«XALQ BANKI» PENSIONERLAR XIZMATIDA
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13 martdagi "Pensiyalar va nafaqalar tölaş mexanizmini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida «Xalq banki» boşqaruvi tomonidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi va şunga muvofiq bankning tuman filialida pensiya va nafaqa pullarini tarqatiş böyiça qöşimça ravişda 22 nafar xodimlar işga qabul qilindi. Şuning 8 nafari kassir va 8 nafari buxgalter-nazoratçi xodimlardir.
Naqd pullarni sayyor kassalarga öz vaqtida yetkazilişini taʼminlaş uçun bankka 3 ta "Damas” rusumli maxsus avtomaşinalar ajratildi.
Joylarda tuman hokimligi, fuqarolar yiğinlari va pensiya jamğarmasi bilan hamkorlikda Prezident Qarorining ijrosini taʼminlaş böyiça seminarlar taşkil qilinib, tuşuntiriş işlari olib borildi. Pensiya va nafaqa tölovlarini amalga oşiriş böyiça aholi uçun qulay joylar tanlanib, tarqatiş kunlari böyiça jadvallar işlab çiqilib, körinarli joylarga osib qöyildi.
Pensionerlarga yanada qulayliklar yaratiş maqsadida har bir mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida bank tomonidan maxsus stendlar tayyorlanib, fuqarolarga körinarli joylarga joylaştirildi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida aytilgan Qarori nusxasi, pensiya pulini oliş uçun kerak böladigan hujjatlar töğrisida eslatma, mahalla fuqarolar yiğini raisi hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tuman bölinmasi tomonidan tasdiqlangan pul tölanişi belgilangan kunlar körsatilgan jadval, bankning mahallaga biriktirilgan masʼul xodimlarining telefon raqamlari hamda Işonç telefonlari töğrisida maʼlumotlar körsatilgan.
Tumanimizdagi jami pensionerlarning 13291 nafari pensiyalarini naqd pulda olişadi. Ularning pensiya pullarini olişlariga qulay şaroitlar yaratişga harakat qilayapmiz. Pensiya mablağlarining tarqatilişi jarayonida paydo böladigan muammo va şikoyatlarni öz vaqtida bartaraf etiş maqsadida qisqa raqamli «Işonç telefoni» taşkil etildi. Fuqarolar unga qönğiroq qilib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişi, şikoyat va takliflar bilan murojaat qilişlari mumkin.
Şohida SODIQOVA, "Xalq banki” tuman filiali boşqaruvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶