Kollejda “Yosh muxbirlar” posti tuzildi
Qipchoq ovulidagi Agrobiznes kasb-hunar kollejida iqtidorli yoshlar koʻpchilikni tashkil qiladi. Bu shu yilning 17-yanvar kuni kollej yoshlari bilan tuman gazetasi ijodkorlarining ochiq muloqot tarzidagi yuzma-yuz uchrashuvida yaqqol nomoyon boʻldi.
Uchrashuvda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi va gazetaning ilova nashri “Mening oilam” gazetalari, www.amunews.uz veb sayti hamda “Jayxun sadosi” internet radiokanali, Amudaryo televideniyesi ijodkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida jurnalist Robiya Yoʻldosheva batafsil maʼlumot berdi.
Shundan soʻng kollej oʻqituvchisi Gulshod Yangiboyeva, oʻquvchi-yoshlardan Asaloy Kamolboyeva, Dinora Durdiboyeva, Ulboʻsin Xoʻjamurodovalar matbuotning oʻz hayotlarida tutgan oʻrni va ahamiyati xususida oʻz fikrlarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida kollej yoshlarining xohish-istaklaridan kelib chiqib “Yosh muxbirlar” posti tashkil etildi va 10 nafar oʻquvchi-yoshlar “Yosh muxbirlar” postiga aʼzo boʻldilar.
Allayor Boltaboyev, Amudaryo Agrobiznes kasb-hunar kolleji
direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶