HAR KUNI BIR TADBIR
Özbekiston "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi tumanimizda amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlariga hissa qöşiş, xalq-farovonligini oşiriş, fuqarolarni yangi mehnat muvaffaqiyatlariga ruhlantiriş maqsadida mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni örganiş va mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi oldidan tarğibot-taşviqot işlarini yanada jonlantirmoqda.
Öz qalbida milliy ğurur jöş urgan, milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizga sadoqatli, fidoyi va vatanparvar partiyamiz aʼzolari bu işlarda faol iştirok etib, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlari, barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar fuqarolarimizning tinç-osuda va farovon yaşaşi uçun ekanligini keng tuşuntirmoqdalar. Şu farovon hayotimiz boqiy bölmoği uçun mustaqilligimizni köz qoraçiğiday asraşga çorlamoqdalar.
Ana şunday tadbirlarni reja asosida har kuni har bir ovul va mahallalarda ötkazib kelayotirmiz. Xususan, 2-avgust kuni Manğit şahrining "Gulzor” mahallasida "Siyosiy huquqiy madaniyatni şakllantirişda partiyaning roli”, 31-iyul kuni "Çordara” mahallasida "Milliy tiklaniş ğoyasi – milliy taraqqiyot tayançi va asosidir”, 30-iyul kuni "Durunki” mahallasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Özbekiston mustaqillikka erişiş ostonasida” asarining mazmun-mohiyati haqida davra suhbati ötkazildi.
Tadbirlarimizda mamlakatning hayoti, ötmişi, kelajagi, butun taqdiri uçun qayğuradigan, Vatan qismatini öz qismati deb biladigan keng jamoatçilikning dunyoqaraşi va tafakkurini tarbiyalaş, milliy-maʼnaviy tiklanişimizda har bir fuqaroning rolini oşiriş, vatanparlik tuyğularini kamol toptirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Muxlisa BOLTABOYeVA,
ÖzMTDP Amudaryo tuman Kengaşi yetakçi mutaxassisi.
(Foto - http://elections.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶