Temurbek musobaqada ikkinçi örinni qölga kiritdi
Bugungi kunda boşlanğiç sinf öquvçilarini darslardan çalğituvçi omillar köp. Ularga anʼanaviy uslubda dars ötiş yaxşi samara bermasligi mumkin. Taʼlimga yangi, zamonaviy metodlarni olib kiriş darslar sifatini oşiradi. Bolalarni öqişga qiziqtirişda mental arifmetika maşğulotlaridan unumli foydalanişimiz lozim.
Mental arifmetika – bu yuqori sifatli dastur bölib, matematik amalni miyada kalkulyatord kabi tez hisoblaşni örgatadi. Uşbu dastur miyaning har ikkala yarimşarlari bir xilda rivojlanişiga imkon beradi. Maşğulotlar samarasi ölaroq, bolada faollik va taşabbuskorlik jihatlari ösadi. Şuningdek, darslarni oson özlaştiradi hamda xorijiy tillarni tez örganadi. Şu maqsadda biz maktabimizda mental arifmetika tögaragini taşkil qilganmiz. Hozirda öquvçilarimiz körik-tanlovlarda faol iştirok etib kelmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyatining Xiva şahrida “Çaqqon barmoqlar” şiori ostida taşkil qilingan musobaqada maktabimizning 1-sinf öquvçisi Temurbek Kenjayev faxrli 2-örin sohibi böldi hamda diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Mustaqil yurtimizdagi imkoniyatlar sabab Al Xorazmiy bomomizning munosib vorislari safi yanada kengaymoqda. Matematik qobiliyati yuqori bölgan Temurbek Kenjayevga yana baland çöqqilarni zabt etişini tilab qolamiz!
Bahrom Jiyanov, 53-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶