Jamiyat
👁 736
Yogʻingarchilik oqibatlari bartaraf etilmoqda
Amudaryo tumanida chigit unib chiqqan maydonlarda gʻoʻzaga dastlabki ishlov berish boshlab yuborildi. Ayni kungacha tumanda 1800 gektar maydonda kultivatsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Bu ishda jami 301 ta texnika ishtirok etmoqda.
Shuningdek, tumanda 23,24 va 25-aprel kunlari boʻlib oʻtgan kuchli yogʻingarchilik oqibatlarini tugatish, yaʼni qatqaloqni yumshatish borasida ham bir qancha ishlar amalga oshirilyapti.
Yogʻingarchilik tufayli paydo boʻlgan qatqaloqni yumshatish ishlarida 659 ta texnika vositalari va 1977 nafar ishchi ishtirok etmoqda.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶