29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 13:56
Siyosat 👁 1,588

Hokimliklarning mahalliy byudjetni tasarruf etishdagi vakolatlari kuchaytiriladi

Hokimliklarning mahalliy byudjetni tasarruf etishdagi vakolatlari kuchaytiriladi

13-dekabr kuni Prezidentimizning "Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni eʼlon qilindi.

Farmonning toʻliq matni bilan quyida tanishing:


Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini taʼminlash, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning masʼuliyatini oshirishni taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilansin:

birinchi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning aniq turlarini ularga biriktirib qoʻyish orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash;

ikkinchi, viloyatlar, shahar va tuman byudjetlarini subventsiyadan chiqarish, ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga boʻlgan qaramligini bosqichma-bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va masʼuliyatini oshirish;

uchinchi, mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish uchun tizimli asosda qoʻshimcha rezervlarni aniqlab borish;

toʻrtinchi, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy byudjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;

beshinchi, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash hamda xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini oʻz vaqtida, maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha obʼektlari va infratuzilmani yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlab turishni taʼminlash ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish.

2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesida, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlari (shaharlari) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida:

a) quyidagilar yil choraklari kesimida atroflicha koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi:

daromadlar manbalari va xarajatlar turlari kesimida, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlarining (shaharlarining) mahalliy byudjetlari parametrlari;

mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish joylari barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar;

qoʻshimcha manbalar, shu jumladan, mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan bogʻlagan holda;

b) Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, respublikaning tegishli tumanlarida (shaharlarida) deputatlik va jamoat nazoratini amalga oshirish uchun yuqori turuvchi byudjetlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va loyihalar maʼqullanadi;

v) har chorakda:

hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish oʻrinlari barpo etish boʻyicha;

hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha;

moliya boshqarmalari (boʻlimlari) rahbarlarining Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlari (shaharlari) byudjetlari ijrosi toʻgʻrisida, shuningdek, hududlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjetlarning daromadlarining qoʻshimcha manbalarini shakllantirish hamda qoʻshimcha manbalardan foydalanish yoʻnalishlari, jumladan, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari toʻgʻrisida;

davlat soliq boshqarmasi (inspektsiyasi) rahbarining Qoraqalpogʻiston Pespublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular tomonidan qoʻshimcha rezervlarni aniqlash boʻyicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda toʻlanganligi, ular boʻyicha soliq qarzdorligi toʻgʻrisida hisobotlari tinglanadi.

3. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari rahbarlariga javobgarlik va ragʻbatlantirish choralari koʻrilsin, u quyidagilarni nazarda tutadi:

a) soliq va moliya organlari rahbarlarini ularning lavozim maoshlaridan 50 foizgacha boʻlgan miqdorda mukofotlash, shu jumladan:

mahalliy byudjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilgani uchun 10 foiz miqdorda;

byudjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi qisqartirilgani uchun 20 foiz miqdorda;

mahalliy byudjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilgani uchun 20 foiz miqdorda;

b) yuqorida koʻrsatilgan mezonlarning ijrosi taʼminlanmagani uchun ularning lavozim maoshlaridan 30 foiz miqdorida jarima sanktsiyalarini qoʻllash, shu jumladan:

mahalliy byudjet prognozi bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda;

mahalliy byudjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi oshirilgani uchun 10 foiz miqdorda;

mahalliy byudjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda.

Moliya va soliq organlari rahbarlarini mukofotlash hamda javobgarlik choralarini qoʻllash moliya vaziri va Oʻzbekiston Pespublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalariga koʻra amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yilning 1-yanvarigacha moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslari byudjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun ragʻbatlantirish va moddiy javobgarlik tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

4. Oʻzbekiston Pespublikasi Hisob palatasi va Oʻzbekiston Pespublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Pespublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

mahalliy byudjet parametrlarini bajarish, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish rezervlarini safarbar qilish, tasdiqlangan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek, axborotlarni rasmiy veb-saytlarda va mahalliy ommaviy axborot vositalarida chop etish;

soliq va moliya organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va javobgarligini kuchaytirish boʻyicha mazkur Farmonda oʻrnatilgan talablarga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli asosda nazoratni amalga oshirsin.

5. Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari har chorakda tegishli organlar rahbarlarining hisobotlarini ommaviy axborot vositalarida chop etish va maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish, shu jumladan, mazkur tadbirlarni mahalliy televideniye orqali yoritishni taʼminlasin.

6. Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Pespublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5147-sonli Farmoni va uning 4-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Pespublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Pespublikasi Hisob palatasi raisi M.M.Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti                                                        Sh.MIPZIYoYeV

Toshkent shahri, 2017-yil 13-dekabr

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026