Obod turmuş yili yangiliklari
Boks ringi örnatildi
Yaqinda 1-sonli bolalar va ösmirlar sport maktabining boks sektsiyasi uçun "Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi” tomonidan 18 million sömlik boks ringi keltirilib örnatildi. Bundan taşqari, 1,5 million sömlik, boks qoplari, 1 million sömlik çarm qölqoplari ham berildi. Bunday ğamxörlikdan yoş sportçilar mamnun bölişdi.
Turğun savdo şoxobçalari
Manğit şahrining Beruniy MFY hududida qaytadan taşkil etilgan 1,8 gektar maydondagi Manğit savdo kompleksida bunyod etilişi rejalaştirilgan 184 ta turğun savdo şoxobçalari qurilişi uçun tuman hokimligining 2010-yil 20-oktyabrdagi 462-sonli qaroriga muvofiq 184 nafar fuqaroga 7771,5 kvadrat metr yer maydoni ajratilgan edi. Ayni kunda 184 ta turğun savdo şoxobçalari qurib, bitkazildi va 52 ta dökonda savdo xizmati körsatiş yölga qöyildi.
Rejalar uddalandi
Manğit savdo kompleksi MÇJda aholiga namunali savdo xizmati körsatiş, yalpi daromad va mahalliy byudjet hisobiga ajratmalar böyiça belgilangan 8 oylik rejalar ortiği bilan uddalandi. Yalpi daromad 105 foizni, 50 foiz byudjetga ajratmalar esa 59455,2 sömni taşkil etdi.
Bankdan kredit olib...
Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejini "Xöjalik faoliyati huquqşunosi” yönalişi böyiça tugatgan Dilorom Ibragimova parrandaçilik minifermasini taşkil etiş maqsadida imtiyozli bank krediti olib, öz tadbirkorlik faoliyatini boşlagan edi. Ayni kunda Dilorom Ibragimova tovuq göşti va tuxum yetiştirib, içki bozorimizda öz mijozlariga ega tadbirkorga aylandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶