MEHNATIMIZ SAMARASIDAN MAMNUN BÖLDIK
Istiqlol yillarida yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Ularni faqat bilimligina emas, yuksak maʼnaviyatli, intiluvçan qilib tarbiyalaşga, intellektual salohiyatini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunda öquvçilarning intiliş – qobiliyatlarini sinovdan ötkazuvçi turli körik-tanlovlarning örni ulkan.
Maktabimizning 9-sinf öquvçisi Munojot Omonova ham ötgan öquv yilida "Orasta qizlar” tanlovida iştirok etib, öz qobiliyati, intilişi tufayli maktab, hududiy, tuman va Qoraqalpoğiston respublikasi bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritdi.
Tumanimizning eng çekka hududi - Dörmanda yaşaydigan oddiy qişloq ösmir qizi barça raqiblarini yengib, tanlovning respublika bosqiçi ğolibi böldi va Özbekiston Respublikasi miqyosida Toşkent şahrida bölib ötgan "Orasta qizlar” festivaliga qatnaşib, bir olam taassurotlar bilan qaytdi. Festivalda unga Respublika xotin-qizlar qömitasi raisi E.Bositxonova imzosi bilan tengdoşlari qalbida vatanparvarlik tuyğularini tarbiyalaş, ulardagi yetakçilik qobiliyatini yuksaltiriş, döstlarining öqişga bölgan intilişini qöllab-quvvatlaş, 12 yillik majburiy taʼlim mohiyatini tuşuntiriş, baloğatga yetmasdan turmuş qurişning oldini oliş, xonadoni va mahallasini ozoda saqlaş, "Orasta qizlar” tögaragi faoliyatini kuçaytiriş kabi vazifalar yuklanganligi haqidagi sertifikat topşirildi. Munojot umumtaʼlim maktabini tugatib, NDPI qoşidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyiga hujjat topşirdi va test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötdi. Munojotning yutuqlari bizni çeksiz quvonçga beladi. Çunki öqituvçi mehnati samarasi öquvçilar erişgan muvaffaqiyatlar bilan ölçanadi-da.
Biz iqtidorli öquvçimiz Munojot Omonovaning kelgusidagi öqişlarida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Erkin QURBONBOYeV,
20-sonli umumtaʼlim maktabi direktori örinbosari.
Suratda: "Orasta qizlar" tanlovi iştirokçilari Mustaqillik maydonida.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶