Sizning vaqt haqidagi tushunchangizni tubdan oʻzgartiradigan 10 ta tarixiy haqiqat
Insoniyat tarixida yuz bergan barcha voqealar bir-biriga bogʻliqdir. AdMe.ru sizning vaqt haqidagi tasavvurlaringizni oʻzgartirib yuboruvchi 10 ta fakt tayyorladi.

Kleopatra tugʻilgan davr bilan solishtirganda ehromlar juda qadimiy edi. Eng katta – Xeops ehromi miloddan avvalgi 2540-yilda qurilgan. Ehromlar qurilishidan va Kleopatra tugʻilishigacha 2471-yil oʻtdi. Kleopatra va oyga parvozlar oʻrtasidagi vaqt esa 2038-yil!
Aytgancha, biz uchun rimliklar yashagan davr qanchalik uzoq boʻlsa, rimliklar uchun ehromlar ham shu kabi qadimiy edi.
№ 2. 1913-yilda Gitler, Trotskiy, Stalin va Freyd bir shaharda yashagan

Gitler, Stalin, Freyd va Trotskiy juda yaxshi kafeda oʻtirib, choy ichishar va yoqimli suhbatlashar edilar. Juda kam odam biladi, lekin 1913-yilda mashhur kishilar oʻsha shaharda (Vena shahrida) bir-biriga juda yaqin edilar.
Gitler va Trotskiy muntazam ravishda " Cafe Central"ga tashrif buyurardi. Bir necha metr narida, sevimli Freyda kafesi joylashgan edi. Stalin va Gitler bir-biridan faqat bir soatlik masofa uzoqlikda yashadilar. Aynan Avstriya Habsburgining qishki qarorgohi markazida esa keksa imperator Franz Jozef yashagan.

Afsonaviy Garvard universiteti 1636-yilda tashkil etilgan. Bu, 1687-yilda Isaak Nyutondan "Tabiiy falsafaning matematik tamoyillari" nomli kitobini eʼlon qilgan sanadan deyarli 50-yil avvalgi voqea. Aynan 1687 yilda Nyuton oʻzining harakatlanish qonunlari va universal tortishish qonunini eʼlon qildi.
№ 4. Oksford Universiteti Atsteklar imperiyasidan koʻra kattaroq.

Oksfordda taʼlim 1096-yilda boshlangan. Atstek tashkil etilgan yil – 1325-yil. Bu Oksfordning 200 yosh katta ekanligini anglatadi.
№ 5. Aka-uka Raytlarning birinchi parvozidan 58-yil keyin kosmosga birinchi parvoz amalga oshirilgan.

1903-yil 17-oktyabrda Shimoliy Karolina shtatining Atlantika qirgʻogʻida "Flyer" deb nomlangan samolyot 12-soniya davom etgan birinchi reysni amalga oshirdi. Va bu voqeadan 58-yil oʻtib, 1961-yilda sovet kosmonavti Yuriy Gagarin kosmosga parvoz qildi. Reys 108 minut davom etdi.
№ 6. Birinchi faks birinchi telefondan 10-yil oldin chiqqan

Aslida, faks mashinasining dastlabki qurilmalari ilgari ham paydo boʻlgan, ammo birinchi ishchi faks 1865-yilda Parij-Lion liniyasida joylashgan. U paytda qurilma "pantelegraf" deb nomlangan. Pantelegraf taxminan 500 kmmasofaga matn, tasvir yoki chizilgan rasmlarini yubora olgan. Oradan 10-yil oʻtgach, 1875-yilda Tomas Uotson va Aleksandr Bell birinchi membranali telefonini namoyish etdi.
№7. Londondagi metropolitenni 1860-yilning fevralida, Rossiyada hali krepostnoy huquq, AQShning 11 shtatida qullik hukm surayotgan paytda qura boshlashgan.

Koʻplab mamlakatlarda qullik hukmron boʻlgan paytda, Angliyada birinchi metroning qurilishi boshlandi. Dastlab London metrosining uzunligi 6 kmboʻlib, faqat 7 stantsiya bor edi.
Shunisi qiziqki, er ostidagi paravozlar tutunidan nafas olish deyarli mumkin emas edi. Lekin shunga qaramay, bu transport turi eng ommabop boʻlgan. Dunyodagi ikkinchi yer osti metropoliteni faqat oradan 36-yil oʻtib Budapeshtda paydo boʻldi.
№ 8. Tarixda eng uzoq vaqt davomida sayohat qilish boʻyicha rekord

Rossiyalik kosmonavt Sergey Krikalev qiziqarli rekord – eng uzoq davom etgan safar egasi. Krikalev kosmik reyslar tufayli, bu paytda yer yuzida yashagandagiga nisbatan 1/48-soniyaga yoshroq!
№ 9. Agar siz yerning markazidan bir teshik qazisangiz va u yerga biror narsa tashlasangiz, u 42 daqiqada narigi tomondan chiqadi.

Biror kishi (yoki biror narsa) er markazidan qazilgan quduqqa tashlansa, qancha vaqtda narigi tomondan chiqadi? Bu savol uzoq yillar mobaynida butun dunyodagi turli universitetlarda talabalarga jumboq sifatida aytib kelingan.
1966-yilda Kuper ismli olim Amerikaning "American Journal of Physics" jurnalida agar quduq qazib, u yerga biror narsa tashlaganimizda, obʼekt boshqa tomondan 42 daqiqada chiqishini hisoblab chiqqan. Albatta, olim quduqqa tashlangan jism qattiq bosim va yuqori haroratga duch kelishini ham aytib oʻtgan.
№ 10. Stiven Xoking vaqtlararo koʻchib yurish mumkin emasligini isbotladi.

Stiven Xoking buning eksperimental isbotini topganini maʼlum qildi. 2009-yil 28-iyun kuni Xoking vaqtlararo sayohat qiluvchilar uchun maxsus kecha tashkil qilib, tadbir oʻtkaziladigan joy hamda vaqtini ertasi kuni ommaga eʼlon qildi. Tabiiyki, tadbirga belgilangan vaqtda hech kim kelmadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶