FAROVONLIKKA HISSA
Aytişlariça, bir kişining tört öğli bor ekan. Öşa odam öğillari kömagida har kuni örmondan ötin kesib aravada bozorga olib borib sotib tirikçilik qilarkan. Bir kuni "betob” bölib yotib qolibdi va öğillarini yoniga çaqirib:
- Bolalarim, sizlar özlaringiz örmondan ötin çopib, bozorga sotib rözğor keragini olib kelinglar. Endi yoş bola emassizlar, ulğayib qoldinglar. Mening tuzalişimni kutib ötirmang, oç qolib ketasizlar, - debdi.
- Ota, nimalar deyapsiz, bu işni eplolmasak, yo aravamiz buzilib qolsa, yo ötinimizga xaridor çiqmasa, holimiz ne keçadi? - deb eʼtiroz bildirişibdi öğillar.
- Sizlar xotirjam boraveringlar, hammasini zarurat örgatadi, - debdi ota bamaylixotir.
Bundan taskin olgan öğillar örmonga jönaşibdi. Aravani ötinga töldirib endi bozorning yöliga çiqişganida aravaning bir ğildiragi öz öqidan çiqib ketib, arava ağdarilib qolibdi. Şunda törtala öğil navbatma-navbat:
- Zarurat! Aravamizni tuzatib ber, - deb qiçqirişibdi.
Endi kelib qolar-ov deb kutib ötirişibdi. Heç kimdan darak bölmagaç, çaqirganimizni eşitmadi şekilli, deb aka-ukalar baravar jör bölib çaqirişibdi.
Bu orada kun yarmidan oğib, peşinga yaqinlaşibdi. Şunda öğillarning kattasi ukalariga:
- Inilarim, zarurat aftidan olisroq joyga ketgan körinadi. Qança çaqirsak ham kelmayapti. Agar uning kelişini kutsak, bozorga keçikamiz va yeguliksiz qolamiz. Kelinglar, yaxşisi özimiz tuzatişga harakat qilib köraylik.
Şunday deb aka yengini şimarib işga tuşibdi. Inilari qöllaridan kelganiça kömakdoş bölibdi. Hademay arava ğildiragi öz öqiga joylanib yölga tuşibdi. Öğillar çopgan ötinini bir amallab sotib, zim-ziyo tunda zörğa horib-tolib uyiga kirib kelişibdi va bölgan voqealarni otasiga birma-bir aytib berişibdi.
- Biz qança çaqirsak ham siz aytgan zarurat kelib örgatmadi, sozlab ham bermadi. Çaqira-çaqira umidimizni uzib, axiyri özimiz aravani sozlab oldik.
Şunda özini bemorlikka solib körpa-töşak qilib yotib olgan quv ota kula-kula:
- Bolalarim, aravangizni özlaringizning sozlab olganingiz – şu zaruratning örgatgani, yordam bergani. Agar örmonda bu işga zarurat tuğilmaganida hali ham örganmagan bölardingizlar. Zaruratni anglab, bunçalik evini qilibsizlar, barakalla öğillarim, - debdi. – Eng yomoni zarurat tuğilganida biror tadbir köra olmaslik...
Şu rivoyat har gal esimga tuşganida yurtimiz istiqlolning ilk yillarida boşidan keçirgan oğir kunlarni eslayman. Faqatgina xom aşyo yetiştiruvçi baza vazifasini ötagan mamlakatimiz sobiq ittifoq tarkibidan ajralib çiqqan davrlardagi ahvoli juda noçor edi. Dökonlarda ölçovlik oziq-ovqat mahsulotlarini oliş uçun ikki kunlab navbatga turgan vaqtlarimiz ham böldi, bozorlar böm-böş. Buning ustiga tinç hayotimizga tahdidlar... Oradan ötgan tarixan qisqa davrdagi erişilgan obod va farovon hayot, dasturxonlarimizdagi tökinlik, barça jabhalardagi yuksak taraqqiyot, tinç-osudalik – xalqimizning bu sinovlar, maşaqqatlarni mardona yengib, yanada yuksaliş sari dadil odimlayotganini körsatadi. Bu - davr taqozosini zaruratni töğri anglab, töğri tadbir köra olganlik natijasi, desam mubolağa bölmas. Çiroyli köçalar, keng yöllar, biri-biridan fayzli hovlilar, har ikki xonadondan bittasidagi özimizda işlab çiqarilgan avtomaşinalar, mamlakatimizning xalqaro maydondagi tobora oşib borayotgan obrö-eʼtibori şu möʼjaz yurtimizda umrguzaronlik qilayotgan odamlarning aql-zakovati, fidoyi mehnati mahsulidir. Şularni öylaganingda yuraging faxru iftixorga tölib ketadi. Bu ezgu evrilişlarga hissa qöşayotgan odamlar haqida tölib-tölib yozging kelaveradi.
"Manğit işlab çiqariş tijorat markazi” masʼuliyati çeklangan jamiyati tumanimizdagi istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yangi texnologiyalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş tufayli iş kölami va sifatini oşirib, nufuzi ortib borayotgan korxonalardan sanaladi.
Bu yerda mehnat qilayotgan 35 nafar işçining har biri öz işining ustasi. Ular asosan qişloq xöjalik texnikalari uçun ehtiyot qismlar tayyorlab berişadi.
Elektr dvigatellarni taʼmirlaş tsexi yetakçisi Xudoyor Bekçonov öğli Şuhrat va şogirdi Rustam Karimovlar kömagida qişloq xöjalik maşinalarining kuygan dvigatellariga qayta "jon” bağişlaşadi.
Bejizga motor ulovning yuragi deyişmaydi. Texnikalarga quvvat berib turuvçi bu qism ham vaqt ötib eskiradi yo notöğri boşqariş tufayli işdan çiqib qoladi.
Mazkur tsexda ana şunday dvigatellar taʼmirlanib, yaʼni kuygan simlari qayta öralib, ikkinçi bor texnik xizmatga qaytariladi.
Unça katta bölmagan tsex törida xuddi kalava ip singari sariq mis simlar ğaltaklari bir tekis taxlangan.
- Bu biz uçun eng kerakli ehtiyot qism, - deydi Xudoyor aka. – Uni maxsus uskuna yordamida kerakli uzunlikda örab olib, motor içidagi kuygan sim örniga joylaymiz.
Xudoyor aka bu gaplarni xuddi jöngina işdek gapirdi. Asli işdan çiqqan dvigatel içini oçib, kuygan qism simlarini yeçib olişni ham oddiy odam eplaşi qiyin. Örgimçak töridan ham murakkab, göyo çevar töquvçi töqiganday qilib motor içiga qayta öralgan simlarni körgan odamning hayrati oşadi. Bu borada tumanimizda yagona usta hisoblangan Xudoyor Bekçonov yetakçiligidagi tsexga buyurtmalarning keti uzilmaydi.
Xudoyor Bekçonov bu hunarni yigit yoşida sobiq Manğit ip yigiruv-töquv fabrikasida işlagan davrida, 1983-1998-yillar oraliğida örgandi. U dastlab şu yerda işlaydigan Tsoy Ilya ismli koreys ustaga şogird tuşdi. U kişi öz işining puxta bilimdoni bölganidan şogirdlariga qattiqqöl va hunar sir-asrorlarini erinmay örgatadigan odam edi. Xudoyordagi hunarga iştiyoq va quntni sezib, unga özgaça bir ixlos bilan qaradi.
Hademay Xudoyor uning işonçini oqlab, özi ham mustaqil işlay oladigan böldi.
- Ikki yilça u kişidan örgangan kasbim bir umr hamrohim bölib qoldi. Mana endi öğlimga örgatayapman, - deydi Xudoyor aka.
2001-yildan beri mazkur korxonada mehnat qilib kelayotgan Xudoyor Bekçonovga hunari nafaqat hamroh böldi, balki umrini bezadi. Kasbidagi halol mehnati bilan obrö-eʼtibor topdi, oilasida beş nafar farzandni kamolga keltirdi, öqitib, hunarli qilib, el xizmatiga qöşdi. Har gal navbatdagi buyurtmasiga qöl urar ekan, uni sozlab berişi tufayli qişloq xöjaligida qanday işlar amalga oşirilişi mumkinligini qalban his qilib turadi, öz mehnati bilan tumanimiz qişloq xöjaligining rivojlanişiga ulkan hissa qöşayotganidan quvonadi. Negaki tsexda yiliga 100 donadan ziyod dvigatel taʼmirlanib, ekspluatatsiyaga jönatilayotgan bölsa, şunça ehtiyot qismni yangidan sotib oliş uçun neça yuz millionlab pul sarflangan bölar edi. Bularni bir hisob-kitob qilib körgan odam Xudoyor Bekçonovning tumanimiz iqtisodi yuksalişida qançalik uluşi borligini çuqur anglaydi. Aslida ham, yurtimizning kun sayin obod, farovon bölib borayotgani Xudoyor Bekçonov singari fidoyi insonlari mehnati tufayli emasmi?
Oygul RAJABOVA.
Suratda: X.Bekçonov (örtada) şogirdlari bilan.
M.ŞOMURODOV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶