Jamiyat
👁 574
Jumur ovul mahallasida Navroʻz sayli oʻtkazildi
Navroʻz sayillari tumanimizdagi barcha ovul va mahallalarda oʻtkazilib, bayram keng nishonlanildi. Tumandagi “Jumur ovul” mahallasida oʻtkazilgan Navroʻz bayramini ham aholi katta shodiyona bilan nishonladi. Bayram tadbiri mahalla oqsoqoli Ilhom Qalandarov hamda mahalla faollari Adamboy Sobirov va Davron Matyokubovlar tashabbusi bilan tashkillashtirildi. Mahalla hududidagi 48-maktab sport maydonchasida oʻtkazilgan Navroʻz saylida elga dasturxon yozilib, osh tortildi. Mahalla ahli barchaga zavq ulashgan bayramga homiylik qilgan “Yerimbetov Shamsiddin” agrofirmasi rahbari Poʻlat Yerimbetovdan gʻoyat minnatdor boʻldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶