YoShLAP – KELAJAK BUNYoDKOPI
Fan – texnologiya, ishlab chiqarish shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish uchun ilgʻor innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, Vatan ravnaqiga hissa qoʻshishga intilayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, tashabbuskor, tadbirkor yoshlarni kashf etish, ularni ragʻbatlantirish orqali nimlarga qodir ekanligini namoyon etishlariga erishish ham muhimdir.
7-mart kuni 3-sonli Amudaryo akademik litseyida shu maqsadga xizmat qiluvchi tadbir – “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari” shiori ostida “Xalqimiz xizmatida boʻlish va yurtimizning rivojlanishiga hissa qoʻshish – katta baxt” mavzusida yosh tadbirkorlar, hunarmandlar, fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar koʻrgazmasi va boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazildi.
Tadbirda tumanimizdagi barcha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, shuningdek, oʻz layoqatiga yarasha ish izlayotgan yoshlar ishtirok etdilar.
Bayram tusini olgan tadbirni tuman hokimi S.Yoʻldoshev ochdi va yoshlarni tumanimizda yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar bilan tanishishga, tadbirkorlik bilan shugʻullanib, oilasi farovonligini taʼminlabgina qolmay, yurtdoshlarimizni ham ish bilan taʼminlab, daromad topishiga erishayotgan yoshlardan oʻrnak olishga chaqirdi.
Yarmarkada kollejlar bitiruvchilari, ishsiz yoshlar tumanda faoliyat koʻrsatayotgan barcha korxona – tashkilotlardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishdilar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlganlarga tijorat banklaridan kreditlar olish tartiblari haqida tushunchalar berildi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶