Akademik litseyda “Ommaviy kitobxonlik oyligi” tadbiri oʻtkazildi
Yuksak maʼnaviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir. Maʼnaviyatli va tafakkuri boy insonlar koʻp boʻlsa, shu yurtda jamiyat ravnaq topishi shubhasiz. Shu bois mamlakatimizda yosh avlodning maʼnan yetuk boʻlib voyaga yetishlari uchun imkon yaratish maqsadida kitobxonlikning targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida “Taraqqiyot koʻzgusi” tuman gazetasi va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari tomonidan tashkil etilgan “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasidagi navbatdagi tadbir tumandagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda “Taraqqiyot koʻzgusi” tuman gazetasi muxbirlari Oygul Rajabova, Ozoda Xudoyberganova, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Ahmad Nafasov hamda litseyning maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari Mansur Yerimbetovlar ishtirok etib, kitoblarning hayotda tutgan oʻrni, mutolaa madaniyati va kitobxonlikni targʻib qilishga qaratilgan tadbirlar, kitob mutolaa qilishning zamonaviy usullari, yaʼni elektron kitoblar mutolaasi kabilar haqida soʻz yuritdilar. Oʻquvchi-yoshlar va ota-onalar “Sayyor kitob karvoni” loyihasi boʻyicha tashkil etilgan “Eng yaxshi sovgʻa – kitob”, “Kutubxonaga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyalarida qatnashishga taklif etildi.
Tadbirda ota-onalardan Amina Toʻrayeva, Abdurashid Ametov, Rustam Vaisov va boshqalar tashkil etilgan “Kitoblar olami” firma doʻkonining koʻchma savdo rastasidan kitob sotib olib farzandlariga va oʻqituvchilarga sovgʻa qildilar. Shuningdek, “Jayxun ilhomlari” NNTning koʻchma kutubxonasi kitoblari bilan yaqindan tanishdilar va kutubxonaga aʼzo boʻlib, oʻzlariga yoqqan kitoblarni tanlab oldilar.
– Kitoblar insonni ezgulikka boshlaydi. Yoshlarimizni kitobxonlikka jalb etishda mana shunday tadbirlarning ahamiyati katta – deydi tadbirga tashrif buyurgan 27-maktab oʻqituvchisi A. Toʻrayeva. – Men farzandim, litseyning 2-bosqich oʻquvchisi Xursand Xalillayevga kitob sotib olib sovgʻa qildim.
“Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasida tashkil etilayotgan “Koʻchma kutubxona” va “Koʻchma kitob doʻkoni” xizmatlaridan kitobxonlar nihoyatda mamnun boʻlmoqda.
S. Ismoilova,
Amudaryo akademik litsey oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶