AZALIY QADRIYaTLARIMIZ IFODASI
Navroʻzi ayyom kunlarida xalqimizning oʻzaro hamjihatligi, saxovatliligi yanada yaqqol namoyon boʻladi. Bunday azaliy qadriyatlarimiz yurtdoshlarimizning Navroʻz shoh taomi – sumalak pishirib, chor-atrofidagi birodarlariga ulashishida, keksalar, bemorlar holidan xabar olib, koʻnglini olishga intilishida, ezgu amallari bilan keksa-nuroniylarning duolarini olishga oshiqishlarida oʻz aksini topadi.
Bayram arafasida “Qipchoq” ovulida ham bu azaliy odatlarimiz yanada jonlanmoqda. Yaqinda hududda yashovchi uch nafar 80 yoshdan oshgan nuroniy onaxonlar, mehnat faxriylari boʻlgan keksa uch nafar onaxonlarni OFY xodimlari uylariga borib bayram bilan qutlab, sovgʻa-salomlar berdilar.
Shuningdek, nogironligi boʻlgan bir ayolga, kamdaromadli bir ayolga homiylarni jalb qilgan holda eng soʻngi rusumdagi zamonaviy tikuv mashinasi sovgʻa qilindi.
Zulfiya Matyoqubova,
OFY diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy
tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶