JAZIRAMA ISSIQDAN EHTIYoT BÖLING!
Hududimizda ança yillardan buyon kuzatilmagan jazirama issiq bu yil aholini ança şoşirib qöydi. Çunki yurtdoşlarimiz köp yillardan buyon havo haroratining bunçalik oşganini körişmagan edi.
Bunday paytlarda har birimiz yoz faslining qoidalariga amal qilib, özimizni oftob urişidan yoki bir qança yozgi kasalliklardan himoya qilişimiz lozim böladi.
Jazirama issiq paytida soğlik bilan boğliq muammo bölmasligi uçun çekişdan, spirtli içimlik içişdan tiyiliş hamda kuçli ovqatlaniş va jismoniy harakatni kamaytiriş tavsiya etiladi.
Oftob urganda böşaşiş, köngil aynişi, boş aylanişi, qayt qiliş, qaltiroq bosişi yoki huşdan ketiş holatlari namoyon böladi.
Oftob urişining oldini olişda quyidagilarga amal qilişingizni tavsiya etamiz:
- kun qizigan vaqtda quyoşda jismoniy maşğulot bajarmaslik;
- havo ötkazadigan yupqa, tabiiy matodan bölgan kiyim kiyiş;
- sovutilgan çoy, kvas va mineral suv içiş;
- issiq vaqtda spirtli içimliklarni isteʼmol qilmaslik.
Oftob urgan bemorni tezda soya yoki salqinga olib boring, unga sovutilgan çoy yoki tuz solingan suv içiring;
- badanni qisib turadigan ust kiyimlarini yeçib taşlang;
- uni sinçiklab kuzating, soğligining yanada yomonlaşuviga yöl qöymang;
- sovuq suv şimdirilgan matoda badanini artib çiqing, tomoq, böyin va gavda qismlariga, boş tomir ötgan joylarga asosiy eʼtibor beriş zarur;
- agar muolaja yordam bermasa, tibbiy yordam xizmatini çaqiring.
Oftob urganda jabrlangan insonning nafas olişi töxtaşi, miokard infarkti bölişi mumkin, şu tufayli jonlantiriş işlari (sunʼiy havo yuboriş va yurakni massaj qiliş)ga ham tayyor böliş kerak.
Badanga aslo spirt surtmang, çunki spirt badanning mayda teşiklarini yopib, issiqlikning çiqişini tösib qöyadi. Jabrlangan odamni sovutilgan suvli vannaga joylaştirmang, çunki vanna kökrak qafasining qisilişiga va nafas oliş yöllarining ötkazuvçanligiga taʼsir qiladi.
Çömiliş havzalari sohilida uzoq muddat turib, birdaniga özingizni suvga taşlasangiz, organizmingizdagi harorat keskin tarzda tuşib ketişi natijasida nafas oliş oğirlaşib, yurakning töxtab qolişiga olib kelişi mumkin. Şuning uçun suvga tuşişdan oldin qöl, oyoq, gavda va boşqa aʼzolarni suv bilan artib çiqişni unutmang.
Yozni maroqli ötkazing, özingizni asrang!
Toşpölat QÖÇQOROV,
tuman favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği.
Jumaboy YaVQAŞEV,
tuman KTMP "Salomatlik” bölimi mudiri.
(Foto - http://storage.kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶