Deputat: xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari Konstitutsiya va qonun hujjatlarida oʻz ifodasini topgan
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasi.
Bugun biz mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida roʻy berayotgan islohotlar, ijobiy oʻzgarishlar, xalqimiz turmush darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlarning guvohi boʻlmoqdamiz.
Bunday bunyodkorlik ishlarida xotin-qizlarimizning hissalari benihoya katta ekanligi bizni hamisha ruhlantirib turadi. Haqiqatan ham bugungi kunda bizning ayollarimiz nafaqat taʼlim yoki tibbiyot muassasalarida, balki mamlakatimizning iqtisodiy rivojida katta ahamiyatga ega boʻlgan bank-moliya, ishlab chi-qarish sohalarida, avtomobilsozlik, mikrobiologiya, farmatsevtika, elektrotexnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi zamonaviy tarmoqlarda ham faol mehnat qilmoqdalar.
Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari Konstitutsiya hamda boshqa qonun hujjatlarida oʻz ifodasini topgan boʻlib, bu imkoniyatlardan samarali foydalangan ayollarimiz jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshishda fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Biz mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinayotganligidan, ularga yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatilayotganligidan cheksiz minnatdormiz.
Nilufar Davletova, 31-sonli maktab direktori, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶