INSON OMILIGA EʼTIBOR TOBORA YuKSALMOQDA
Mamlakatimizda "Sogʻlom ona – sogʻlom bola” onalar va bolalar sogʻligini muhofaza qilish milliy modelining hayotga tatbiq etilishi ayollar sogʻlomlik darajasining oshishiga, sogʻlom farzandlar dunyoga kelishi va barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishiga zamin yaratdi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning "2014-2018 yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq respublikada aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tibbiy yordam koʻrsatayotgan tibbiyot muassasalarining moddiy texnika bazasi va kadrlar salohiyati kuchaytirildi, zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash jihozlari bilan taʼminlandi, ayollar, bolalar va oʻsmirlar kasalliklarining oldini olish va davolashga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tabiiyki, bu saʼy-harakatlar oʻzining ijobiy natijalarini berayapti. Respublikada aholining umr koʻrish davriyligi yil sayin oshib borayotganligi ham fikrimizga dalil boʻla oladi. Agar tumanimiz misolida olib qaraydigan boʻlsak, 2015-yilning olti oyi davomida bolalar oʻlimi 13-marta qayd etilgan boʻlsa, 2016-yilning birinchi yarmida 11-marta, joriy yilning oʻtgan olti oyida esa 9-marta qayd etildi.
Shuningdek, nogiron bolalar tugʻilishining oldi olinmoqda.
Ayni kunda tumanimizda 65952 nafar voyaga yetmaganlarning 91 foizi joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va sogʻligida muammolar aniqlanganlari tibbiyot muassasalarida sogʻlomlashtirildi.
2017-yilning oʻtgan birinchi yarmida 1338 nafar nikohlanuvchi shaxslar nikoholdi tibbiy koʻrigidan oʻtkazildi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev joriy yilimizni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya atab, shu munosabat bilan qabul qilingan davlat Dasturida ham jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanmish inson omiliga eʼtibor, uning sogʻlom yashashi, qulay sharoitlarda mehnat qilishi va turmushidan mamnun boʻlishlari uchun zarur barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Bu mamlakatimizda inson qadr-qimmati tobora yuksalayotganining ifodasidir.
Sanobar XOLBOYeVA, tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.
(Foto - http://toshkent.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶