BOĞ-QATOR ORALARIGA DUGA USULIDA TÖQSONBOSTI EKINLAR VA KÖKATLAR EKIŞ BÖYIÇA SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Amudaryo tumanida kuzgi ekin ekiş işlarini yanada samarali ötkaziş, boğ-qator oralariga duga usulida töqsonbosti va kökatlar ekiş böyiça seminarlar ötkazilib kelinmoqda. Seminarlarda mutaxassislar, tajribali dehqonlar tomonidan ekinlarni ekiş va parvarişlaş böyiça tegişli tavsiyalar, maslahatlar berilib, tajribalar almaşilmoqda. Şu örinda aytiş joizki, Amudaryo tumanida 2024-yil hosili uçun boğ-qator oralariga 789 gektar yer maydoniga töqsonbosti usulida piyoz, sarimsoqpiyoz hamda kökatlar ekiş böyiça işlar olib borilmoqda. Şu paytga qadar 126 gektar yer maydoniga töqsonbosti ekinlari ekilgan.
30-oktyabr kuni Qangli ovuli hududidagi “Bahodir Hamdam” agrofirmasi dalasida bölib ötgan ana şunday seminarda tuman hokimi örinbosari Anvar Yöldoşev, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonovlar iştirok etişdi. Seminarda “Bahodir Hamdam” agrofirmasiga qaraşli dalada 0,3 gektar yer maydoniga töqsonbosti usulida boğ-qator oralariga piyoz, sarimsoqpiyoz hamda kökatlar ekiş rejalaştirilgani, uşbu ekinlarni ekiş texnikasi, unib çiqqanidan keyin agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida bajariş lozimligi töğrisida söz yuritilib, taklif va maslahatlar berildi. Şundan söng, ajratilgan maydondan yer tayyorlandi va piyoz uruğlari sepildi.
Qipçoq muqobil maşina traktor parkiga qaraşli boğda davom ettirilgan seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman hokimi örinbosari Anvar Yöldoşev, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonovlar qatnaşişdi. Masʼullar uşbu boğda töqsonbosti usulida boğ-qator oralariga piyoz, sarimsoqpiyoz hamda kökatlar ekiş rejalaştirilgan 0,8 gektar yer maydonini közdan keçirişdi. Seminar davomida yetiştirilgan sabzavotlarni ekişdan to pişib yetilgunigaça bölgan jarayon haqida söz yuritildi. Şuningdek, tuproq-iqlim şaroitini inobatga olgan holda oçiq maydonlarga va boğ-tok qator oralariga töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini navlar böyiça ekiş va parvarişlaş borasida tajriba almaşilib, körsatmalar berildi.
Seminar Tölqin ovuli hududidagi “Ahmedov Rajapboy” fermer xöjaligi boğida davom ettirildi. “Ahmedov Rajabboy” fermer xöjaligi tomonidan rejaga köra 1,8 gektar yer maydoniga töqsonbosti usulida boğ-qator oralariga piyoz, sarimsoqpiyoz hamda kökatlar ekilgan. Ayni kunlarda unib çiqa boşlagan uşbu ekinlarni parvarişlaş işlari amalga oşirilmoqda. Seminarga taşrif buyurgan masʼullar yurtimiz aholisini ertaki sabzavot mahsulotlariga bölgan talabini töliq qondiriş maqsadida hosildan böşagan maydonlarga sovuqqa çidamli ekinlardan şu kunlarda piyoz, sarimsoqpiyoz, noyabr-dekabr oylarida esa töqsonbosti ekinlaridan sabzi, oş lavlagi, kökatlardan – kaşniç, petruşka, salat, rediska va karam ekib yetiştiriş yaxşi foyda keltirişini taʼkidlaşdi.
Şundan söng, seminar iştirokçilari Çoyköl ovuli hudududagi “Mangit omad savdo” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli uzumçilik xöjaligi boğida amalga oşirilayotgan kuzgi işlar bilan tanişişdi. Uşbu boğda 2,8 gektar yer maydoniga töqsonbosti usulida boğ-qator oralariga piyoz, sarimsoqpiyoz hamda kökatlar ekiş rejalaştirilgan. Seminar davomida tajribali dehqonlarning yöl-yöriqlari tinglanib, özaro tajriba almaşildi, qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislari tomonidan zarur tavsiyalar berildi.
Tumanda kuzgi ekin ekiş işlarini yanada samarali ötkaziş, boğ-qator oralariga duga usulida töqsonbosti va kökatlar ekiş böyiça taşkil etilgan seminar boşqa hududlarda ham davom etdi va kelgusi yil hosili uçun boğ-qator oralarni şudgorlaş, hudud iqlim şaroitiga köra ekinlarni oqilona joylaştiriş, töqsonbosti ekinlarini ekiş borasidagi masalalar muhokama etildi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶