ChEGAPA QOʻShINLAPI HAPBIYLAPI IShTIPOKIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI
Joriy yilning 2-fevral kuni “Oʻrta qalʼa” ovulidagi “Bogʻ” mahalasida mahalla aholisi vakillari va MXX chegara qoʻshinlariga qarashli 9202 “D” chegara posti xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib, unda “Chegara hududidagi mahallalarda Oʻzbekiston Pespublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunini mazmun mohiyati, fuqarolarning chegara oldi rejimiga rioya qilishi, xavfsizlikni taʼminlash, aholining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish toʻgʻrisidagi masala muhokama etildi.
Yigʻilishni “Bogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini raisi O.Mahmudov kirish soʻzi bilan ochdi va boshqarib bordi.
Yigʻilish kun tartibidagi masala yuzasidan serjant O.Mahmudov maʼruza qildi.
Shundan keyin mahalla posboni sardori Sh.Xolmurodov, chegara posboni I.Sobirov, mahalla faoli N.Yakubovalar soʻzga chiqishib, muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Yigʻilish yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶