28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:31
👁 6,795

HAR MANZILDA HURLIK NAFASI

HAR MANZILDA HURLIK NAFASI

Mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi oldidan

Doʻrman ovuli:

Doʻrman! Tumanimizning yil sayin ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida oʻziga xos oʻrni bor, zahmatkash va omilkor insonlar yurti. Barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasidan keyingi yillarda ovul hayoti oʻzgacha chiroy kasb etdi, turmush farovonligi oshdi. Bir tomoni Turkmaniston davlati bilan chegaradosh, qolaversa, Xorazm viloyatiga yaqin hudud boʻlgan bu makon aholisi boshqa ovullardan farqli, koʻpmillatli. Xususan, oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, rus, tatar kabi turli millat vakillari ahil-inoq yashashmoqda, mustaqillikni mustahkamlash, oʻz yurtini koʻz qorachigʻidek asrab, yanada ravnaq toptirish yoʻlida bir  jon-u bir tan boʻlib mehnat qilishmoqda, oʻz turmushini kun sayin oʻz  qoʻllari bilan obod qilishmoqda.

Ovulda bugungi kunda 16 ta fermer xoʻjaliklari, 28 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 13 ta sholi, un xorozlari, 26 ta xususiy doʻkonlar, 2 ta goʻsht doʻkonlari, 4 ta FAP, 1 ta qishloq vrachlik punkti, 1 ta kasb-hunar kolleji, 4 ta umumtaʼlim maktablari faoliyat yuritmoqda.

 

Yuksalish – mehnat mevasi

Har qanday taraqqiyot ezgu maqsadlar yoʻlida qilingan mehnatlar samarasidir. Ovulda oʻz oilasining obod, farovonligini taʼminlab, yurtdoshlariga ham qayishayotgan tadbirkorlar koʻp.

Yakka tadbirkor Raʼno Vafoyeva xususiy doʻkon ochib, kundalik ehtiyoj mollari bilan savdo qila boshlaganida qisqa vaqtda doʻkon  peshtaxtalarini bunchalik toʻldirib tashlay olarman, deb oʻylamagan ham boʻlsa, ehtimol? U har bir ishni puxta olib borishga intildi, hisob-kitobni qatʼiy   yurgizdi va olayotgan daromadi hisobiga aholiga kerakli mollarning turini koʻpaytirdi. Doʻkon binosining kichkina bir xonasida tikuvchilik tsexi tashkil etdi. Qizi Nafisa Ollaberganovani elita pardalari tikish chevariga shogirdlikka berib, hunarli qildi va qarindoshi Omongul Yoʻldosheva ikkoviga ikkita tikuv mashinasi sotib olib berib, ishga qoʻshdi.

Bugun Nafisa va Omongullar tikkan nafis va bejirim, zamonaviy andozalardagi pardalar hammaga manzur boʻlayotgani bois buyurtmalarning izi uzilmaydi.

 Ovul koʻrkiga-koʻrk

qoʻshib turgan ikki qavatli mahobatli, atrofi did bilan ekilgan gullar, manzarali, mevali daraxtlar bilan yanada oʻzgacha nafosat kasb etib turgan ulkan bino – Doʻrman  qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji ovul yoshlarining turli  kasb-hunar sirlarini mukammal egallashida muhim omil boʻlmoqda.

Kasb-hunar taʼlimi maskani 2003-2004 oʻquv yilida foydalanishga topshirilgan boʻlib, 720 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan. Taʼlim-tarbiya olib, kasb-hunar sirlarini mukammal egallayotgan 1202 nafar oʻquvchilarning 387 nafari kollejni joriy yilda 11 ta yoʻnalish boʻyicha bitirib, mustaqil hayotga uchirma boʻldilar. Ularning 149 nafari oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun test sinovlari topshirgan boʻlsalar, qolganlari oʻz ixtisosliklari boʻyicha ishga joylashdilar.

2013-2014 oʻquv yili uchun 8 ta yoʻnalishda 420 nafar oʻquvchilar qabul qilish rejalashtirilgan boʻlib, bu jarayon davom etmoqda. Kollejda fan xonalari, oʻquv-tajriba laboratoriyalari, sport zali mavjud boʻlib, oʻquvchilarning bugungi kun talabiga mos taʼlim-tarbiya olib, kasb-hunar sirlarini mukammal egallashlariga xizmat qilmoqda. Shuningdek oʻquv-tajriba uchastkasida oʻquvchilar olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaydilar.

Tajriba uchastkasidagi barcha ishlarni ustozlari nazoratida oʻquvchilarning oʻzlari olib boradilar. Qishloq xoʻjalik texnikalarining ishlash jarayoni bilan tanishadilar.

18 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, 50 nafar oliy maʼlumotli ustoz-oʻqituvchilarning oʻquvchi-yoshlarni ilmli, zukko, intiluvchan va malakali kasb-hunar egasi qilib tarbiyalashdek ezgu maqsadlar yoʻlidagi mehnatlari oʻz natijasini berayotir. Kollej bitiruvchilari orasidan oliy oʻquv yurtlarida oʻqiyotganlari, hunari orqasidan obroʻ-eʼtibor topayotganlari ham koʻpchilik. Oʻtgan yili kollej oʻquvchilarining "Shunqorlar” guruhi Urganchda boʻlib oʻtgan Respublika "Yosh chegarachilar” harbiy sport musobaqasida qatnashib, bellashuvning 12 ta medalini yengib olishga muvaffaq boʻldi.

Shuningdek harbiy taʼlim fani oʻqituvchisi Otamurod Yusupov 2012-yilda oʻquvchilarni chaqiriqqacha tayyorlash boʻyicha mamlakatimiz miqyosida oʻtkazilgan tanlovda uchinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

- Bu kollejimizdagi barcha oʻqituvchilarimizni, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini oʻz kasbiga yanada masʼuliyat bilan yondoshishga, sidqidildan mehnat qilishga chorladi, - deydi kasb-hunar taʼlimi maskani direktori muovini Gulchehra Jumatova.

 "Oq oltin” ovuli

Imkon topib

Izlagan imkon topar, izlamagan bahona. Bu iboraning naqadar haqliligiga chor-atrofimizga qarab hammamiz qayta-qayta iqror boʻlamiz. Ishbilarmon, tadbirkor kishilarning yurtimiz farovonligi yoʻlidagi faoliyatiga havas qilamiz.

Jumurtovdagi sanoat korxonalaridan birida ishlaydigan oq oltinlik Bahrom Yangiboyevning oilasi keyingi yillarda biroz iqtisodiy nochorlikni boshidan kechirdi. Bolalar ulgʻaysa, tashvishlari ham ulgʻayarkan-da, korxona berayotgan maosh bariga kamlik qildi. Er-xotin ikkovi oʻtirib bu masalani hal qilish yoʻllarini izlashdi, axiyri tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qaror qilishdi. Uylariga sholi, un xorozlari qurib ham ovuldoshlarining kuniga yarashdi, ham oilasini nochorlikdan qutqarishdi. Oʻtgan yili Bahrom tadbirkorlik faoliyatini yana kengaytirib, uvada paxtalarni tozalash tsexini ham qurib, ishga tushirdi.

Bu ishlarni amalga oshirishda unga turmush oʻrtogʻi Muhabbat Yusupova, oʻgʻli Zokirlar yaqindan yordam berishmoqda.

 

"Toʻlqin” ovuli:

Tobora rivojlanib, faoliyat turi kengayib borayotgan fermer xoʻjaliklari haqida gap ketganda, "Toʻlqin” ovulidagi aka-uka fermerlar – Shuhrat, Qudrat, Islom Matkarimovlar tilga olinishi bejiz emas.

Shuhrat Matkarimov chorvachilikka ixtisoslashgan "Toʻlqinli Ismoil chorvador”, Qudrat koʻptarmoqli "Amudaryo sohili” Islom esa yangi soha – baliqchilikka ixtisoslashgan "Amu toʻlqini baligʻi” fermer xoʻjaliklarini tashkil etishganiga hali koʻp boʻlmasa-da faoliyati koʻplar oʻrnak olsa, arzigulik.

Aka-ukalarning tinmay izlanib, oʻrganib, intilib fermer xoʻjaligini ravnaq toptirish yoʻlida qilayotgan mehnatlari bejiz ketmayapti.

Ular mamlakatimizda fermerlik faoliyatining rivojlanishi uchun agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qishloq mulkdorlariga qaratilayotgan eʼtibordan unumli foydalanish evaziga koʻpgina yutuqlarga erishmoqdalar.

"Toʻlqinli Ismoil chorvador” fermer xoʻjaligi tashkil etilgan 2009-yilda 67 bosh qoramoli boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda 120 boshdan oshdi. Asosan boʻrdoqi mollarni parvarishlash uchun ixtisoslashgan xoʻjalikda yetishtirilgan mahsulot tuman markazidagi oʻz maxsus savdo doʻkonida sotilmoqda. Bularni amalga oshirishda ovulning besh nafar yigiti doimiy ish bilan taʼminlangan. "Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi ham oʻtgan yilni barcha sohalarda foyda bilan yakunladi. Yangi soha – baliqchilikka ixtisoslashgan "Amu toʻlqini baligʻi”, fermer xoʻjaligida ikkita inkubatsiya tsexi ishga tushirilib, oʻtgan yili 100 ming dona, joriy yilda 200 ming dona bir yillik baliq chavoqlari yetishtirildi va tuman hududidagi 67 ta fermer xoʻjaliklariga shartnoma asosida yetkazib berildi. 5 gektarlik hovuzda mahalliy baliq turlari parvarish qilinmoqda va shu yilning kuzida baliq ovlash boshlanadi.

Mazkur xoʻjaliklarda ovulning 70 nafardan ziyod yigit-qizlari ish bilan taʼminlangan.

 Tajriba va ilm mujassam boʻlsa...

Ilgarilari dehqonchilikda pishiqchilik degan davr boʻlar edi. Hozir bozorlarimizda yilning istalgan davrida istalgan  poliz mahsulotlarini, sabzavotlarni, mevalarni xarid qilish mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni ana shunday darajaga yetkazdi.

Oramizda shunday insonlar borki, dehqonchilikda ham ilmi, ham omilkorligi, tajribasi tufayli yuqori hosil olishda koʻplar oʻrnak olsa, arziydi.

Toʻlqinlik asli kasbi oʻqituvchi Poʻlat Abdurahmonov ana shundaylarning biri. Intiluvchan yigit ovulda birinchilardan boʻlib un, sholi xorozlarini  qurib, ishga tushirdi. Oilasi  tomorqasida turli meva, sabzavotlar yetishtirish bilan chegaralanmay, 1 gektar ijara yeri, 35 sotixlik dehqon xoʻjaligi yeridan ham unumli foydalanayapti.

Bu yil koʻklamda u dehqon xoʻjaligi ijara yerida 300 tup olma, 300 tup anor koʻchati ekdi va durkun rivojlanishiga erishmoqda. 150 tupdan ziyod nok, olma daraxtlari mevasidan odamning zavqi keladi.

Mevali, manzarali daraxtlar tupidan bir-ikki qarich yuqorisidan shol mato bilan belbogʻsimon qilib oʻralganini koʻrib hayratlandik.

- Bu tekinxoʻr kushandalarga tuzoq, - deydi dehqon yigit kulib. – Bilasizmi, ular kunning eng issiq vaqtida daraxt tagiga tushib soya tuproqda jon saqlashadi, kechqurun yana oziqlangani daraxtga tirmashadi. Shunday vaqtda bu "belbogʻ” ularga tuzoq boʻladi. Shuning uchun daraxtlarimga boshqalarga oʻxshab qayta-qayta dori sepavermayman-u lekin mevalarimizga qurt kamdan-kam tushadi.

- Uning har bir otiziga qarab hayratlanmay, "barakalla”, demay ilojingiz yoʻq. Olma, anor koʻchatlari orasida sarxil qovunlar pishib turgan boʻlsa, olmazor oralariligʻidagi bugʻdoy oʻrniga sabzi ekilibdi. Otiz chetlarida bogʻlogʻlik turgan zotdor mollar ham oila aʼzolarining mehnatini koʻz-koʻz qilib turibdi.

Bu ishlarda oila bekasi Zulfiya, farzandlari Sabohat, Muhabbat, Furqat, Doniyorlar doim Poʻlatga koʻmakdosh. Oʻz turmushini oʻz mehnatlari bilan ziynatlagan oila turmushi koʻplarga ibrat boʻlgulik.

  Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026