ÇOR-ATROF OBOD BÖLSA...
Obod va sölim maskanda yaşaşni, toza havodan töyib-töyib nafas olib bardam yurişni kim ham xohlamaydi, deysiz. Joriy yilimizning Yurtboşimiz tomonidan "Obod turmuş yili” deya eʼlon qilinişi ham özimiz, yaqinlarimiz istiqomat qiladigan hududlarni, Özbekiston deya atalmiş şu oilamizni obod va farovon qiliş borasida zimmamizga ulkan vazifalar yuklaydi va ijrosiga erişişdan hammamiz ham manfaatdormiz. Çunki bizning soğ-salomat va bardam hayot keçirişimiz 20-25 foiz atrofimizni örab turgan olam bilan çambarças boğliq ekanligini tibbiyot tasdiqlamoqda.
Tuman obodonlaştiriş boşqarmasi mehnat jamoasi yil boşidan beri atrof-muhitni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va tozaligini taʼminlaş borasida keng kölamli işlarni olib bormoqda.
2009-2011-yillarda obodonlaştiriş boşqarmalarini zamonaviy maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlaş rejasiga muvofiq bugungi kunda boşqarmamiz bitta suv sepiş maşinasi, bitta axlat taşuvçi maşina, 1 dona ekskavator, 1 dona toza içimlik suvi taşiş maşinasi, 3 ta traktor bilan taʼminlangan bölib, zimmamizdagi vazifalarimizni ado etişda ulardan samarali foydalanayapmiz.
Tuman obodonlaştiriş boşqarmasi tasarrufiga kiruvçi barça köçalarda yil boşidan beri keng kölamli obodonlaştiriş işlari olib borildi. 122,12 kilometrlik Manğit şahri içki yöllarida taʼmirlaş işlari olib borildi va davom ettirilmoqda.
Yilimiz köklamida işçilarimiz 6000 tup mevali va manzarali daraxt köçatlari ötqazgan edilar va ayni kungaça unib ketgan köçatlar parvariş qilinayapti. Şuningdek, mavjud 1200 tup manzarali daraxtlarga şakl berilib, suğorib, oziqlantirilayapti.
Mavjud 74 ta qabristonlarda ham obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda va ota-bobolarini ziyorat qiluvçilarga yaxşi şaroitlar yaratilmoqda.
Bu kölamdor vazifalarni ado etişda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-sonli "Obodonlaştiriş xodimlarini moddiy rağbatlantirişni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida işçilarimizga qulay mehnat şaroitlari yaratilayotgani va rağbatlantirilib borilayotgani bizga juda qöl kelayapti.
Şuni ham taʼkidlaşni istardimki, tumanimizda har yili köklam va yozda umum-xalq xayriya haşarlari ötkazib kelinayotganligi ham atrofimizning orasta va körkam bölişiga xizmat qilayapti. Şuningdek, mahallalar oqsoqollari va maslahatçilarining aholi orasida kökalamzorlaştiriş va tozalikka rioya qiliş lozimligi borasidagi keng tuşuntirişlari ham öz samarasini körsatayapti. Xonadonlar sohiblari hovlisi atrofini körkam qilişga, tomorqalariga mevali daraxtlar ekişga sidqidildan kirişadigan böldilar.
Aslida ham har kim ixçam va qulay hovlisi atrofini obod qilib, gullar ekib, körgan közni quvontiradigan qilib qöysa, yurtimiz obodligiga, tirikligimizni taʼminlovçi havoning tozaligiga ulkan hissa qöşgan bölar edi.
Ikrom KARIMOV,
tuman obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶