MIB urush qatnashchilarining kommunal toʻlovlarini toʻlashga yordam bermoqda
Xotira va qadrlash kuni arafasida turli tashkilotlar xodimlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlarida boʻlib, ularga gʻalabaga qoʻshgan hissalari uchun minnatdorlik bildirmoqdalar.
Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ham shunday tadbirlar tashkil etildi.
Byuro xodimlari tumandagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlariga tashrif buyurib, faxriylar holidan xabar olishdi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Yuldashev, boshqarma xodimi M.Davletqilichev, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi boshligʻi Z.Saidmamudovlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Qipchoq ovulida yashovchi Oʻtamurod Bozorboyev, Navoiy nomli mahallada yashovchi Sobir Nurullayev va “Bogʻ” mahallasida yashovchi Yoʻldosh Ortiqovlar xonadonida boʻlishdi. Ular faxriylarga hurmat koʻrsatib, turli sovgʻalar topshirdi.
Shuningdek, urush faxriylariga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning koʻrsatmasiga asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi isteʼmoli uchun 300 ming soʻmlik toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi guvohnomalar topshirildi.
Ularga mazkur hujjat byuroning tuman boʻlimiga taqdim etilishi bilan tegishli toʻlovlar darhol amalga oshirilishi tushuntirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va umuminsoniylik tadbirlaridan faxriylar nihoyatda mamnun boʻldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶