Jayxun ilhomlari
(Oʻzbekiston Pespublikasi Birinchi Prezidenti Islom
Abdugʻaniyevich Karimovning yorqin xotirasiga)
Ona yurtimizni qilgansiz obod,
Har bir qadamimiz: islohot, bunyod.
Elim, yurtim deb yashagan u zot –
Elimiz otasi Islom Karimov!
Yosh avlod baxti-chun imkon yaratgan,
Mehr yogʻdusini qalbga taratgan,
Bolalarga eʼtiborin qaratgan –
Elimiz otasi Islom Karimov!
Siz tufayli, bugun bizni dunyo tanir,
Sportda ham Oʻzbekiston boʻldi mohir.
Yurt iqbolin oʻylagan ham siz-ku axir –
Elimiz otasi Islom Karimov!
Bizlar borajakmiz siz tutgan yoʻldan
Erkimizni aslo bermaymiz qoʻldan.
Nomingiz hech qachon tushmagay tildan,
Elimiz otasi Islom Karimov!
Umringiz bagʻishlab, Oʻzbekiston deb,
Yashadingiz doim elning gʻamin yeb.
Sochingizning oqi xalqning dardidir,
Elimiz otasi Islom Karimov!
Oʻzbek eliga boʻlib siz – qanot,
Bizlar-chun soʻzingiz goʻyoki bayot.
Qalblarda yashaysiz mangu barhayot –
Elimiz otasi Islom Karimov!
Iroda YePDOShEVA,
38-sonli maktab oʻquvchisi.
SIZNI SOGʻINDIK, BOBO
Elim deb, yurtim deb, yelib-yugurgan,
Gʻam kelsa oldida qalqonday turgan.
Adolatdan mustahkam qasrni qurgan,
Bobom, Sizni bugun juda sogʻindik.
Suratda biz tomon mamnun boqasiz,
Har bir qalbga mehr-la eshik qoqasiz.
Har tomonga bobojon asta boqib biz
Bobom sizni juda-juda sogʻindik.
Marraga yetkazib, omadni tutgan,
Sabr-la istiqlol yoʻlini qurgan,
Munofiqlarni janglarda yutgan,
Bobom, Sizni bugun juda sogʻindik.
Nega yoʻqsiz oramizda bobojon?
Sizni aslo unutmaydi bu jahon.
Sharafli nomingiz oʻchmaydi mudom,
Bobom, Sizni bugun juda sogʻindik.
Dinora Karimoyeva, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.
JAYXUN ShAMOLLAPI
(O.Xudoyshukurovni eslab)
Esgan Jayxun shamollari
Ustozimni olib ketdi.
El-u yurtim bagʻrin yoqib
Ming larzaga solib ketdi.
Qoʻmsar uni Jayxun boʻyi,
Oʻzbek, qoraqalpoq toʻyi.
Joʻshib aytgan qoʻshiq, kuyi
Quloqlarda qolib ketdi.
Noyob, durdona oʻzlari,
Pand-u nasihat soʻzlari.
Topilmas endi izlari,
Yuraklarda qolib ketdi.
Boʻzlab sevar yori qoldi,
Qancha doʻst-u yori qoldi.
Avjga chiqib tori qoldi,
Oh, ertaroq olib ketdi.
Endi sizni qaydan izlay?
Bandi toʻti kabi boʻzlay.
Dardim yonib kimga soʻzlay?
Hasratlarim qolib ketdi.
Shomurod XOʻJANOV,
“Doʻrman” ovuli.
FAPZANDIMGA
Otam aytgan takror va takror:
«Bu dunyoning doim biri kam.
Oʻtgan kunni qilma gunohkor,
Seni tashlab ketgan boʻlsa ham».
Bugun otam yodini eslash,
Dard qoʻshadi yana dardimga.
Sen tugʻilgan kundan bobongning,
Puhi yengil tortsin qabrida.
Atak-chechak qilgan chogʻingdan,
Bu kenglikni sevishga oʻrgan.
Sen dunyoning bir kam joyini,
Toʻldirish-chun hayotga kelgan.
Qoʻchqor Otajonov, «Choykoʻl» ovuli, Bosuv mahallasi.
Qish kechasi
Qish kechasi. Hamma yoq oppoq,
Qor tagida qirlar, dalalar.
Hali kechki sovuq tushmayoq,
Yaxlab qolar goʻyo havolar.
Koʻkda bedor oy-u yulduzlar,
Qishbobo ham hech uxlay olmas.
U tonggacha qishloq aylanib,
Oynalarga gul chizib tolmas.
Sevara SAFAPBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.
Quyosh
Togʻlar ortidan
Charaqlab quyosh.
Zarrin nur sochar,
Yerga egib bosh.
Yurtim osmonin
Tark etmas aslo.
Har lahza, onim –
Tongim musaffo!
Shahlo Ibrohimova, 14-sonli maktab oʻquvchisi.
Doʻstimga
Yangi yilda yangi zafar quchmoq-chun,
Eski yildan boshlab zamin yaratgin.
Zamon keldi, bizning obod Vatanda,
Kashfiyotlar dunyoga nur taratsin.
Sen oʻzbeksan, butun dunyo tan olgan,
Shijoating koʻrib olam lol qolgan.
Hasadgoʻylar yutugʻingdan dod solsin,
Yangi yilda yomon koʻzdan saqlasin.
Adilboy AMETOV,
27-sonli maktab oʻqituvchisi.
Kim soʻzlasa oʻrnida
Kim soʻzlasa oʻrnida,
Oʻzib olar toʻrni-da.
Yolvormaydi pastlarga,
Yopishmaydi xaslarga.
Zoʻr chiqmaydi doʻstiga,
Tosh bosmay, deb ustiga.
Dushmaniga xor boʻlmas,
Dunyosi ham tor boʻlmas.
Tilin toza - tilloday,
Mahkam saqlar mulloday.
Musulmonlik yoʻlida
Faqat yurib toʻgʻriga.
Dov-janjalga ov qoʻymas,
Doʻstni-doʻstga yov qoʻymas.
Soʻzin anglay bilganlar,
Doim shunday qilganlar!
Jumaboy HIDOYaTOV.
Hasad qilma
Birovning mulkiga olaytirma koʻz,
Hasad qilma sira yegan oshiga.
Yaratgan beradi bandaga rizq-roʻz,
Feʼlidandir ne balo kelsa boshiga.
Indira ALIMBOYeVA,
32-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶