DARSLARIMIZ YaNADA MUKAMMAL BÖLADI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10 dekabrdagi "Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq endilikda taʼlim muassasalarida çet tillarni örgatişga eʼtibor kuçaydi. Qarorni taʼlim jarayoniga tadbiq qiliş uçun tayyorgarlik işlari barça taʼlim muassasalarida boşlanib ketdi.
Bizning 40-sonli umumtaʼlim maktabimizda ham qaror asosida sinflar uçun maxsus xonalar ajratiş va ularni jihozlaş , bolalarning öziga xos xususiyatlarini örganiş, taʼlim sifatini yanada yuqori bosqiçlarga kötariş va darslarga puxta tayyorgarlik köriş kabi işlar boşlab yuborildi. Qarorga asosan joriy öquv yilidan boşlab 1-sinf öquvçilari çet tilida öyinlar öynaydi, oğzaki sözlaşadilar, 2-sinfdan esa alifbo öqiş va grammatikani örganişga kirişadilar.
Albatta boşlanğiç taʼlim kelgusi taʼlim bosqiçlarining asosi bölib xizmat qiladi. Maktabimizda ingliz tilini örganişga bağişlangan burçak taşkil qilindi. Burçakka har yangi sözlar tarjimasi bilan yozib boriladi va mavzuga mos qiziqarli maʼlumotlar, krossvordlar ilib boriladi.
Albatta taʼlim tizimidagi islohotlardan közlangan maqsad yurtimizning porloq kelajagini taʼminlaş, maʼrifatli, mustaqil fikrlaydigan taşabbuskor yoşlarni voyaga yetkazişdan iboratdir.
2012-2013 öquv yilida "Dars muqaddas” tadbirining davomi sifatida "Örgan-örgat” tadbiri joriy etildi. Uşbu tadbirda maktabimiz öqituvçilari jadval asosida oçiq darslar taşkil qildilar. Ingliz tili fanidan esa 8 "V” – sinfda Ollaniyozova Amina "Klassik musiqa va raqs” mavzusida, 7 "V”–sinfda men "Reklama bu ....” mavzusida namunali oçiq darslar ötib berdik. Dars jarayonida biz yangi pedagogik texnologiyalardan va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib dars olib bordik. Darslar juda qiziqarli bölib ötdi.
Şuningdek 2012-yilning 11-may kuni respublika miqyosida uzluksiz taʼlimni taşkil etiş böyiça körgazma bölib ötdi. Bu tadbirda ham faol iştirok etib, körgazmali qurollardan, kartoçkalardan va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanib, 31-maktabning 7-sinflarida "Orzular mamlakatiga xuş kelibsiz” mavzusida dars ötdim.
Darsni bir neçta maktablardan öqituvçilar kelib kuzatdilar va öz tavsiyalarini berdilar. Darslarimizni mukammal taşkil etiş uçun kelgusida ham harakat qilaveramiz.
Saida KARIMOVA,
40-sonli maktab ingliz tili fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶