VATAN HIMOYaÇILARIGA (Qasida)
Işonç, mehr tuyğusidan bağri butun,
“Temurbeklar maktabi”da yovqur, durkun,
Mustaqillik tengdoşlari zobit bu kun,
Hur Vatanning xizmatida sobit bugun –
Tinçlik, tenglik, Istiqlolning öğlonlari,
Omon böling, hur Vatanning posbonlari!
Mehnat sayqal bergan yurtda qiş-u yozga,
Ilm-u ijod loyiq bugun qadr, eʼzozga.
Yaraşmasmi, bölsa oşno qöşiq, sozga,
Intiq bölib Siz aytajak sevgi rozga,
Tiniqib, şod yaşasin-da, jononlari,
Omon böling, Vatanimiz posbonlari!
Özimizga aziz tuz, çang, kuyasi ham,
Tulpor tuğar bayir, saman, biyasi ham,
Javşan, şuvoq emgan suri, tuyasi ham,
Buzilmasin uçun quşning uyasi ham,
Sergak turing sarhadlarning didbonlari,
Omon böling, Vatanimiz posbonlari!
Özimizga tan yaxşisi, yomoni ham,
Köl, sahrosi, qum, giyohi, jayroni ham,
Toğ, daryolar, buloq, çaşma, örmoni ham,
Dehqon manglay teri, hosil xirmoni ham,
Çoyi – kavsar, huluvvodir tuz-nonlari,
Aziz biling, Vatanimiz posbonlari!
Sohiblari kasb-hunarning alvon-alvon,
Alp yigitlar yetişmoqda çeçan, polvon,
Hasad qilmay, havas aylar jumla jahon,
Kuç sinaşsa, ana sport, mana – maydon!
Madhiyamiz yangrab ketgan zamonlari
Faxrlaning, Vatanimiz posbonlari!
Askar bölmoq uçun şerday yurak kerak,
Yov bilagin qayirmoqqa bilak kerak.
Murod, maqsad, ğurur, nurdek tilak kerak,
Temur Malik, Jaloliddin kerak! Kerak –
Alpomişlar, Göröğlilar, Arslonlari,
Omon böling, Vatanimiz posbonlari!
Xalqim sohib sabr, bardoş, matonatga,
Azon aytib nom qöygan çoq har zuryodga.
Duo aylar: “Tinç-omonlik, saodatga,
Sodiq bölib tantanali qasamyodga
Yildan-yilga baxtli zamon, davronlari,
Omon bölsin, Vatanimiz posbonlari!”
Ulgi olib, Sulton Temur tuzugidan,
Moziydagi sarkardalar buyugidan,
Faxr etaylik, Özbegimning özligidan,
Tinçlik bayram – harbiylarning körigida,
Sardor bölsin yurtning oliy Qömondoni!
Omon böling, Vatanimiz posbonlari!
Yurtning botin-zohir – içu taşida men,
Sizlar öpib tutgan Bayroq qoşida men,
Ota-onangiz-la, töyning boşida men,
Salom aytay Göröğlining yoşida men –
Taʼzim qilsin Sizga zamin, osmonlari,
Doim omon böling, Vatan posbonlari!
Tursunboy Abdullayev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶