TÖQSONBOSTI USULIDA EKILGAN EKINLAR XALQIMIZ DASTURXONI TÖKIN BÖLIŞIGA XIZMAT QILADI
Dehqonlarimiz uçun yilning barça fasllari ham sinovli. Goh suv kamligidan, goh tabiat injiqliklaridan, bahor-u kuzning bemavrid yoğin-soçinlari-yu izğirinlaridan aziyat çekadigan asl dehqonlar qişloq xöjaligidagi muammolarni omilkorlik bilan yengib ötişning sirlarini yaxşi bilişadi. Bu borada qiliçboylik dehqonlarning tajribasi köplarga örnak.
Keyingi yillarda Amudaryo tumanida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, aholining kundalik ehtiyojlari uçun zarur bölgan sabzavot mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş maqsadida töqsonbosti usulida piyoz, sarimsoqpiyoz, sabzi va kiçik siğimli issiqxonalarda turli oşköklar yetiştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda tumandagi barça toifa xöjaliklarda jami 1777 gektar maydonga töqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekildi. Şundan fermer xöjaliklarida 110 gektar, dehqon xöjaliklarida 791 gektar va aholi tomorqalarida 876 gektar maydonga piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari sifatli qilib ekildi.
Töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekiş işlariga Toşqalʼa mahallasi hududidagi fermer xöjaliklarida barvaqt kirişildi. Ayniqsa, hududdagi “Nurimbetov Xursandbek”, “Erkinboy Qöziboyeviç”, “Xursandbek Xöjakov” fermer xöjaliklari dalalarida avgust oyining oxiri va sentyabr oyida ekilgan piyoz va sarimsoqpiyoz allaqaçon unib çiqib, yaşil maydonlar hosil qilgan. Xususan, “Xursand Nurumbetov” fermer xöjaligida 30 sotix piyoz, 10 sotix sarimsoqpiyoz, “Erkinboy Qöziboyeviç” fermer xöjaligida 30 sotix piyoz va 10 sotix sarimsoqpiyoz, “Xursandbek Xöjakov” fermer xöjaligida esa 25 sotix piyoz va 10 sotix maydonga ekilgan sarimsoqpiyoz maysalari baravj rivojlanmoqda.
Bundan taşqari, toşqalʼaliklar mahalla hududini obod va kökalamzor göşaga aylantiriş maqsadida tuman hokimligi va MFY tomonidan yetkazib berilgan köçatlarni belgilangan hududlarga ötqazişib, “Yaşil makon” umummilliy loyihasida faol iştirok etişmoqda.
Şuningdek, mahalla hududida istiqomat qiluvçi aholi tomorqalarida ham töqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetiştirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Ular erta bahordanoq barra piyoz, sabzi va sarimsoqpiyoz mahsulotlarini bozorga olib çiqişadi. Rahimboy oğa Rajabov ana şunday mohir tomorqaçilardan. U oila aʼzolari bilan bahamjihat öz tomorqa yerida bunyod etgan issiqxonasida ertagi sabzavotlarni barvaqt yetiştirişda öziga xos iş tajribasiga ega tomorqa yer egalaridan.
Ayni paytda Rahimboy oğaning tomorqa yerida töqsonbosti usulida ekilgan 2 sotix piyoz, issiqxonasida esa 2 sotix oşkök, 1 sotix rediska va 2 sotix bulğor qalampiri közni quvontiradigan darajada rivojlanmoqda. Issiqxonaga ekilgan rediska va bulğor qalampirining hosili esa pişib yetilmoqda. Oşköklar allaqaçon bozor rastasini bezaganidan tomorqaçi xursand. Töqsonbosti ekini piyoz va sarimsoqpiyoz maysalarini begona ötlardan tozalab, kuzgi oziqlantiriş işlari olib borilgani bois, baravj ösmoqda.
– Erta bahorda bozorga birinçi olib çiqadigan mahsulotimiz barra piyoz böladi, – deydi mohir tomorqaçi. – Vitaminga boy, iştaha oçuvçi kökpiyozning issiqxona şaroitida yetiştirilganidan oçiq dalada, töqsonbosti usulida ekib, yetiştirilgani juda foydali.
Haqiqatan ham oçiq dalada yetiştirilgan töqsonbosti ekinlari erta bahorda barvaqt unib çiqadi va quyoş nuriga töyinib, tez yetiladi.
Şu kunlarda Amudaryo tumanining barça fermer va dehqon xöjaliklari, tomorqa xöjaliklarida ekilgan töqsonbosti ekinlarini kuzgi suğoriş, oziqlantiriş işlari nihoyasiga yetkazilgan va ekinlar yam-yaşil maysalar hosil qilgan. Bu esa xalqimiz dasturxonini erta bahordanoq ertagi sabzavotlar bilan töldiriş imkonini beradi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶