OILALAR MUSTAHKAMLIGI UChUN...
Oila – mehr-oqibat, ahil-lik va hamjihatlik maskani. Unda tinchlik-xotirjamlik hukm sursa, voyaga yetayotgan farzandlar ham jismonan va maʼnan sogʻlom boʻlib ulgʻayi-shadi.
Nikoh – nafaqat sevgi va muhabbat, balki insoniylik, oʻzaro hurmat, ota-bobolarimizdan meros milliy qadriyatlar, muqaddas islom dinimizning insonparvarlik tamoyillari asosiga quril-sagina, er-xotinning umri qadar boqiy boʻladi.
Oʻtgan yil davomida tuman FHDYo boʻlimi tomonidan jami 1477 ta nikoh qayd etildi. Demak, tumanimizda birgina 2017-yilning oʻzida bir yarim mingga yaqin yangi oila tashkil topdi.
Biz har gal yangi oila qu-rayotgan yoshlarimizga nafa-qat nikoh oqibatida yuzaga keladigan qonuniy huquq va majburiyatlarini, balki oilaning muqaddasligi, ularning ota-onalari, qay-nona-qaynotalari, qoʻni-qoʻsh-nilari, jamiyat oldidagi masʼuliyati, burchlari haqida ham tushunchalar bermoqdamiz.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab, FHDYo organlarining oila va nikoh masalalari boʻyicha faoliyati Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan muvofiqlashtirilishi belgilandi. Endilikda FHDYo organlari nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan asosiy faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tuman (shahar) hokimliklariga boʻysunadi.
FHDYo organi faoliyatini, «Oila» markazining tuman boʻlimi hamda xotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha boshqa tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman hokimi oʻrinbosari – Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklatiladi.
Bu kabi islohotlar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajrashishlarning oldini olishda yaxshi samara beradi, deb oʻylayman.
Biz kelgusida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda oilada er-xotin va ularning ota-onalari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, erta nikoh va ajralishlarning oldini olish boʻyicha samarali ish olib borishga harakat qilamiz.
Fursatdan foydalanib, aziz opa-singillarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod qilaman.
Sanobar XOLBOYeVA,
tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶