MAHALLADAGI FAXRIYLARDAN XABAR OLINDI
Vatan uchun jonini fido qilgan, ozodlik uchun kurashlarda halok boʻlgan ota-bobolarimiz xotirasini yodga olish, keksalarni eʼzozlash xalqimizga xos yuksak fazilatdir. Ayniqsa, 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida keksalar, urush faxriylari, Ikkinchi jahon urushi vaqtida front orqasida mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olinadi. Taʼlim muassasalarida ular ishtirokida uchrashuv va tadbirlar oʻtkaziladi. Urushda halok boʻlgan jangchilar xotirasi yodga olinadi.
Tumandagi 13-son maktab jamoasi ham har yili Xotira va qadrlash kuni arafasida mahalladagi keksalar holidan xabar olishadi. Bu yil ham maktab oʻqituvchilaridan Sarvar Nurimbetov, Hamida Safarboyev va Sarvar Ilhomov rahbarligida bir guruh oʻquvchilar “Bogʻ” mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Yoʻldosh ota Ortiqov, front ortida mehnat qilgan faxriylar Quvondiq ota Boltayev, Kamol ota Oʻtamurodov, Guljon momo Yakubovalar xonadonlariga borib bayram bilan qutlashdi. Oʻquvchilar ularga sheʼr va qoʻshiqlar ijro etib berdilar.
Oʻquvchilar tashrifi faxriylarni nihoyatda xushnud etdi.
A.AHMEDOVA, 13-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶