ROSSIYaDA IShLAYoTGAN MANGʻITLIK ShIFOKOR
Hamyurtlarimizdan biri – Baxtiyor Pahimov 30-sonli maktabda 10-sinfni tugatgach, 2-sonli Moskva Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetiga oʻqishga kirdi va 1983-yilda muvaffaqiyatli tugatib chiqqach, Tula oblastining Uzlovaya temir yoʻl stantsiya-sidagi mahalliy shifoxonada oʻz sohasi boʻyicha ilk mehnat faoliyatini boshladi. Terapevt-shifokor rus qiziga uylandi. Ordinaturani ham muvaffaqiyatli tugatgach, Toshkentga yoʻllanma bilan ishga keldi.
Yosh shifokor ish izlab yurgan kezida Samara viloyatining Tolyatti shahri tibbiyot-sanitariya qismida ishlash uchun shifokorlar zarurligi haqidagi eʼlonga koʻzi tushib qoldi va unda shu yoqqa borib ishlash istagi uygʻonib, oilasi bilan yoʻlga tushdi.
Shunday qilib mangʻitlik yosh xirurg-shifokor Baxtiyor Pahimov 1983-yilda Tolyatti MedVAZining 5-sonli klinikasiga ishga joylashdi va bor kuch-gʻayratini ishga safarbar etdi.
Men Baxtiyor Pahimovni shaxsan taniyman. U talaba vaqtida Moskvaga borganimda hamkasbim Sulton Tojiniyozov bilan uni borib koʻrganmiz, tibbiyot haqida uzoq suhbatlashganmiz. Keyinchalik u menga tibbiyotga doir kitoblar yuborib turdi.
Samara viloyatida nashr etiladigan bir jurnalda muxbir Natalya Zarakovskaya qalamiga mansub “Zolotie ruki doktora Paximova” nomli maqola yoritildi. Maqolada shunday soʻzlar bor: “Odatda mohir xirurglarning ishini zargarning ishiga qiyoslashadi. Asli, xirurg soʻzi qoʻl bilan ishlash degan maʼnoni bildiradi. Oʻh-hoʻ! Yana qanchalik masʼuliyatli va murakkab! Uning mohirligidan inson hayoti hal boʻladi. Tolyattida Baxtiyor Pahimovday tibbiyot mutaxassisini tilga olishganida “Xudoning nazari tushgan xirurg” deb qoʻyishadi.
Bugun u 5-sonli klinika shifoxonasi jarrohlik xizmati rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor.
U qorin boʻshligʻi va jigar xastaliklarini xirurgik yoʻl bilan davolashdan tashqari, Samara Davlat Tibbiyot Universiteti xirurgiya kafedrasida maʼruza oʻqiydi va faol ilmiy ish olib boradi. Hozir Possiyada jigar kasalliklari boʻyicha yetuk mutaxassislardan biri hisoblanadi, Yevropa gepatologlar jamiyati aʼzosi.
Baxtiyor Pahimov jigar xastaligini jarrohlik yoʻli bilan davolashda yangi uslublarni qoʻllashi tufayli oʻlim holatini 12-16 foizdan hozirgi kunda 4-6 foizga kamaytirishga erishdi. U oʻzi haqida:
“Hayotda menga yaxshi insonlar yoʻldosh boʻldi, bundan juda baxtiyorman. Men hayotda nodir qobiliyatli insonlarni qadrlayman, agar ular boʻlmaganida yetakchilar kamol topmasdi”, deydi. (Matn Natalya Zarakovskayaniki).
Baxtiyor Pahimov hozir oʻzining iqtidori, mahorati va chuqur bilimi bilan Tolyatti xalqini hayratga solmoqda.
Inson qayerda tugʻilgani, qayerda yashashi va millatidan qatʼiy nazar, mehnat qilsa, qobiliyatli boʻlsa, yaxshi insonlardan madad olsa, albatta, kamol topadi. Bunga Baxtiyor Pahimovning hayoti yaqqol misoldir.
vaqtlar tibbiyot sohasi xodimlari ayrim mutasaddilarning toʻralarcha munosabati tufayli boshqa davlatlarga ketib ishlab, ulkan yutuqlarga erishgan shifokorlarimizning, boshqa mutaxassislarimizning koʻpchiligi yurtimizga qaytib ish boshlayotgani Mangʻitning iqtidorli oʻgʻloni, fidoyi shifokor Baxtiyor Pahimovning ham shu yoʻlni tanlab, xalqimizga xizmat qilishiga umid uygʻotadi.
Har qanday holatda ham oʻz iqtidori, salohiyati bilan Tolyatti shahri aholisi hurmatini qozonib kelayotgan hamyurtimiz Baxtiyor Pahimov bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
Mavlonbergan
TOJIBOYeV, shifokor.
Suratda: Baxtiyor Pahimov (chapdan birinchi) hamkasblari bilan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶