Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi takomillashtirilmoqda
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda. Bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
2003-yildan buyon tadbirkorlik subʼektlarini «yagona darcha» tamoyili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspektsiyalari tomonidan amalga oshirib kelingan. 2016-yil 1-yanvardan boshlab Inspektsiyalar negizida Tadbirkorlik subʼektlariga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish Yagona markazlari tashkil etildi. 2017-yil 1-fevraldan Yagona markazlarning tumanlar va shaharlar hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Pespublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishi mazkur sohani rivojlantirish boʻyicha keyingi qadam boʻlib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi.
2017-yil 1-apreldan boshlab roʻyxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilganligi «Doing Business 2018» global reytingidagi «Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish» koʻrsatkichi boʻyicha Oʻzbekistonning mavqeini 24-oʻrindan 11-oʻringa yaxshilashga xizmat qildi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni hozir 37 tagacha yetdi. Davlat xizmatlari markazi kadastr, notarius va yoki boshqa davlat xizmatlari hatto abituriyentlardan hujjat qabul qilish ham markaz orqali amalga oshiriladi.
Mansur SADIKOV,
tuman davlat xizmatlari markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶