SUV TANQISLIGI ROʻY BERSA, NIMA BOʻLADI?
Amudaryolik dehqonlar shunday savolga javob topish uchun oʻtgan yilning kuz oylaridan boshlab tinimsiz harakat qilmoqdalar. Nihoyat bu masala tuman qishloq xoʻjaligi xodimlari nazarida yechimini topdi.
Suv tanqisligi kutilayotgan yilda tumanda mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida navbatlab sugʻorishni tashkil etish, ekinlarni sharbat usulida sugʻorishdan foydalanishni yoʻlga qoʻyish belgilab olindi.
Suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida 6,59 km. uzunlikdagi nasos stantsiyalariga suv keltiruvchi kanallar, 19,7 km. uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallar, 57,55 km uzunlikdagi ichki xoʻjalik kanallari mexanizm yordamida, 251,0 km ichki ariqlar qoʻl kuchi bilan tozalandi. Shuningdek, 17 ta gidrotexnik inshootlar, 95 ta fermerlar suv olish quloqlari jihozlandi va ularning 66 tasi taʼmirlandi.
Kutilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yanada yumshatish maqsadida tumanning 5 ta xoʻjaligida xoʻjaliklararo kollektorlar suvlaridan ham foydalanish rejalashtirildi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶