28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:32
Adabiyot 👁 4,687

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Yaxshi doʻstlar suhbati...

Yaxshi doʻstlar suhbati joningga rohat keltirur,

Tashrifi qutlugʻ qadam, uyga farogʻat keltirur.

 

Yaxshi doʻsting bormi, bil – bu Alloh inʼomidir,

Loyiq doʻst boʻlsang agar, poyingga jannat keltirur.

 

Doʻst boʻlish oson, uni saqlash qiyinroq, deydilar,

Yaxshi doʻstdan ayrilish, beshak nadomat keltirur.

 

Yangi narsa yaxshi, lekin doʻst eskisi yaxshidir,

U bilan diling ravshan, ishingda omad keltirur.

 

Biror ayb sezib, darhol minma sen gʻazab otiga,

Yaxshi kunni boshingga sabr ila toqat keltirur.

 

Sodiq doʻstlar bilan masrur Ahmad doim diliga,

Shukronalik fikrini har kun, har soat keltirur.

A.Nafasov.

 

JONIMNING PARChASI

(«Taraqqiyot koʻzgusi»ga)

Jonimning parchasi hisobinda – sen,

Qonimning anchasi qoningga qardosh.

Umrimning unumli yumushinda – sen,

Har safar yoʻl cheksam, yulduzsan, darddosh.

 

Yo oyday ziyosan, aziz Matbuot.

Oftobga qiyossan, otashin hayot!

Avjlaringga eshlik oshufta etdi,

Qoʻlimdan tutganda sendagi gʻayrat!

 

Qalamim koʻrk ochib, kamolga yetdi,

Yozmoqqa undadi yashovchan Soʻzing!

Yasharman, yozgani yoʻl bergan Najot –

Sadoqat senga, deb aziz Matbuot!

 

Zamonam zavqi bor, bor boʻl davomli,

Bogʻlarning bagʻrida bayon qil baxtni.

Men yoʻldosh yurayin, sendan ilhomli,

Buzmasdan qalamkash nom olgan ahdni!

 

Nom bergan, non bergan laziz Matbuot,

Jonimning parchasi – aziz Matbuot!

Jumaboy HIDOYaTOV.

Yo, RAMAZON!

«Yo, Ramazon!» koʻp aytganmiz eshiklarda,

Talashishib qizlar bilan bolalikda.

Ahil edik Saodat-u Muhabbatlar,

Tun yulduzi charaqlagan bir qishloqda.

 

Qoʻshnilarga, xolalarga, ammalarga,

Qalbdan joʻshib kuylaganmiz «Yo, Ramazon!».

Oy-yulduzlar gʻujgʻon oʻynab samolarda,

Tilaklardan toʻkilardi gul-u rayhon!

 

Chang koʻchalar aro qolgan mening izim –

Qizlar bilan chopayotgan bolaligim.

Sochlar uzun, oʻrim-oʻrim belimizda,

Chirmashadi qirqta kokil boʻyimizga.

 

Ezgulikning izlaridan chopib oʻtdik,

Jarang sochib kulgularda, qoʻshiqlarda.

Pok tuygʻular ogʻushiga singib ketdik,

«Yo, Ramazon!» aytib oʻtgan eshiklarda.

Zuhra Ahmedova.

 

Tinchlik vodiysi

Chechaklar gul boʻlib unmoqda bu kun,

Orzular ushalgan, chehralar gulgun.

Yurtim tinchligidan begʻam bu koʻnglim,

Tinchlik vodiysida yashaymiz, doʻstim!

 

Dehqonning qoʻlida doimo ketmon,

Nonvoyning tandiri toʻla shirmoy non.

Yoshlarin yoʻllari erur nurafshon,

Bu yurtda azizdir, azizdir inson!

 

Boshida porlaydi baxtning quyoshi,

Kuchlilik, adolat, yurt yelkadoshi.

Tinchlik hadya etgan odil Yurtboshi,

Barkamol avloddir, xalqning izdoshi!

Muqaddas Matkarimova, 37-sonli maktab oʻquvchisi.

«Kalla urish» – salommi?

(Tengdoshlarga va kattalarga)

«Assalom-u alaykum!» degan soʻzda sehr bor,

Oʻzbekning salomida dunyolarcha mehr bor.

Ming afsuski, bugunning salomi oʻzgarmoqda,

Kalla urib koʻrishish rosa «moda» boʻlmoqda.

 

Quchoq ochib koʻrishmoq endi urfdan qoldimi,

Ming yillik qadriyatlar oyoqosti boʻldimi?

Oʻylab koʻring, odamga kalla urish xosmidi,

Biz – oʻzbeklar avlodiga qoʻchqor ishi mosmidi?

 

Nechun bizlar bu ishni odat qilib olganmiz?

Bizlar axir qoʻy emas, bizlar axir odammiz...

«Assalom-u alaykum!», degan soʻzda sehr bor,

Oʻzbekning salomida dunyolarcha mehr  bor...

Begzod ALLAQULOV.

BAXTIM – OTA-ONAM

Koʻkda oy, quyoshimsiz,

Mening chin sirdoshimsiz.

Bosh egib taʼzim aylay,

Yuzdan oshsin yoshingiz.

 

Menga hayot berdingiz,

"Aqlli boʻl”, dedingiz.

Mehnat bilan, mehr bilan,

Rizqimizni terdingiz.

 

Hech narsaga alishgusiz,

Boyligim ota-onam.

Umr tilayman doim,

Siz-chun yaralgan olam.

 

Siz-la goʻzal har bir onim,

Qarab toʻymas koʻzlarim.

Men uchun bu dunyoda,

Sizlar aziz har doim.

Dinora KARIMBOYeVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

Oʻzbegim polvonlari

Ona Vatan tayanchi,

Ham faxri va quvonchi.

Kuch-qudrati, suyanchi –

Oʻzbegim polvonlari!

 

Pahlavon Mahmud bobom,

Bergaydir kuch va ilhom.

Sizdadir yengilmas qon,

Oʻzbegim polvonlari!

 

Siz maydon tushgan zamon,

Havas-la boqar jahon.

Faxr etar Oʻzbekiston,

Yengilmas polvonlarim!

Maftuna MURODOVA.

Onamning duosi

Onamning duosi meni asraydi,

Duolarida bor mehr quyoshi.

Kimning onasi bor, u qarimaydi,

Qalbin bezab turar mehr ziyosi.

 

Onamning borligi mening baxtimdir,

Hayotim mazmunli, yoʻllarim ravon.

Umrim bezagi u, buyuk taxtimdir,

Kunlarim fayzli, goʻzal keng jahon.

 

Har tong duo qilar, unib-oʻsgin, deb,

Boshimni silaydi haroratli qoʻl.

Shu mehr umrimga berib turar zeb,

Men uchun osondir mashaqqatli yoʻl.

Maftuna YOʻLDOShEVA.

Non

Mehnat qilib buvijonim,

Uyar bugʻdoy xirmonni.

Buvijonim va onam,

Yoparlar shirmoy nonni.

 

Buvim der: «qizalogʻim,

Nonni hech isrof qilma.

Ushogʻi ham azizdir,

Shuni hech ham unutma».

 

Dasturxonning bezagi,

Doim boʻlib turar non.

Mehmon kelgan chogʻda ham,

Non tutiladi har on!

Shahlo QUROLOVA.

     Yurtim

Yurtim, sening bogʻing oʻzgacha,

Nurli har chamaning oʻzgacha.

Gullaringga qarab toʻymayman,

Osmoning ham keng erur shuncha!

 

Suvlaring sof, tiniq samolar,

Koʻngillarga malham havolar.

Ona tilimdagi navolar,

Kuch bagʻishlar dilga, oʻzgacha!

Guzal KARIMOVA, 41-sonli maktab oʻquvchisi.

Quyosh

Tong sahardan chiqsam,

Nurlaringni sochasan.

Bahor kelganda kulib,

Quchogʻingni ochasan.

 

Tunda qayga ketasan,

Tongda qaydan qaytasan?

Hech yoʻling oʻzgarmaydi,

Sharqdan Gʻarbga botasan.

Jamshid Qoʻshchanov,

5-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Kitob

Kitob - bebaho boylik,

Kitobni qadrlaylik.

Bilsangiz, u baxtimiz,

Boyligimiz, taxtimiz.

 

Varaqlasak - ilmi koʻp,

Ezgu, yorugʻ yoʻli koʻp.

Tashvishlarga qalashsak,

Yoʻl koʻrsatar adashsak.

Gulxumor Hayitboyeva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026