OʻQITUVChI TAJPIBALI BOʻLSA...


Tumanimizdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida oʻz ishining fidoyilari boʻlgan oʻqituvchilar koʻp. Ayniqsa, boshangʻich sinflar oʻqituvchilarining bolalarga ilm sirlarini oʻrgatishdagi tajribalari tahsinga loyiq.
Maktabning 4 “b” –sinfiga oliy maʼlumotli tajribali muallima Saragul Yusupova rahbarlik qiladi. Oʻzining 21 yillik pedagogik faoliyati davomida boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishda interaktiv dars usullarini qoʻllash, zamonaviy innovatsion pedtexnologiyalardan foydalanish borasida oʻziga xos tajriba toʻplagan Saragul Yusupova oʻzi rahbarlik qilayotgan sinf oʻquvchilari bilan darsdan boʻsh vaqtlarida ham muntazam shugʻullanishga vaqt topadi. U koʻpincha turli xil bellashuvlar, bayram tadbirlari orqali oʻquvchilar dunyoqarashini shakllantirishga, ularning oʻz fikrlarini mustaqil ifoda etishlariga sharoit yaratadi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan “Jannat – onalar oyogʻi ostida” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda oʻquvchilar onajonlari va ustozlariga oʻz qoʻllari bilan tayyorlagan sovgʻalarini hadya etishdi. Albatta, oʻz farzandining estetik didi, aql-farosatidan onajonlar xursand boʻlishdi.
- Shunday qilsak, bolada oʻziga nisbatan ishonch tuygʻusi shakllanib, bu tuygʻu bola bilan birga ulgʻayib boradi, – deydi Saragul Yusupova. – Eng muhimi, oʻz aql kuchiga ishongan bola shaxsiy fikriga ega, dadil va qatʼiyatli boʻladi.
Saragul Yusupova rahbarligidagi sinf oʻquvchilar ayni kunda Navroʻz bayramini munosib kutib olish maqsadida 36-sonli maktab havolsidagi dov-daraxtlar tagiga ishlov berish, maktab hovlisini obodonlashtirish ishlarida faollik koʻrsatmoqda.
Suratda: 36-sonli maktab oʻqituvchisi Saragul
Yusupova oʻquvchilari davrasida.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶