MAHORATLI ŞIFOKORLAR TUFAYLI ŞIFO TOPDIM
Salomatlik – eng bebaho boylikdir. Şu boisdan ham yurtimizda inson salomatligini muhofaza qiliş, ğamxörlik qiliş yaxşi yölga qöyilgan. Respublika köz kasalliklari şifoxonasiga davolaniş maqsadida borib, buni öz hayotimda his etdim.
Kasalxonada sohaga oid yangi zamonaviy asbob-uskunalar yordamida qilinayotgan jarrohlik amaliyotlari meni ham darddan foriğ qildi. Hozir şunday dorilomon kunlarda keksalik çoğimda atrofimni yana ravşan köra olganimdan quvonib ötiribman. Kasalxonaga şifo izlab kelgan yurtdoşlarimizdan har kuni 25-30 nafarining köz qaroğlari oçilib, dardiga malham topib ketayotganliklarining guvohi böldim.
Har bir kasbning öziga xos maşaqqatlari, muammolari böladi. Inson qaçonki öz kasbini çuqur bilsagina hurmat-eʼtiborga loyiq böladi.
Tomirida tabobat ilmining sultoni Ibn Sino qoni oqayotgan Soliyev Yahyo, Sultonov Ruslan, Madaminov Abdulaziz kabi şifokorlarning fidoyi mehnatlari tufayli men ham şifo topdim.
Muomala odobi, kasbiy mahorati bilan yurtdoşlarimizning xira tortgan közlarini ravşan qilayotgan Respublika köz kasalliklari şifoxonasi şifokorlariga öz minnatdorçiligimni bildiraman.
Jumagul Qöşjonova, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶