Jurnalistlar oʻquvchi-yoshlar davrasida
“Qangli” ovulidagi 29-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan gazetxonlar bilan uchrashuv yanada qiziqarli va taassurotlarga boy boʻldi.
“Gazeta – oilamizning eng yaxshi doʻsti” deb nomlangan mazkur uchrashuvda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuvda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva gazeta tahririyati tomonidan olib borilayotgan ishlar, yangi ijodiy rejalar haqida gapirib berdi. Bundan tashqari, globallashuv jarayonida oʻsib kelayotgan yosh avlodni turli mafkuraviy xurujlardan asrash, ular qalbida millatlararo totuvlik, tinchlik, oʻzaro mehr-oqibat va doʻstlik, vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishda maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchi sifatidagi gazetaning roli gʻoyat muhimligini taʼkidladi.
Oʻquvchi-yoshlardan Gulchehra Tursunboyeva, Zarnigor Gulmon qizi, Oltinoy Oʻrozimbetova, Guljahon Davlatboyevalar oʻz fikrlari bilan ishtirok etishib, bundan soʻng gazetaga “Qangli” ovuli hayotiga oid maqolalar yozish istagini bildirdilar.
Uchrashuv soʻngida maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha maktab direktorining oʻrinbosari Bahrom Saparov rahbarligida “Yosh muxbirlar” posti tashkil etilib, shu kunning oʻzida oʻquvchi-yoshlardan besh nafari, yosh oʻqituvchilardan ikki nafari “Yosh muxbirlar” posti aʼzoligiga qabul qilindilar.
Jumaboy Jangaboyev, 29-sonli maktab diretorining
oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶