16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 02:33
Jamiyat 👁 2,422

XOTIN-QIZLAPNI QOʻLLAB-QUVVATLASh MAMLAKATIMIZDA YaNADA USTUVOP VAZIFAGA AYLANDI

XOTIN-QIZLAPNI QOʻLLAB-QUVVATLASh MAMLAKATIMIZDA YaNADA USTUVOP VAZIFAGA AYLANDI

Xotin-qizlar – bashariyat olamining ustunlari. Oʻzla-rining fidoyiligi, mehnat-kashligi, yuksak maʼnaviy fazilatlari bilan jamiyat taraqqiyotida barcha davr-larda ham yetakchi kuch boʻlib kelgan.

Mustaqillik yillarida Oʻz-bekiston xotin-qizlari xal-qimizning iftixor va sharaf tojiga aylandi.

Prezidentimizning joriy yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mus-tahkamlash sohasidagi fao-liyatini tubdan takomil-lashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bu ishlarni yanada yuksak sifat bosqichiga koʻtarishga asos boʻldi.

Tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Pespub-likasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Maryam Ahmedova bilan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasidagi suhbatimiz ana shu mavzu va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatidagi yangiliklar va kutilayotgan oʻzgarishlar, bayramona tadbirlar xususida boʻldi.

– Avvalo, tahririyati-mizga xush kelibsiz! Sizni va tumanimiz ayol-qizlarini yashnash va yasharish ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz.

– Pahmat, xushvaqt boʻling, Siz ijodkorlarga ham bayram muborak boʻlsin!

– Maryamjon, Prezident Farmoni va ushbu Farmonga muvofiq ishlab chi-qilgan Davlat dasturi-ning mazmun-mohiyati haqida batafsil toʻxtal-sangiz.

– Prezident Farmoni, nazarimda butun mamlakatimiz xotin-qizlari hayotida katta ahamiyatga ega muhim hujjat, qolaversa, bayramoldi katta sovgʻa boʻldi. Ushbu hujjat bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quv-vatlash, oila institutini mustahkamlashga qaratilgan davlat ahamiyatiga molik vazifalar belgilandi. Prezident Farmoniga koʻra “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi. 6 ta asosiy boʻlim va 56 banddan iborat Davlat dasturidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, oʻz qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza etish, oilalar mustahkamligini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirishga qaratilgan keng qamrovli vazifalar joy olgan. Xususan, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustah-kamlashning tashkiliy-huqu-qiy asoslarini takomillashtirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash va ularning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishtirokini yanada oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolarini hal etishda va ular oʻrtasida huquq-buzarliklarning oldini olishda hamkorlikni kuchaytirish, oila instituti rolini mustahkamlash, oila qad-riyatlarini saqlab qolish va rivojlantirish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, “Oila” markazi tizimi idoralari faoliyati samaradorligini oshirishga yanada katta eʼtibor qaratiladi.

– Xotin-qizlar qoʻmita-larining tashkiliy tuzilmalarida kutilayotgan oʻzgarishlar ushbu sohaga oid dolzarb muammolarni hal etishda qanday ahamiyat kasb etadi?

– Farmonga koʻra, 2018-yilning 1-aprelidan boshlab fuqarolar yigʻinlarining di-niy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi oʻrniga tegishli shtat birliklari tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalari tuzilmasiga oʻtkazilib, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladigan boʻldi.

Yangidan kiritilgan mutaxassis lavozimiga yetarli bilim darajasiga, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, oʻziga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajara oladigan shaxslarni tayinlash choralari koʻriladi. Bunday yetuk mutaxassis oʻzi faoliyat yuritayotgan yigʻinda har qanday sharoitda ham fuqarolar bilan til topishib keta oladi.

Yana bir muhim oʻzgarish bu - Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tad-qiqot markazi va uning hududiy boʻlinmalarining tashkil etilishi va 2018-yil 1-apreldan eʼtiboran FHDYo organlari nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bogʻliq asosiy faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari tasarrufiga oʻtkazilishidir.

2018-yil 1-apreldan boshlab xotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha FHDYo organi, “Oila” markazining tuman boʻlimi hamda xotin-qizlar bilan ishlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman xo-tin-qizlar qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklatilishi bun-dan keyin yanada faollik bilan ishlashni taqozo etadi.

FHDYo organi, “Oila” markazi, fuqarolar yigʻinlaridagi mutaxassislarning hamkor-likdagi tizimli faoliyatini tashkil etsak, xotin-qizlar hayotiga oid muammolar yechimini topish va ularni hal etishda samarali mexanizm yaratiladi.

– Tumanimizdan har yili turli sohalarda faollik koʻrsatayotgan qizlarimiz “Zulfiya qizlari” koʻrik-tanlovida ishtirok etishadi. Yuqoridagi Pre-zident Farmonida ushbu koʻrik-tanlov gʻolibla-rining mamlakat bosqi-chi ishtirokchilari uchun beriladigan oʻrinlar soni ham oshirildi...

– Bu yetuk va bilimdon qizlarimiz uchun juda katta xushxabar boʻldi. 2018-yildan boshlab Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga har yili Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorga beriladigan boʻldi. Umid qilamizki, tumanimizning iqtidorli qizlari, albatta, bu yuksak mukofot sohibalari safidan joy olishadi.

– “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishonini taʼsis etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi, bu nishon asosan kimlarga beriladi?

– Jamiyat va davlat hayotida faol va tashabbuskor boʻlgan, oʻzlarining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi, farovonligining mustah-kamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan fidoyi xo-tin-qizlar “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdir-lanadilar.

– Mazkur Farmon doirasida tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar koʻlami qanday?

– Juda keng qamrovli ishlarni amalga oshirish yuzasidan maqsadli rejalar ishlab chiqilmoqda. Dasturning aniq maqsadga yoʻnaltirilgan 6 ta boʻlimida oʻz aksini topgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmini yaratishga qaratilgan harakatlar boshlandi. Ana shu mexanizm asosida Davlat dasturida belgilab qoʻyilgan barcha vazifalar tuman xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatida, albatta, oʻz aksini topadi. Endilikda xalq manfaatini koʻzlab qabul qilingan hech bir Qonun yoki Prezident Farmoni va Qarorlariga masʼul rahbarlarning panja orasidan qarashga haqlari yoʻq. Prezidentimiz qayta-qayta taʼkidlayotir: “Har bir davlat xizmatchisi har kuni oʻzining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart!”. U oddiy mutaxassismi, masʼul rahbarmi, albatta, oʻz faoliyatini xalq manfaati yoʻlida xizmat qilishga bagʻishlashi va buning uddasidan chiqishi kerak.

– Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida uchrashib turibmiz. Tumanimiz ayol-qizlariga qanday tilaklaringiz bor?

– Bugungi ayol – jamiyatning guli. U ona boʻlib ana shu jamiyat bogʻining nav-nihollarini – farzandlarini tarbiyalaydi. Pafiqa boʻ-lib, oila deb atalmish ulugʻ bir maʼnaviyat qoʻrgʻonining obod va osoyishtaligini asrashga qodir. Jamiyatning faoli sifatida uning zimmasidagi vazifalar salmogʻi katta. U barcha sohalarning iqtidori baland mutaxassisi – olima-yu fuzalo, ijodkor, ustoz-muallim, salomatlik posbonlari.

Men ana shunday fidoyi opa-singillarimizni ba-horning eng goʻzal va nafis ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Xonadonlaringizga obodlik, oilalaringizga osoyishtalik, koʻngillaringizga xotirjamlik hamisha yor boʻlsin, aziz va muhtarama onajonlar, muhtarama opa-singillar!

– Sermazmun suhbatingiz uchun tashakkur!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019