Jayxun ilhomlari
AYoL VASFI
Dilxuş ötayotgan uşbu damlarda,
Qiziydi siz haqda suhbat tobora.
Bu yerda bölmagan kimdir qaydadir,
Sizga sovğa tanlaş bilan ovora.
Köngildagi sirdan Yaratgan ogoh,
Şirin sözingizga kimdir jon tikkan.
Çunki köngillarni zabt etgan nigoh,
Har dilga umidlar uruğin ekkan.
Sizmisol xilqatni topmoq ilojsiz,
Mulki borliq içra kezib to abad.
Şu sabab oşiqlar boşida tojsiz,
Şu sabab gullar ham qiladi hasad.
Siz borsiz – yaşarib boradi olam.
Borliq hadya etar inʼomlarini.
Hatto ibrat oling deya tabiat,
Körsatar sadoqat ahkomlarini:
– Vafo degan tuyğu bölsin mustahkam,
Har bir oriyatli er yuragida –
deganday milliard yil aylanar Oy ham,
Ona-Yerimizning tevaragida.
Şoir zoti borki sarf qilgan umrin,
Şaʼningizga şeʼrlar ayta va ayta.
Sizning borligingiz uçun arziydi,
Kelmoqqa dunyoga qayta va qayta!
Ahmad NAFASOV,
«Jayxun ilhomlari» NNT raisi.
SOĞINÇ
(Onam xotirasiga)
Bahor kelsa huzurimizga,
Şoşar edim boladay bölib.
Jöşar edi qalbimda hislar,
Ikki yuzim loladay bölib.
Çopar edim, çopaverardim,
Qöllarimda bir juft atirgul.
Hozir esa dunyoni gulga
Töldirmoqqa tayyorman butkul.
“Bolam!” degan bir oğiz sözga,
Alişaman borliq-olamni.
Bugun özim onaman, lekin
Soğinaman muşfiq onamni.
Menga meros halolligingiz,
Töğrisöz-u soddaliklar ham.
Siz ketdingiz foniy dunyodan,
Tugaganday bolaliklar ham.
Yana bahor kelmoqda, ona,
Yana sizni eslayveraman.
Qöllarimda sizga hadyalar,
Diydoringiz istayveraman.
Bahor keldi, biroq siz yöqsiz,
Tasallisiz ğarib qoldim men.
Onasi bor qarimas emiş,
Bir bahorda qarib qoldim men.
Xayolimda olis xotira –
Taniş yöldan ketayapman jim...
Ota uyda siz yöqsiz endi,
Yurakkinam yiğlaydi sim-sim.
Onaginam, mehribonginam,
Qayta-qayta eslayveraman.
“Aro yölda qolgan bolam,” – deb,
Quçganingiz qömsayveraman.
Neça kunki bormaganimni,
Kunlarimni adaşmasdingiz.
Men doimo “adaşar” edim.
Yolğonimga aldanmasdingiz,
Yana bahor yurtni bezadi,
Yana quşlar kelmoqda qaytib,
Yuragimda armon yiğlaydi
Endi diydor kelmaydi qaytib.
Guloyim BEGJONOVA.
BAHOP TAŞPIFI
Gulbahor keldi yana,
Ayozning dilin ğaşlab.
Yaşillandi qir-dala,
Vatanga körk bağişlab.
Baland uçgan turnalar,
“Quv-quv”laşib sayraydi.
Muzlab yotgan arnalar
Şovullaşib yayraydi.
Yeröçoqlar qurilib,
Doşqozonlar joylandi.
Momolar yeng şimirib,
Sumalakka şaylandi.
Yurtimning har göşasi,
Oldi bayram tusini.
Dilda mehnat naşʼasi,
Köz-közladi özini!
Sayyora XOLBOYeVA, Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kolleji öquvçisi.
ZULFIYaXONIMGA
Vafo-yu sadoqat malikasisiz,
Sizdan örnak olgay har bir ayol-qiz.
Ortingizda qolgan nurli, öçmas iz,
Men ham izingizdan boray izma-iz.
Qalbimda jöş urar nurli bir tuğyon,
Ey döstim, qalbingning oynasiga boq!
Buyuk şoiramiz yaşaydi uyğoq,
Mehr-u muhabbatdan bergança saboq.
Yuraklar törida ismingiz mangu,
Dillarga soçasiz nurlarni, ezgu.
Nazmiy osmon aro jöşqin qasida –
Abadiy porlaydi yulduz – Zulfiya!
Aziza ÖPOZBOYeVA, 32-sonli
maktab öquvçisi.
AYoLLAPGA BAYPAM HAZILI
“Quyoş kulib boqqan kun,
Bahor tanga yoqqan kun”,
Çöntaklarim böşatgan,
Xarajatlar «çaqqan» kun.
Sakkizinçi mart bu kun.
Yigitlarga dard bu kun.
Çöntaklarda aqça yöq,
Plastik ham böşagan.
Yigitlar yerga qarab,
Boşlarini qaşlagan.
Kiyim yuvib, dazmollaş,
Hamma joyni tozalaş,
Ovqat vaqti bölibdi,
Hali qança iş qalaş.
Sigir soğib, non yopiş,
Öçoqqa ötin yoqiş,
Öylaydi er beçora:
“Mumkinmasmikan qoçiş?”
Ayol daşnom beradi,
Er ham bazör kuladi.
Könglidan ötganini,
Faqat özi biladi.
Ovqat tagiga olgan,
Çoy ham qaynab, tökilgan.
Çala yuvgan kiyimlar,
Panglari sölib qolgan.
Aylanmaydi sözga til:
«Erkak zotin hurmat qil,
Erkak uyda boş bölsa,
Oilang baxtidir şul».
Bugun sizlarga atab,
Bayram bilan tabriklab,
Yozdi kiçik bir hazil,
Hurmati bisyor Odil.
Adilboy AMETOV, 27-sonli maktab öqituvçisi.
ONAMGA
Mehribon onajonim,
Bayramingiz muborak!
Eʼzozlab bugun sizni,
Aytayin şeʼriy tilak.
Qayğurasiz biz uçun,
Yonib-kuyib yaşaysiz.
Tinim bilmay tun-u kun,
Baxtimizni öylaysiz.
Mehribon onajonim,
Taʼzim qilaman sizga.
Tilagim şu, soğ böling,
Kiringiz albat yuzga.
Sevinç Töliboyeva, 2-sonli maktab öquvçisi.
QIZLAP
Uyni ozoda tutmoq,
Şirin taom pişirmoq,
Iş buyursa, “xöp”, demoq,
Yaraşadi qizlarga.
Qizlar, qizlar, jon qizlar!
Gözallikka boy qizlar.
Gap yöq ular işiga,
Özbegim qizlariga.
Sabohat Bozorboyeva, 14-sonli maktabning 6-sinf öquvçisi.
VOLIDA
Poyiga arziydi gullar töşasang,
Asli jannat ular poyida, axir.
Siringni aytsang ham sira sotmagan,
Eng yaqin dösting ham volidang, axir.
Sening uçun umrini baxşida etgan,
Kerak bölsa keçgan şirin jonidan.
Tunni-tongga ulab, ertaklar bitgan,
Jondan keçmoqqa ham tayyor, volidang.
Ona mehri – daryo, çaşmasi- zilol,
Sen şu çaşmadan suv içgan nihol.
Yuragida qança dard-alam bölsa,
Şunça azoblarga çidagan ayol!
Husnora JALĞAŞOVA, 40-maktabning 8-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶