ZULFIYaXONIM TIMSOLIDA MATONATLI AYoLLAR ShARAFLANDI
Bahorning ilk kunida maʼnaviy jasorat egasi, bahor va muhabbat, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavallud topganlar. Yurtimizda har yili shu kun tantanali ravishda nishonlanadi.
Amudaryo agrobiznes kollejimizda ham Zulfiyaxonim tavalludining 103 yilligi tantanali nishonlandi.
“Qizgina, oʻzligingni namoyon qil!” deb nomlangan adabiy-musiqiy kechada sheʼriyatga ixlosmand yetti nafar qiz beshta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Bu bellashuv qizlarimizning Zulfiyaxonim ijodiga qanchalik mehr qoʻoʻyishganini, odob-u axloqda biri-biridan ziyodalaigini namoyon etdi.
Tadbirda har bir ishtirokchi bugungi davr ayol-qizlarining jasorat va matonatini oʻzida mujassam etgan sahna koʻrinishlarini namoyish etishdi. Ayollarning xalqaro terrorizmga, odam savdosi va korruptsiyaga, asr vabosi hisoblangan giyohvandlikka qarshi kurashi, cheksiz nafratini matonatli ayol obrazlari orqali tasvirlab berdilar. Shuningdek, Zulfiyaxonimning “Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush!” sheʼri asosida tayyorlangan adabiy kompozitsiya “Lobar qizlarga” nomli dilbar sheʼr navolariga ulanib ketdi. Tadbirda Zulfiyaxonim timsolida yurtimizning barcha matonatli ayollari sharaflandi.
Nursuluv TOʻQLIBOYeVA,
Agrobiznes kasb-hunar kolleji oʻquvchisi,
“Yosh muxbirlar” toʻgaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶