Jayxun ilhomlari
Men yetmasam...
Bugun xuş kayfiyat bilan uyğondim,
Boşqaça köz bilan boqdim olamga.
Ajoyib orzular bilan çulğandim,
Men yetmasam, nasib etar bolamga.
Şukur, oldingidan köp özgariş bor,
Yurtboşi islohot qilmoqda qator.
Har nuqsonga bölganini eʼtibor,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Arzimas işga ham şuni deb çora,
Amaldorlar sira olmasa pora,
Tökin kun keçirsa beva-beçora,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Gazning xavfi dilga solmay kölanka,
Benzinlarga töla tursa kolonka,
Mayli pulga, yo plastik, talonga,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Haq sinovi töğri kelib hissangga,
Dard balosi kirsa birdan jussangga,
Davolaşsa, qaramasdan kissangga,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Onalik baxtidan oçilib gul-gul,
Kelinlar roddomda tuğsalar bepul,
Kuyovlar iqboli kulgan kunni, şul –
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Şofyorlar yetişsa bir kunga yorqin,
Qança maşinani sindirgan oldin,
Yöqolsa abadiy yöldagi "ğalting”,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Körsatma bölmasa toş qotgan rahbar,
Taşabbus körsatib işlasa agar.
Böstonga aylanar qişloğ-u şahar,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Oldi-sotdi işi bölsa qay joyda,
Amal qilsa Rasul aytgan qoida.
Ham savob işlasa, ham olsa foyda,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Avtobus kam, şukur - köpdir taksilar,
Lekin insofsizi minganni şilar.
Bir kuni tartibga tuşganin şular,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Ovqatlaniş payti kelgani mahal,
Svet degan qurğur öçadi har gal,
Bunga ham topilgan paytni bir amal,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Aholiga arzon yoqilği uçun,
Kelsa kömirning örniga kukun.
Oxiri sifatli kömir kelgan kun,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Orzu-umid olğa undovçi narsa,
Bariga Yaratgan imkoniyat bersa,
Kamçiliksiz kunga bir kun yetkarsa,
Men körmasam, nasib etar bolamga.
Ahmad Nafasov.
Kuz saxovati
Keça bahor edi, keyin yoz fasli,
Ketma-ket navbatda keldi saxiy kuz.
Könglimda entikiş, hayajon nazmi,
Boğlar boyligini etadi köz-köz.
Dalalar bağrida «oq oltin» sayli,
Kuzning himmatidan köngillar toşgan.
Zamindan ğalvirin kötargan payti,
Mavsum xirmonlari toğlardan oşgan.
Yurtim, qutluğ bölsin hosil xirmoning,
Fayz-u tarovatdan obod har makon.
Zuhra aşʼor bitdi, yöq heç armoni,
Istiqbol yölida hur Özbekiston!
Zuhra Ahmedova.
Vaqt
Armonlarning girdobida toldiradi,
Xazonlarning tözonida qoldiradi.
Köz yoşlarning daryosida çöktirib,
Goh kuydirib, gohida kuldiradi.
Menman degan bahodirlar tang qolar,
Tölib-toşgan daryolar qurib qolar.
Dilidagin aytolmayin neça bor,
Vaqtga asir tillar ham jimib qolar.
Yöqdan aslo heç narsa bor bölmaydi,
Yaralmaydi yangilik, giyoh unmaydi.
Oqil inson öz umrining sönggida,
Öz işiga vaqtni guvoh qilmaydi.
Ötgan vaqtni ortga qaytarib bölmas,
Vaqt öz muhrin bosgan tarixda öçmas.
I.Firsik, Beruniy mahallasi.
Qaytmasman...
Çarçadim sevgida, men ha deb sinib,
Endi qiziqmayman bu manzaraga.
Köksimga siğmasa yurak depsinib,
Parvo qilmam, dilim yiqsa zilzila...
Endi işonçning ham sindi qiymati,
Ketişga yöl köp-ku, lek oyoq singan.
Faqat... Unutgani közim qiymaydi,
Çunki sevgi qalbga ertaroq singgan.
Balki ahmoqdirman, seni yoqtirgan,
Telbadek men sendan köp ketib, qaytdim.
Bevafo közingda yaltirab turgan,
Makkora hislarni körganim aytdim.
Aytganda, yoqmadi senga töğri gap,
Buni anglatmoqqa urindim qança.
Işonç-u sabrim ham bormoqda, tugab,
Sen kutgan hayotga hali bor ança.
Mayli, sen yuraver, öz xayolingda,
Özingga haqdirsan, quşday erkinsan...
"Bir kun paydo bölar, deya yölimda”,
Kutganingda esa... ortga qaytmasman!
Sardor Otajonov, QDU talabasi.
Ketma, bolalik
Sen ketsang, közlarim ortimda qolar,
Şöx-şodon damlarim munğayib tolar.
Sevimli öyinlar begona bölar,
Meni taşlab ketma, aziz bolalik.
Beğubor, qayğusiz kunlarim bilan,
Köçani çangitgan döstlarim bilan.
Quvlaşmaçoq öynab qolgim keladi,
Sening quçoğingda, aziz bolalik...
Mohira YÖLDOŞEVA,
70-sonli maktab öquvçisi.
Yurtim
Yurtim gözalligi göyo,
Taraldi jahon aro.
Bahordan olib ziyo,
Yaşillandi bu dunyo.
Xalqimiz juda ahil,
Har bir kunidan mamnun.
Yuzlarida tabassum,
Har göşa gözal, obod.
Heç qaçon köz tegmasin,
Yurtimning jamoliga.
Dunyolar havas qilsin,
Yoş avlod kamoliga.
Dilnoza Bozorboyeva,
40-sonli maktab
öquvçisi.
Xatolar
Har kuni osmon töla,
Yulduzlarga boqaman.
Oymomoga dil töla,
Sirlarimni aytaman!
Yulduzlar kulib turar,
Qadamimga nur soçib.
Oymomo men-la yurar,
Göyo quçoğin oçib.
Baʼzan yiğlar yuragim,
Ortimda köp xatolar.
Kelmaydi heç sözlagim,
Bosib kelsa xatolar.
Raʼno IsmOilova,
Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji öquvçisi.
Kitob
Sevib öqiyman har on,
Unda bilim bisyordir.
Örgatar avval odob,
Könglim oftobi – kitob.
Ertaklari xilma-xil,
Ongim ösar yilma-yil.
Undan olaman bilim
Va beradi zör taʼlim.
Irodaxon
Bekimbetova,
30-sonli maktab
öquvçisi.
Vatan
Vatan – mening faxrimdir,
Poydevorim, taxtimdir.
Musaffo osmonimdir,
Onamdir, Özbekiston!
Maysa bölay poyingda,
Gullayin har joyingda.
Oqib ötay soyingda,
Jonajon Özbekiston!
Sardorbek KENJABOYeV,
20-sonli maktab öquvçisi.
VATAN,
YaŞOLMAM SENSIZ
Vatan — onajonimsan,
Aziz, uluğ, betakror.
Seni yodga olgan çoğ,
Mavjlanar könglim takror.
Vatan, yaşolmam sensiz,
Sensan dunyoda tengsiz!
Vatan — mehr öçoğim,
Erkim, hayotim özing.
Oltinga teng beşigim,
Aytgan bayotim özing.
Vatan, yaşolmam sensiz,
Sensan dunyoda tengsiz!
Vatan — oilam, maktab,
Qiblagohim sendursan.
Qoraçiqday asrayman,
Jannatlarga tengdursan.
Vatan, yaşolmam sensiz,
Sensan dunyoda tengsiz!
Şaraflab şeʼrlar bitay,
Mehrim payvasta etay,
Bir farzand bölib men ham
Vatan, noming tanitay.
Vatan, yaşolmam sensiz,
Sensan dunyoda tengsiz!
Husnidabonu IKROMOVA,
Nukus şahridagi Mudofaa Vazirligiga qaraşli 16-sonli maktab öquvçisi.
Baxt
Men hayotim davomida,
Neça rahbarlarni kördim.
Sovetlarning tuzumida,
Baxtga yetmay qança yurdim.
Özbegimning baxti kuldi,
Hayotidan rozi böldi.
Fuqarolar dardin sörab,
Şijoatkor boşçi keldi.
Yurtboşimiz bölgay omon,
Tuzmoqda u yangi zamon.
Yuraklarni quçdi işonç,
Hayotimiz dorilomon.
Erkin IsmOilov,
«Xizr eli» mahallasi.
Vatan
Dunyoda yagonam özingsan Vatan,
Onamday xuş zabon sözimsan Vatan.
Muqaddas, möʼtabar, ota makonim –
Dunyoda yagona Özbekistonim.
Erkin va obod çamanim özing,
Jonimday suyganim, jahonim mening.
Tilim burro qilgan toğday imkonim –
Jahoniy toj-taxtim – Özbekistonim!
Mahliyo BOLTABOYeVA,
9-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶