YaRAŞUV INSTITUTI
Jinoyat-protsessual huquqida 2001-yildan boşlab joriy etilgan yaraşuv instituti hozirgi kunda özining ijobiy samaralarini bermoqda. Javobgarlikdan ozod qilişning bu instituti negizida uning mazmun-mohiyatini töliq oçib beradigan odillik va insonparvarlik printsiplari mujassam. Bundan taşqari, mazkur institut xalqimizning milliy qadriyatlariga töla mos keladi. Huquqiy mazmuniga köra, jinoyat huquqi tizimida yaraşuv instituti normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş bilan boğliq jinoiy-huquqiy munosabatlar turiga kiradi.
Yaraşuv instituti normalari qöllanadigan bunday munosabatlarning asosiy maqsadi sifatida, avvalo, şaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilişni nazarda tutmoq lozim. Şuning uçun yaraşilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş institutini sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yönalişi deb eʼtirof etiş joiz.
Statistik maʼlumotlarga qaraganda, sudlar tomonidan jinoyat sodir etgan şaxslarga nisbatan yaraşuv institutini tatbiq etiş hollari yildan yilga ortib borayotir. Çunonçi, yaraşuv instituti joriy etilgandan şu kunga qadar jinoyat işlari böyiça Amudaryo tumani sudi tomonidan 2010-yil davomida 46 iş 59 şaxsga nisbatan, 2011-yil davomida 60 iş 67 şaxsga nisbatan, 2012-yil davomida 55 iş 64 şaxsga nisbatan, 2013-yilning 6 oyi davomida 17 iş 20 şaxsga nisbatan taraflar yaraşgani munosabati bilan tugatilgan.
2001-yil 29-avgustdagi «Jinoiy jazolarning liberallaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual Kodekslari va Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonunga muvofiq, JKga yaraşilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etişni nazarda tutuvçi 66-1-modda kiritildi. Uşbu yangilik davlatning jinoyat-huquqiy siyosati liberallaşib borayotganidan dalolatdir. Zero, bu jabrlanuvçiga öziga yetkazilgan zarar miqdoridan kelib çiqib, ayblovni qöllab-quvvatlaş yoki undan voz keçişni tanlaş huquqini beradi. Ayni paytda yaraşuv instituti jinoyat sodir etgan şaxsni öylaşga majbur qilib, jinoyat qonunining rağbatlantiruvçi normalariga asosan, jinoyat tufayli yetkazilgan zararni qoplaş, aybiga iqror böliş, odil sudlov organlarining jinoyatni foş etişiga kömaklaşiş, xullas, muayyan darajada va şaklda huquqni muhofaza qiliş maqsadida harakatga tuşişiga turtki berdi.
Jinoyat Kodeksining 66-1-moddasi bunga öxşaş protsessual institutlardan, yaʼni javobgarlikdan ozod qilişning boşqa turlaridan bir munça farq qiladi.
Xususan, yaraşuv instituti uçun jinoyatlarning birmunça torroq doirasi belgilangan. JKning 66-1-moddasiga taalluqli bir qator ijtimoiy xavfi unça katta va unça oğir bölmagan jinoyatlar yuzasidan jabrlanuvçiga aybdorni jazolaş yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş huquqi berilgan. Şuningdek, xususiy ayblov işlari böyiça jabrlanuvçi bilan ayblanuvçi örtasidagi yaraşuv töğrisidagi qonunni qöllovçining qarori ayblanuvçini jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş uçun ham asos bölib xizmat qiladi. Çunki jinoyat-huquqiy institut uçun jabrlanuvçi bilan ayblanuvçining yaraşiş fakti sudning jinoiy taʼqibni tugatişi uçun yetarli şartlardan biri hisoblanadi. JKning 66-1-moddasini qöllaşda yetkazilgan zararni qoplaş jinoiy javobgarlikdan ozod etişning zaruriy şartlaridan biridir.
Jinoyat protsessual Kodeksining 62-bobida yaraşuv töğrisidagi işlarni yuritişning maxsus tartibi belgilangan. Unga köra, yaraşuv töğrisidagi ariza jabrlanuvçi (fuqaroviy daʼvogar) yohud uning qonuniy vakili tomonidan suriştiruv va dastlabki tergovning, şuningdek, sud muhokamasining istalgan bosqiçida, ammo sud maslahatxonaga kirmasdan oldin berilişi mumkin. Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, şuningdek, yaraşganligi munosabati bilan jinoyat işi böyiça iş yuritişni tugatiş töğrisidagi iltimos bayon etilgan bölişi şart. Yaraşuv bitimi böyiça javobgar jinoiy javobgarlikdan ozod qilingandan söng bu jinoyat böyiça qayta jinoyat işi yuritiş mumkin emas.
Yaraşilganlik munosabati bilan işni tugatişning afzalligi şundaki, agar yaraşuv sud tomonidan tasdiqlanib, işni tugatiş töğrisida qaror qabul qilinsa, iş yuzasidan uzil-kesil töxtamga kelinadi. Sud yaraşuvni tasdiqlagaç, yaʼni sud ajrimni öqib eşittirganidan keyin jabrlanuvçi yuqori sud organiga uşbu iş böyiça iş yuritişni qayta tiklaş töğrisida iltimosnoma beriş huquqiga ega bölmaydi. Albatta, yangi oçilgan holatlarga köra, yaraşuvga tösqinlik qiladigan holatlar bundan mustasno. Ikkinçidan, jinoyat sodir etgan şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgani bois sudlanmagan hisoblanadi.
Şu bois Oliy sud Plenumining 2002-yil 25-oktyabrdagi «Yaraşuv töğrisidagi işlar böyiça sud amaliyoti haqida»gi qarorining 4-bandida haqli ravişda suriştiruvçi, tergovçi, prokuror va sudning zimmasiga yaraşuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib çiqadigan huquqiy oqibatlar jabrlanuvçi (fuqaroviy daʼvogar)ga tuşuntirilişi şartligi yuklatilgan. Bu talabga rioya qilmaslik yaraşuv töğrisidagi iş böyiça çiqarilgan qarorning bekor qilinişiga asos bölişi mumkinligi haqidagi qarorda tuşuntiriş berilgan.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 2 noyabrdagi «Jinoiy jazolarning liberallaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual Kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi Özbekiston Respublikasi qonunini sud amaliyotida qöllaş haqidagi qarorida Jinoyat Kodeksining 66-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan şaxsni javobgarlikdan ozod qiliş uçun uçta holat: öz aybiga iqrorligi, jabrlanuvçi bilan yaraşganligi va yetkazilgan zararni qoplaganligi talab etilişi belgilangan. Plenum qarorida yetkazilgan zarar qoplanmagan bölsa-da, jabrlanuvçining zararni qoplaş talablaridan voz keçganligi ham Kodeksning 66-1- moddasini qöllaşga asos bölişini eʼtiborga oliş lozimligi belgilangan.
Jinoyat-protsessual qonunçiligiga muvofiq, jinoyat orqali maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan şaxs jabrlanuvçi deb eʼtirof etiladi. Jabrlanuvçi sifatida eʼtirof etilgan şaxs JPKga köra, katta vakolatlarga ega bölib, bu unga jinoiy iş böyiça dastlabki tergov va sud işlariga jiddiy taʼsir körsatiş imkonini beradi. Baʼzi jinoyat tarkiblari böyiça jinoyat işlari faqat jabrlanuvçining arizasiga binoan va favqulodda holatlardagina (xususiy-oşkora ayblov işlari) vakolatli şaxslar tomonidan qözğatilişi mumkin. Jabrlanuvçi şaxsan yoki öz vakili orqali ana şunday iş jarayonidagi sud işida ayblovni qöllab-quvvatlab turiş huquqiga ega. Sudda boşqa jinoyat tarkiblari yuzasidan (oşkora ayblov işlari) işlarni körib çiqişda jabrlanuvçi ayblovni qöllab-quvvatlamasa ham, taqdim etilgan aybnoma mohiyati yuzasidan va sudlanuvçiga berilayotgan jazo xususida öz fikrini bildirişi mumkin.
Ayni paytda jabrlanuvçi tomonidan ariza berilmagani tufayli jinoyat işi közğatişdan boş tortiş va jabrlanuvçi bilan yaraşuv tuşunçalarini farqlab oliş kerak. Xususiy-yaraşuv töğrisida iş yuritişni boşlaş uçun ham jabrlanuvçi, ham fuqaroviy daʼvogar tomonidan ariza berilgan bölişi şart. Köpçilik huquqşunoslar haqli ravişda eʼtirof etganidek, yaraşuvdan «sönggi söz» jabrlanuvçiga tegişli böladi, yaʼni aynan u yaraşiş yoki yaraşmaslik masalasini hal etadi. Biroq bu yaraşuv taşabbusi faqat jabrlanuvçiga tegişli degani emas. Zero jinoyat sodir etgan şaxs, şubhasiz, motividan qatʼiy nazar (ijobiy, masalan, çin köngildan puşaymon bölmasligi ham mumkin) yaraşişni taklif etiş huquqiga ega.
Jabrlanuvçining jinoyat sodir etgan şaxs bilan yaraşişi motivlari turli xil bölişi mumkin: aybdorning jinoyatdan sönggi xulqi, şu jumladan, zararni qoplaganligi tufayli uni keçiriş, raxm qiliş, döstlikni taklif etiş, hamkorlik qiliş va hokazo. Fikrimizça, zarar yetkazuvçining yaraşuvni taklif etişi motivi (köp hollarda) sodir etgan qilmişi uçun jinoiy taʼqibdan xalos böliş, jazodan qörqiş, jinoyat işi iştirokçisiga aylanib qolişni istamaslik, sudlanganlik maqomiga ega bölişdan xavfsiraş va hokazolar bölişi mumkin. Şunday qilib, ikkala tomon ham rozi bölgan, şuningdek, ixtiyoriy tuzilgan taqdirdagina yaraşuv bitimi haqiqiy deb hisoblanadi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar (dastlabki tergovda tergovçi yoki prokuror, sud majlisida sudya) tomonidan qabul qilinadi.
Iş böyiça bir gumon qilinuvçi, ayblanuvçi, sudlanuvçi va bir neça jabrlanuvçi bölgan hollar uçun ham qonunda aynan şunday talablar belgilangan. Jabrlanuvçidan tegişli ariza tuşmagan hollarda yaraşuv töğrisida iş yuritiş mumkin emas. Bunday holda jinoyat işi böyiça iş yuritiş umumiy asoslarda olib boriladi.
Ayni vaqtda, iş böyiça bir jabrlanuvçi (fuqaroviy daʼvogar) va bir neça gumon qilinuvçi, ayblanuvçi, sudlanuvçi bölgan taqdirda ham qonun jabrlanuvçining ulardan ayrimlari bilan yaraşişi mumkinligini eʼtirof etadi. Bunday hollarda işning jabrlanuvçi yaraşgan gumon qilinuvçi, ayblanuvçi, sudlanuvçilarga oid qismi alohida iş yurituvga ajratilib, Jinoyat-protsessual Kodeksining 584-moddasi tartibida sudga yuboriladi, qolganlarga doir qismi böyiça esa iş yuritiş umumiy asoslarda olib boriladi.
Yaraşuv töğrisidagi qonun normalari qöllanişining tezkorligini taʼminlaş va kafolatlaş, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi, sudlanuvçi va jabrlanuvçining huquqlarini muhofaza etiş maqsadida yaraşuv töğrisidagi iş böyiça qaror çiqariş va sudga yuboriş, işni sudda köriş uçun alohida-alohida qisqa muddatlar belgilangan.
Yaraşuv akti JPK talablariga muvofiq, bayonnoma bilan rasmiylaştiriladi.
Xulosa qilib aytganda, yaraşuv instituti joriy etilgandan beri bu toifadagi işlarni köriş amaliyotining tahlili mazkur institutning bir qator afzalliklarini körsatdi. Xususan, uşbu institut joriy qilinişi tufayli jabrlanuvçi va jinoyat sodir etgan şaxs örtasidagi nizoni jinoiy jazo çoralarini qöllamasdan turib ham hal qiliş imkoni mavjud. Bu jinoyat köçasiga adaşib kirib qolgan şaxslarga javobgarlikdan ozod böliş imkonini yaratdi. Jamiyatda jinoyatçilikning kamayişiga sabab böladi hamda jabrlanuvçiga yetkazilgan zarar tez va töliq qoplanişini taʼminlaydi. Bundan taşqari mazkur institut tergov va sudda iş yuritiş jarayonlarini soddalaştiradi.
P.DOŞMURATOV,
jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶