Davlat statistika hisobotlarini oʻz muddatida topshirishni unutmang!
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari diqqatiga!
Tuman statistika boʻlimiga 2017-yilda bajarilgan ish hajmlari toʻgʻrisidagi yillik davlat statistika hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim qilishingizni soʻraymiz.
- kichik korxona va mikrofirmalar 1-KV yillik statistika hisobotini shu yilning 27-fevral sanasigacha;
- paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilikchilik, parrandachilik va boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklari 1-FX yillik statistika hisobotini shu yilning 15-fevral sanasigacha;
- nodavlat notijorat tashkilotlari 1-Notijorat yillik statistika hisobotini shu yilning 16-fevral sanasigacha taqdim qilishlari lozim.
Hisobotlar Internet tarmogʻi orqali davlat statistika hisobotlarini elektron koʻrinishda yigʻish avtomatlashtirilgan tizimi, yaʼni eStat 2.0 dasturi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. Davlat statistika hisobotlarining elektron shakli blankasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Siz taqdim qilgan hisobot umumlashgan holda tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarida aks etadi. Shuning uchun davlat statistika hisobotlarini oʻz muddatida topshirishingizni soʻraymiz.
Amudaryo tumani statistika boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶