28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:53
👁 2,536

Obod turmush yili yangiliklari

Obod turmush yili yangiliklari

YaNGI MAKTAB BINOSI IShGA TUShDI

"Taqirqalʼa” massiviga yaqin hududda yangidan qurilib bitkazilgan 76-sonli umumtaʼlim maktabi 2-sentyabr kuni oʻquvchilarni oʻz bagʻriga chorladi.

Yangi maktabning ishga tushirilishiga bagʻishlangan tantanani maktab direktori N.Yoʻldoshev ochdi va quvonchli kun bilan barcha oʻqituvchilar va oʻquvchilarni qutladi.

Tuman hokimi oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova, "Amudaryo televideniyesi” direktori, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muharriri Gʻ.Yeshniyozov, "Toshyop” ovuli oqsoqoli A.Oʻrozboyevlarning tabrigidan soʻng maktab oʻquvchilari tayyorlagan bayram kontserti namoyish etildi.

Mustaqillik darsi bilan boshlangan oʻquv yilini oʻquvchilar shodon qarshi oldilar.

Yangi oʻquv yili boshlanishiga bagʻishlandi

Mamlakatimizdaoʻquvchi yoshlarning bilim olibgina qolmay, kasb-hunarli ham boʻlishi uchun 12 yillik uzluksiz taʼlim joriy etilgan. Shu boisdan ham kasb-hunar taʼlimi maskanlarida yangi oʻquv yilining boshlanishi bayram sifatida nishonlanadi.

2 sentyabr kuni "Mangʻit” iqtisodiyot kasb-hunar kollejida yangi oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan tantana boʻlib oʻtdi.

Kollej direktori Z.Otamurodov, ingliz tili oʻqituvchisi tuman Kengashi deputati G.Ahmedovalar oʻquvchilarni yangi oʻqish yili boshlanishi bilan tabrikladilar. Soʻzga chiqqan oʻquvchilar tengdoshlarini oʻquv yilida aʼlo oʻqib, oʻz sohasini mukammal egallab, yetuk kadrlar boʻlib yetishishga chaqirdi.

 

"Zulfiyaxonim qizlari”

Har yili maktab, litsey, kollej, oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan aʼlo xulqi, oliyjanob fazilatlari, zukkoligi, donoligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, yorqin isteʼdodini namoyish qilib va istiqlol gʻoyalarini keng targʻib qilishda tengdoshlariga namuna boʻlayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan iqtidorli qizlarga adabiyot, sanʼat, fan, taʼlim va madaniyat sohalarida erishgan ulkan yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari berib borilayapti.

Nizomga muvofiq nomzodlar maktab, kollej, litsey, oliy oʻquv yurtida tanlab olinib, tuman, viloyat, bosqichlaridan oʻtib, Respublika bosqichiga yoʻllanmani koʻlga kiritadilar. Ryespublika bosqichi gʻolibasi esa mazkur yuksak mkofotga sazovor boʻladi.

Yaqin tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimida boʻlib oʻtgan tanlovda tumanimizdagi Zulfiyaxonim izdoshlari sinovdan oʻtdilar.

Beshta yoʻnalish boʻyicha qatnashgan 22 nafar qizlarning hakamlar hayʼati qaroriga binoan eng munosiblari saralab olinib, Qoraqalpogʻiston respublikasi bosqichiga yoʻllanma berildi.

Lobarning orzulari

Lobar Jumaboyeva 3-sonli Amudaryo akademik litseyida oʻqiydi. U fan asoslarini chuqur oʻrganib qolmay, badiiy ijod bilan ham shugʻullanadi. Uning isteʼdodi shu jihati bilan qadrliki, u ona Vatanimizning betakror tabiati, baxtli bolalik va oʻzaro mehr-oqibat haqida yozgan sheʼrlariga mos rasmlar ham chizadi.

U ustozi Bozorboy Xolimbetovning saboqlarini puxta oʻzlashtirayotgani bois, chizgan rasmlari bilan "Kelajak ovozi” tanlovida qatnashib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida uchinchi oʻrinni egalladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026