Dastlabki dovondan oşdik
Bugungi kunda barçamiz paxtakormiz. Har birimizning örnimiz paxta dalalarida. Negaki, yoz böyi qilingan mehnatlarimiz paxtazorlarda möl paxta hosili bölib dalalarni töldirib turibdi. Şu bois, asosiy boyligimiz bölgan oppoq paxtalarni yiğib terib olişga butun kuç-ğayratimizni sarflamoqdamiz. Har kuni 140-150 terimçi yiğim-terim işlarida faol qatnaşib terim surʼatining oşişiga öz hissalarini qöşmoqdalar. Ularning unumli mehnat qilişlari uçun dala boşida barça qulay şart-şaroitlarni yaratib berganmiz. Qaynatilgan suv hamma vaqt muhayyo. Tuşlikda issiq çoy, issiq ovqat bilan albatta taʼminlanadi. Terimçilarning tergan paxtasiga qarab mehnat haqlari öz vaqtida muntazam ravişda berib borilmoqda. Ilğor terimçilar moddiy va maʼnaviy jihatdan rağbatlantirilmoqda. Natijada mehnat unumdorligi oşib, terim surʼatiga surʼat qöşilmoqda. Mana şunday yaratuvçanlik omillarining samarasi qisqa muddat içida fermer xöjaligimiz paxtakorlari dastlabki dovondan oşib yillik şartnomaviy rejalarini oşirib bajardilar va 92 gektar paxta maydonidan 200 tonnadan ziyod aʼlo navli paxta hosilini davlat xazinasiga topşirdilar. Paxtani davlatga sotişdan olingan daromad 200 mln. sömdan oşdi.
Bugungi mehnat ğalabamizda albatta ilğor terimçilarning munosib uluşlari bor. Oqiljon Hayitboyeva, Baxtigul Erlapasova, Gulora Xudoyberganova, Gulandom Qöşimova, Akmal Ollaberganov va Ravşanoy Turimbetovalarning har biri mavsum boşidan buyon 5-6 tonnadan paxta terib topşirib, bugungi yuksak xirmonimizni bunyod etişda özlarining salmoqli hissalarini qöşdilar.
Paxtazorlarimizni oralab, qolgan hosil çöğini çamalab körganimizda yana rejaga qöşimça 160-165 tonna paxta hosilini yiğib-terib oliş imkoniyatimiz borligi ayon böldi. Şunda yalpi xirmonimiz 360 tonnadan oşadi va 40 tsentnerlik yuksak marraga erişamiz.
Erkin RASULOV,
"Amudaryo-Panaşam” fermer xöjaligi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶