tizimli ish olib borilmoqda.

Hududda istiqomat qiluvchi obroʻ-eʼtiborli, ziyoli kishilar, ota-onalar oʻqituvchi va shifokorlardan iborat ishchi guruhlari tuzilgan boʻlib, har bir xonadon ahvolini oʻrganishayapti, ehtiyojmand oilalarga homiylar belgilashayapti, yosh qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash qaynona va  kelinlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish kabi savobli ishlarni, amalga oshirilayotir. Toʻy-marosimlarni ixcham, kamchiqim qilib oʻtkazishda ham jamoatchilikning hissasi katta. Yilning oʻtgan davri mobaynida hududimizda 12 ta toʻy boʻlgan boʻlsa, ularning barchasi bilan alohida suhbatlar oʻtkazildi.

Namunali tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda

Keyingi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasidagi amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar tufayli faoliyat koʻrsatayotgan QVPlar yangi zamonaviy binolar, eng soʻnggi rusumdagi tashhis qoʻyish va davolash apparatlari, malakali kadrlar bilan taʼminlanib, yurtdoshlarimiz sogʻligʻini saqlashda samarali faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilimiz boshida foydalanishga topshirilgan "Olmazor” qishloq vrachlik punkti ham shular jumlasidandir. Bu yerda 4500  nafardan ziyod aholiga namunali tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.


Ijobiy samara

Tumanimizda umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb hunar kollejlariga toʻliq  qamrab olish, oʻquvchilarning chet davlatlarga chiqib ketishi va erta turmush qurishi kabi holatlarining oldini olish, nikoh yoshiga amal qilmaslikka qarshi qonunlarga kiritilgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni ota-onalarga, yuqori sinf oʻquvchilariga keng tanishtirish yuzasidan olib borilayotgan targʻibot tashviqot ishlari oʻz samarasini berayotir.

"Durunki” mahallasi hududida yashovchi 3 nafar kollej oʻquvchisi  chet davlatga ishga ketish  arafasida toʻxtalib qolindi va oʻqishga jalb etildi.

Kollektorlar rekonstruktsiya qilinmoqda

Hozirgi kunda tumanimizda 39584 gektarsugʻoriladigan maydon mavjud boʻlib, bu maydonlarga jami 1578.4 km. uzunlikdagi kollektor drenaj tarmoqlari xizmat qiladi. Shundan 290.8 kilometrini xoʻjaliklararo kollektorlar, 1287.6 kilometrini esa ichki xoʻjalik kollektorlari tashkil etadi.

2013 yilda tumanimizda 14.5 km.uzunlikdagi "K-10” kollektorini rekonstruktsiya qilish ishlari rejalashtirilib, shundan 6.4 km. lik qismida rekonstruktsiya ishlari tugallandi. Bu ishlarga 383 mln. soʻmlik mablagʻ sarflandi.

Ayni kunda "K-10”kollektori rekonstruktsiya ishlarida 4 ta ekskavator va 2 ta buldozer qatnashmoqda.

"K-10” kollektorining qolgan 8.1 kmlik. qismida ham rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish maqsadida loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda.

Yoʻllarimiz ravon boʻladi

"Obod turmush yili”da tumanimizda ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash va qayta qurish ishlariga alohida eʼtibor berilmoqda.

Hozirgi kunda tumanimizdagi Amir Temur nomli, "Oʻrta qalʼa” va Qipchoq ovullaridagi 4.670 km. uzunlikdagi yoʻllarni qurish va taʼmirlash ishlari jadal olib borilmoqda.

Tender bahosi 426.913 ming soʻm boʻlgan bu qurilish ishlari tuman yoʻl xoʻjaligi, pudrat, taʼmirlash, foydalanish davlat korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Suv tarmoqlari qurilmoqda

Ayni paytda tumanimizda shahar va qishloq aholisiga toza ichimlik suvi yetkazib berishni yanada yaxshilash maqsadida suv tarmoqlari qurilishi ishlari qizgʻin davom etmoqda.

2013 yilda tumanimizda jami 52.4 km. uzunlikdagi suv tarmoqlarini qurib bitkazish rejalashtirilgan boʻlib, bu ishlarga 32844.2 million soʻmlik mablagʻ ajratilmoqda.

Ichimlik suv tarmoqlari qurilishi "Keramika qurilish” MChJ, "Amudaryo” KM MChJ va "Amudaryo qurilish” MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Moʻl hosildan nishona

Bu yil tumanimiz boʻyicha 16050 gektar maydonga chigit ekilib, dalalarda toʻliq nihol undirishga erishildi. Paxtakor dehqonlarimiz bu yilning bahor oylaridagi tabiat injiqliklarini mardonavor yengib, unib chiqqan har bir tup gʻoʻza niholini saqlab qolishga harakat qildilar. Bu borada qilingan fidokorona mehnatlar zoye ketmadi.

Hozirgi kunda 255 ta fermer xoʻjaliklari va 6 ta yordamchi xoʻjaliklar dalalarida ekilgan gʻoʻzalar yaxshi parvarish natijasida  rivojlanish fazasiga kirdi.

Shu kungacha tumanimiz boʻyicha barcha dalalardagi gʻoʻzalar bir marta toʻliq oziqlantirildi, 4-5-marta qator oralariga ishlov berildi. 5000 gektar maydondagi gʻoʻza qondirib sugʻorildi.

Gʻoʻza qator oralariga ishlov berishda 361 ta kultivator agregatlari betoʻxtov ishlatilmoqda.

Shunisi quvonchliki, tumanimizning 9000 gektarga yaqin maydonidagi gʻoʻzalar yoppasiga gullab, moʻl hosil toʻplanayotganidan darak berib turibdi.



🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026