15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 19:40
Jamiyat 👁 2,267

NIZOLAPNI HAL ETIShNING MUQOBIL USULI. MEDIATsIYa: HALQAPO TAJPIBA VA AMALIYoT

NIZOLAPNI HAL ETIShNING MUQOBIL USULI. MEDIATsIYa: HALQAPO TAJPIBA VA AMALIYoT

Har qanday mamlakatning demokratik rivojlanganligi darajasi albatta ushbu mamlakatta inson huquq va erkinliklarining taʼminlanganlik darajasi bilan chambarchas bogʻliqdir.

Mamlakatta inson huquq va erkinliklarining taʼminlanishini esa mukkamal ishlab chiqilgan normativ huquqiy baza va sud-huquq tizimisiz tassavur qilish qiyin.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida bu borada juda salmoqli islohatlar amalga oshirildi va davom ettirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq islohatlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iborat boʻldi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ushbu islohatlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Ushbu Farmonga ilova bilan «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator alohida qonunlar, shu jumladan «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi, «Mediatsiya toʻgʻrisida»gi, «Maʼmuriy sudlov ishlarini yuritish toʻgʻrisida»gi qonunlar loyhalarini ishlab chiqish va qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Ushbu qonun loyihalaridan «Mediatsiya toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish masalasi nizolarini suddan tashqari tartibga solishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilab berishga qaratilgandir.

Mediatsiya instituti tarixiga nazar soladigan bulsak mutaxassislar fikricha ushbu tushuncha inson jamiyatida nizo qachon paydo boʻlgan boʻlsa mediatsiya ham boʻlgan. Tarixdan maʼlum fuqarolar nizolashayotgan taraflar oʻrtasida soʻzlashuvlar olib borishga, betaraf (neytral) shaxs ishtirokida nizoni hal qilishga koʻpincha murojaat qilishgan. Insoniyat jamiyati rivojlanishining har qanday bosqichlarida mediatsiya usullari har xil shakllarda nomoyon boʻlgan boʻlsada, uning asosiy maqsadi – taraflarni mustaqil taraf ishtirokida yarashtirish oʻzgarmagan.

Tarixdan maʼlum boʻlishicha, nizolarni hal qilishning yarashtiruv usullari ibtidoiy jamoa davridan beri qoʻllanib kelingan. Olimlar fikriga koʻra nizoli vaziyatlarni hal qilish uchun uchunchi mustaqil (neytral) tomonni jalb qilish zarurligi eng avvalo bu tirik qolish niyati bilan bogʻliq (ayrim shaxs yoki butun urugʻ-qabila) boʻlgan.

Ushbu usulni qoʻllash Finikiya va Vavilon savdogarlari oʻrtasida rivojlangan boʻlgan. Qadimiy Gretsiyada vositachilarni qoʻllash amaliyoti mavjud boʻlgan (proxenetas). Pim huquqi ham Yustinian kodeksidan boshlab (530—533 n. e.), vositachilikni tan olgan. Pimliklar «vositachi» tushunchasini belgilash uchun har xil terminlardan foydalangan — «internuncius», «medium», «intercessor», «philantropus», «interpolator», «conciliator», «interlocutor», «interpres», va nihoyat «mediator».

Mediatsiya oʻzining zamonaviy tushunchasida XX asrning ikkinchi yarimidan, dastlab anglo-sakson huquqi davlatlarida - AQSh, Avstraliya, Buyukbritaniyada rivojlana boshlagan va keyinchalik Yevropaga tarqala boshlagan. Mediatsiyani qoʻllash boʻyicha dastlabki oʻrinishlar odatta, oilaviy nizolarni hal qilishga tegishli. Keyinchalik, mediatsiya mahalliy jamoalar oʻrtasidagi nizolardan tortib, tijorat va ommaviy sohalardagi koʻpqirrali boʻlgan nizolarni hal qilishda ham oʻz oʻrnini topdi.

Mediatsiya instituti bugungi kunga kelib dunyoning AQSh, Germaniya, Buyukbritaniya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Koreya, Indiya va boshqalar kabi koʻpgina mamlakatlarida tashkil etilgan va muvaffaqiyatli amal qilmoqda. Shu bilan birga bir qator davlatlarda mediatsiyaning zarurligi shu darajaga borib yetdiki, uni qonunchilik darajasida tartibga solish maqsadga muvofiq, ayrim holarda esa zarur deb topildi.

Shundan kelib chiqib va ushbu institutning ahamiyatini hisobga olgan holda  2002-yil 24-iyunda BMTning Xalqaro savdo hu­qu­qi boʻyicha komissiya­si (YuNSITPAL) tomonidan «Xalqaro ti­jorat kelishtiruv protsedura­si haqida»gi (ayrim manbalarda uning nomi «Xalqaro savdo arbitraji haqida» deb berilgan) namunaviy qonun qabul qilingan.

Bundan tashqari, hozirgi kunda 2008-yil 21-mayda Yevropa parlamenti va Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan qabul qilingan «Fuqarolik va tijorat ishlaridagi mediatsiyaning ayrim jihatlari haqida»gi direktiva,­ 2004-yil 2-iyunda qabul qilingan mediatorlar axloqi va muomalalarini oʻzida aks ettirgan Yevropa ­kodeksi mavjud.

Ushbu kodeks normalari asosan fu­qarolik va tijorat ishlari­ga oid mediatsiyaga moʻljallangan. Kodeksda mediatorni ­tayinlash tartibi, unga qoʻyiladigan talablar, ushbu fao­liyatda qoʻllanadigan tamo­yillar oʻz ifodasini topgan.

AQShda bugungi kunda mediatsiya toʻgʻrisida yaxlit qonun mavjud boʻlib, u bungacha AQShning har xil shtatlarida vositachilik faoliyatini tartibga solib kelgan ilgaridan mavjud boʻlgan 2500 dan ziyod qonun-hujjatlarini jamlagan. ­

AQSh amaliyoti shunisi bilan qiziqarliki, ushbu davlatning huquq tizimi aksariyat nizolar taraflar tomonidan sudgacha ixtiyoriy hal qilinishiga qaratilgan. Shu bilan birga agar, sud jarayoni boshlangan boʻlsa ham sudya protsessni toʻxtatishi va taraflarga nizoni mediator yordamida hal qilishni taklif qilishi mumkin. Mediatorsiz ushbu davlatda iqtisodiyot, siyosat, biznes sohasidagi birontayam jiddiy soʻzlashuvlar oʻtmaydi. AQShda mediatsiyaning yangi usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi Disputlarni hal qilish milliy instituti tashkil qilingan, xususiy va davlat mediatsiya xizmatlari harakat qiladi, mediatsiya muammolarini yorituvchi jurnallar chop etiladi («Yejekvartalniy jurnal po mediatsii»).

Yevropaning aksariyat davlatlarida ham iqtisodiyotning har xil sohalarida mediatorlarning vositachilik xizmatlaridan foydalangan holda nizolarni hal qilishda kelishuvga erishishning ahamiyatli muqobil usuli sanaladi; mediatsiya protsedurasini tartibga soluvchi qonunchilik baza, ushbu sohada malakali mutaxassislar tayorlash normativlari yaratilgan.

Begʻaraz mediatorlar ishtirokida yarashuv protsedurasi Buyukbritaniyada judayam mashhur. Ushbu davlatda hattoki maxsus telefon xizmati bor boʻlib, unga mamlakatning hohlagan chekkasidan qoʻngʻiroq qilib va nizoning holatlarini, shuningdek mediatorning nomzodi yuzasidan oʻzingizning dastlabki hohishlaringizni tushuntirib, talab qilinayotgan talablaringizga toʻgʻri keladigan mutaxassislar roʻyxati boʻyicha takliflar olishingiz mumkin.

Shu bilan birga sud himoyasiga murojaat qilinganida, agar taraf sud nizosi ramkasida sudning mediatsiya protsedurasidan foydalanish taklifidan bosh tortsa, unga nizoni koʻrib chiqish natijalaridan qaʼtiy nazar, barcha sud harajatlari yuklatiladi.

Germaniyada mediatsiya instituti odil sudlov tizimiga mukkammal tadbiq etilgan. Yaʼni, mediator-vositachilar bevosita sudlar yonida ish olib boradi, hamda shu bilan potentsial sud tortishuvlari sonini ancha kamaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga mediatsiya nemets sudlariga nafaqat oilaviy ishlar boʻyicha balki, umumyurisdiktsiya, maʼmuriy sudlar v.b. ham integratsiyalangan. Aksariyat nemets huquq maktablarida doimiy mediatsiya kurslari kiritilgan: huquqshunoslik fakultetini tamomlagan har bir bitiruvchi mediatsiya kurslaridan oʻtadi.

Avstriya mediator mutaxassisligi professiyalar nomenklaturasiga kiritilgan va mediatorlarni tayorlashni va tayorlashning aniq normativlarini belgilovchi mediatsiya toʻgʻrisidagi federal qonun harakat qiluvchi davlatlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga Avstriya qonunchiligida sud ish yurituvi jarayonida tuzilgan mediativ kelishuv sud tomonidan tan olinishi, bir vaqtning oʻzida sudgacha mediatsiya natijalari sud himoyasini olalmasligi nazarda tutilgan.

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yuqorida atab oʻtilgan qarordan kelib chiqqan holda (shu bilan ungacha ham) Oʻzbekistonda ham olimlar
va mutaxassislar tomonidan mediatsiya institutini milliy huquq tizimimizga integratsiyalash masalalari muhokama qilinmoqda. 

Haqiqatanda jamiyatimizda ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar borgan sari taraqqiy etib, munosabatlarning yangi-yangi turlari yuzaga kelayapti. Shunga yarasha sudlarda koʻrilayotgan ishlarning soni geometrik progressiya qonuniyati asosida oshmoqda.

Iqtisodiyot sohasidagi xususan tadbirkorlik munosabatlari sohasida ushbu mediatsiya usullarini qoʻllashning xalqaro amaliyoti shuni koʻrsatadiki, u manfaatli shartlar asosida taraf­larni murosaga keltirish or­qali ular oʻrtasidagi ishonch­ni tiklash, kelgusida hamkorlikni davom ettirish imkonini yaratadi.

Possiyalik bir qator olimlar tomonidan mediatsiyani mehnat nizolarini hal qilishga kengroq qoʻllash taklif qilinib, uning sud tortishuvlariga qaraganda qoʻyidagi afzalliklari aytib oʻtiladi.

Mediatsiya protsedurasi taraflarning kelishilgan hohish-irodasiga muvofiq ixtiyoriylik, mahfiylik, taraflarning xolisligi va hamkorligi, mediatorning xolisligi va begʻarazligi printsiplari asosida oʻtkaziladi.

Buzilgan huquqlarni himoya qilish uchun sudga taraflardan birining (xodim yoki ish beruvchi) hohish-irodasi asosida murojaat qilish mumkin, mediatsiya nizolashayotgan taraflarning oʻz-aro hohish-irodasi asosida amalga oshiriladi.

Sudda xodim davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi, ish beruvchi esa uni Soliq kodeksi normalari asosida toʻlashga majbur, mediatsiya esa ham pullik asosda, ham bepul asosda amalga oshirilishi mumkin; qoydaga koʻra toʻlov taraflar tomonidan teng ulushlarda amalga oshiriladi.

Mediator nizolashayotgan subʼektlar xohishi bilan tanlanadi, sudni tanlash esa fuqarolik protsessual qonunchilikda koʻrsatilgan sudlovga taalluqlilik qoidasiga koʻra amalga oshiriladi.

Suddan farqli ravishda mediator oʻz vakolatlarini professional asosda ham, noprofessional asosda ham amalga oshiradi.

Sud protsessiga taraflarning tortishuvi printsipi xos hisoblansa, nizoni mediatsiya yoʻli bilan hal etishda esa aynan hamkorlik printsipi, oʻz-aro maqbul qarorga kelishga intilish muhim hisoblanadi.

Nizoni sudda koʻrish protsedurasi qonun chiqaruvchi tomonidan aniq belgilangan, nizoni mediator tomonidan hal etishda esa, qonunchilik yoʻli bilan hal etishdan tashqari, lokal hal etish va nizolashayotgan taraflar oʻrtasida oʻzaro maqbul kelishuv imzolash mumkin.

Hozirgi kunda mediatsiyaning mamlakatimiz huquq tizimiga joriy etilishi sudlarining ish yuklamasini ancha kamaytirishi aniq. Lekin, davlatimiz aholisiga nizolarni hal etishda anʼanaviy sud ish yurituvi mexnizmidan foydalanish bugungi kunda koʻproq tanish va tushunarliroq, mediatsiya esa huquq tizimida yangilik, aholining mediatsiya afzalliklaridan xabardorligi kam. Shu bilan birga  vositachi (mediator) mutaxassislar yetarli emas, ularni tayorlash mexanizmi yoʻq. Bizningcha mediatsiyani fuqarolar va boshqa subʼektlar munosabatlaridagi nizolarni hal qilishning muqobil (suddan tashqari) usuli sifatida joriy etishda yuqoridagi masalalarni eʼtibordan chetda qoldirmaslik kerak. Aks holda ushbu institutni joriy etishdan kutilayotgan natijaga erisha olmasligimiz va eng yomoni fuqarolarimizda uning samaradorligiga ishonchsizlik toʻygʻusining shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Ye.Uteniyazov, Fuqorolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019