MUPABBIY VA ShOGIPDLAP MUSOBAQADA KUBOKNI QOʻLGA KIPITDILAP
Xorazm viloyatida sportning karate WKF turi boʻyicha bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida Urganch shahridagi “Tiger karate klub” kubogi uchun musobaqa boʻlib oʻtdi. Musobaqada Navoiy, Samarqand viloyatlaridan va Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Nukus shahri, Beruniy, Toʻrtkoʻl, Amudaryo tumanlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdilar.
Tumanimiz sport maktabi karate murabbiysi Adham Ibrohimov ham ular qatorida oʻz shogirdlari bilan kubokni qoʻlga kiritish uchun musobaqada qatnashdi. Iqtidorli murabbiyning eng yosh shogirdlaridan Otabek Otajonov 1-oʻrin, Amirxon Ozodboyev 3-oʻrin, Goʻzaloy Ozodboyeva ham 3-oʻrin gʻolibligiga ega boʻldilar. Shuningdek, katta yoshlilar oʻrtasida boʻlib oʻtgan kumite bahslarida ishtirok etgan murabbiy Adham Ibrohimov ham 1-oʻrin gʻolibligini va musobaqa kubogini qoʻlga kiritdi.
“Tiger karate klub” kubogi uchun oʻtkazilgan musobaqada muvaffaqqiyatli ishtirok etgan murabbiy va shogirdlar tumanimizga katta yutuqlar bilan qaytdilar.
Hamida Pajabova,
tuman Sport maktabining murabbiysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶