BUYuK YOʻLBOShChIMIZ XOTIRASI HAMIShA BARHAYoT
Shu yilning 27-iyul kuni – Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi tumanimizda ham Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdugʻaniyevich Karimovni xotirlash tadbiri boʻlib oʻtdi.
Ayoqchi mahallasida joylashgan "Temur-Anvara” toʻyxonasida oʻtkazilgan xotira tadbirida tuman faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
"Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi A.Matsapoyev xalqimiz oʻzining istiqlol yillarida erishgan barcha olamshumul yutuqlari va natijalarini haqli ravishda Birinchi Prezidentimiz nomi va faoliyati bilan uzviy bogʻliq, deb hisoblashini taʼkidladi. Islom Karimov nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon miqyosida ham katta hurmat va obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilgan edi.
Birinchi Prezidentimiz oʻz faoliyati, butun ongli hayotining maʼno-mazmuni boʻlgan "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!” degan ezgu gʻoyani ilgari surdi va bu shior barchamizning, butun xalqimizning qalbidan chuqur joy oldi. Ulugʻ Yoʻlboshchimiz ana shu buyuk vazifani hamma vaqt, har qanday vaziyatda ham sharaf bilan ado etdi, bu yoʻlda beqiyos kuch-gʻayrati va aql-zakovatini, kerak boʻlganda, hatto aziz jonini ham ayamadi.
Milliy urf-odatimizga binoan marosim ishtirokchilariga osh tortildi. Birinchi Prezidentimiz xotirasiga Qurʼon tilovat qilinib, duoi fotiha oʻqildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶